free web builder

Suvni qanday tejash mumkin?

Bolalar, suv juda qimmatbaho zaxira ekanligini yaxshi bilamiz. Hammamiz uni saqlab qolishga javobgarmiz. 

Bolalar, suv juda qimmatbaho zaxira ekanligini yaxshi bilamiz. Hammamiz  uni saqlab qolishga javobgarmiz. Suvni tejash burchi ham unchalik qiyin emas! Ammo u juda muhim va faxrli. Keling, uni bajarish uchun birgalikda suvni qanday tejash mumkinligini belgilab olaylik. 

Demak, birinchi navbatda uyda suvni qanday sarflashingizni va uni eng ko'p nimaga ishlatishingizni o'ylang.

Taom tayyorlash, idish-tovoqlarni yuvish, cho'milish, tishlarni tozalash, hojatxonadan foydalanish, kir yuvish, uy yig'ishtirish, bog'ni sug'orish, mashi­ nani yuvish - bu ishlarning barchasi suvni talab qiladi. Ularni bajarish vaqtida biz suv ochiq qolgan jo'mrakdan, shlangdan zoya oqib turishiga yo'l qo'y­ masligimiz kerak. Barcha isrofgarchiliklarni bartaraf etishimiz lozim. Hatto ozgina ko'ringan oqib ketishlar katta sarflarga olib keladi.


Bu qiziq! 
Oqib turgan kran tagiga stakan qo'ying va uni to'ldirish uchun qancha vaqt kerak bo'lganini kuzating. Agar yopiq turgan jo'mrakdan bir  daqiqada 60 ta tomchi oqsa, stakan 30 daqiqadan kamroq vaqtda to'ladi. Jo'mrakdan bunday oqib turish kuniga 12 litr yoki yiliga 4630 litr suv yo'qolishiga olib keladi. Bu suv katta bo'lmagan bog'ni o'stirish va ilk hosilni olishga yetardi. 

Mashinani yuvish uchun bir chelak suv yetarli. Agar mashinani shlang yor­ damida yuvsa, suv sarfi ancha ko'proq bo'ladi. Eng muhimi, bu suvni behuda sarflanishidir.

Konditsioner drenaj naychasidan oqib tushgan suvni uyda va bog'da gullarni sug'orish uchun qo'llasa bo'ladi.

Hammom vaqtini kamaytirsa bo'ladi.

Ko'p unitazlarda 2 xii tugma bor: ular tushirilayotgan suvni aniqlaydi. Katta tugmani bosganimizda 9 litr suv ketadi, kichkinasida esa 5 litr. Uyda suyuq chiqindilarni tushirish uchun kichkina tugmani bosish kerak. Bu bir kunda bir insonga 12 litr suvni tejash imkonini beradi.

Mana suvni tejashga doir rejaning ilk bandlarini belgilab oldik. Bir varaq qog'ozni oling va uni ikki qismga ajrating. Chap tarafga

uyda bajarayotgan amalingizni yozing, yoniga esa - bu harakatni bajarayotganingizda suvni qanday tejashingizni izohlab bering.

Suvni tejash rejasi namunasi

ДЕЙСТВИЯ: ОТВЕТЫ:
1. Dush qabul qilamanCho'milish vaqtimni belgilab olaman va tezroq cho'milishga harakat qilaman.
2. Tish tozalayman
Tishimni tozalagunimcha j o'mrakni o'chirib qo'yaman. Uni faqat og'zimni chayish va tish chyotkasini yuvish kerak bo'lganida ochaman.
3.Qo'llarimni yuvamanJo'mrakni shunday buraymanki, bosim katta bo 'lmaydi va ortiqcha suv har qayerga sachramaydi. Agar qo'lni to'g 'ri yuvsa, suv behuda sarf bo'lmaydi.
4.Kir yuvamanKir yuvish mashinasini oxirgacha to 'ldiraman. Ikki sochiq va uch juft paypoqni deb suv va elektr energiyasini sarflamayman.
5.Idish-tovoqlarni yuvamanOshxona jo 'mragini uzoq vaqt ochiq qoldirmayman.
6. ......
7. ......
8. ......

Asta-sekin suvni tejash bo'yicha rejada yozilgan amallaringiz odatga aylanadi. Shu tariqa sizning suv qo'riqchisi sifatidagi burchingiz muvaffaqiyatli bajariladi.

Suvni tejashga oid rejani yaqinlaringiz bilan bajaring. Maktab va to'garaklarda uni do'stlaringiz bilan birga amalga oshiring.

Bu maslakdoshlaringiz sonini ko'paytirad .

Mavzu bo'yicha xulosalar:

  • Suvni tejash rejasi undan hamma joyda oqilona foydalanishga yordam beradi: uyda, maktabda, to'garakda, ko'chada yoki mehmonda. Rejaga amal qilib, siz foydali ko'nikma va odatlarni o'zlashtirasiz.
  • Suvga mas'uliyatli munosabatda bo'lib, siz uning qo'riqchisi bo'lasiz. Suvni tejash burchingiz muvaffaqiyatli ado etiladi!

Mustaqil nazorat uchun savollar:

  • Suvni tejash rejasi nima uchun kerak?
  • Suvni tejashga doir qanday amallarni sizga bajarish balki qiyin bo'ldi? Nima uchun?
  • Nima uchun biz suv hisoblagichlaridan foydalanamiz?
  • Dush qabul qilish hammomda cho'milishdan ko'ra suvni qanday tejash imkonini beradi?
  • Nima uchun kir yuvish va kosa-tovoqlarni yuvish mashinasi oxirgacha to'ldi­ rilgan bo'lishi kerak?
  • Nima uchun elektr energiyaning sarflanishi suv sarflanishi bilan ham bog'liq?
  • Hamma insonlar maishiy hayotda suvni tejasa, nima bo'ladi?

Guruhda muhokama qilish uchun savollar:

  • Do'stlaringizga suvni tejash rejangizdagi asosiy bandlarni aytib bering. Rejalaringizdagi qaysi bandlar umumiy? Farqi nimada? Suvdan foydalanishda qanday ko'nikma va odatlarni zarur deb hisoblaysiz? Rejaga amal qilish qo'lin­ gizda kelyaptimi? Suvni tejash rejasi qanday natijalarga olib keldi? Suv haqida o'zingizdan kichik bolalarga nimani gapirib bergan bo'lardingiz?

Uyga vazifa.

  • Oilangiz bir oyda qancha suv sarf qilishini va bunga qancha mablag' sarflanishini yaqinlaringizdan so'rang.
  • Oila davrasida foydalanilayotgan suv hajmini nima uchun kamaytirish kerak­ ligi va bunga qanday erishish mumkinligini muhokama qiling. Bu sizning suvni tejash rejangizda inobatga olinganmi?
  • Suvni tejash rejasini obdon muhokama qiling. Zarur hollarda unga kerakli bandlarni qo'shing.
  • Uydagi, hovlidagi, bog'dagi suv jo'mraklari nosoz emasligini yaqinlaringiz bilan tekshiring. Nosoz ishlayotgan­ lari bo'lsa, ota-onangizdan uni to'g'rilab qo'yishni so'rang. 
  • Suv hojatxonada zoya oqmayotganini tekshiring. Agar nosozlik ko'rsangiz, uni tuzating.
  • Bir stakan suvdan foydalanib tishingizni tozalang. Qancha suvni tejashga muyassar bo'ldingiz?