Nodavlat notijorat tashkilotlarining milliy forumi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining milliy forumi

“Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” nomli nodavlat notijorat tashkilotlarining milliy forumi 2023-yil 25-oktabr kuni “Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” nodavlat notijorat tashkilotlarining milliy forumi bo‘lib o‘tdi. “Ekomaktab” ishtirok etdi. Forumda nodavlat notijorat tashkilotlarining inson huquq va manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni, xotin-qizlar, nogironlar huquqlarini ta’minlash va boshqa masalalarga e’tibor qaratildi. Forumda Oliy Majlis palatalari, Bosh prokuratura, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Umuman olganda, tadbir yuqori tashkiliy saviyada o‘tdi; forum yakunida inson huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.