YeTTB O‘zbekistonga sarmoya kiritish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi YeTTB infratuzilma, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga sarmoya kiritish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi • YeTTB 2019-yilda O‘zbekistonda yangi rekord o‘rnatdi: 13 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha jami investitsiyalar hajmi 576 million AQSH dollarini tashkil etdi• Elektr va suv ta’minoti bo‘yicha yirik loyihalar imzolandi• O‘zbekistonda EBRDning yangi mintaqaviy vakolatxonasi ochildi. 2019 yilda xususiy va davlat sektoridagi 13 ta loyihaga 576 million AQSh dollari (517 million yevro) investitsiya kiritdi – bu Bankning mamlakatdagi eng yirik moliyalashtirishi. Bank asosiy infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritdi va Markaziy Osiyoning eng aholi zich joylashgan hududi bo‘lmish Farg‘ona vodiysida Andijon shahrida mintaqaviy vakolatxonasini ochish orqali o‘z faoliyatini kengaytirdi. Bank energetika sohasiga bugungi kunga qadar O‘zbekistonga eng yirik sarmoya kiritdi va Tolimarjon elektr stansiyasida qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini qurish uchun 213,8 million yevro miqdorida suveren kredit ajratdi. Boshqa asosiy infratuzilma investitsiyalar qatoriga Navoiy elektr uzatish loyihasi (71,5 million yevro), Qashqadaryo oqava suvlarini qayta tiklash loyihasi (53,4 million yevro) va Xorazm oqava suvlarini qayta tiklash loyihasi (80,2 million yevro) kiradi. YeTTB investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirdi va Xorijiy investorlar kengashining tashkil etilishiga hissa qo‘shdi. Qayta tiklanadigan energetika, tog‘-kon sanoati va moliya sohalari kabi sohalardagi muhim islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. YeTTB mamlakatda milliy valyutada kreditlash operatsiyalarini ham kengaytirmoqda. YeTTB moliyaviy institutlarga kredit liniyalari, shuningdek, bir martalik ishlatiladigan tibbiy mahsulotlarning yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi Healthline kompaniyasining 8,55 million yevro miqdoridagi kengayishini moliyalashtirish kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish kreditlari orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatladi. Mashhur mahalliy pishloq ishlab chiqaruvchi Tillo Domor Hamkorbank bilan tavakkalchilikni taqsimlash kelishuvi orqali Bankdan moliyalashtirildi. YeTTB O‘zbekiston Milliy banki, “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Ipoteka-bank”, “KDBBank Uzbekistan”, “Hamkorbank” va “Ipak yo‘li” banklariga savdoni moliyalashtirish limitlarini ochib, O‘zbekistondan va O‘zbekiston ichida xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berdi. Bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 79 ta loyihada ishtirok etib, 1,85 milliard yevro sarmoya kiritdi.
