Ispaniyada suvga bo‘lgan munosabat bir vaqtning o‘zida an’anaviy ham, zamonaviy hamdir. Buni Yevropa Ittifoqi ko‘magida CAREC tashkil etgan study tour davomida O‘zbekiston jurnalistlari va mutaxassislari ko‘rdi.
Pireney yarimorolidagi suv ta’minoti tizimi Qadimgi Rim davridan boshlangan. Hozir ham Rim davrida qurilgan ikki to‘g‘on ishlamoqda, umuman mamlakatda taxminan 1300 ta to‘g‘on mavjud.
Ming yildan ortiq vaqt avval Ispaniyada ilk suvdan foydalanuvchilar hamjamiyati paydo bo‘lgan. Bugun esa qishloq xo‘jaligi yerlarining katta qismida FENACORE irrigatorlar uyushmasi muhim rol o‘ynaydi.
Sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish natijasida Ispaniya sug‘orishga sarflanadigan suvni qariyb 60 foizga kamaytira oldi. Shu bilan birga, energiyani tejaydigan texnologiyalar va ilmiy yechimlar keng qo‘llanmoqda.
Ispaniya tajribasi suv madaniyati infratuzilma, ilm-fan va resursga hurmat uyg‘unligida shakllanishini ko‘rsatadi.
Manba: ekomaktab.uz.