Bolalarni maktabdan tashqari o‘qitish uchun o‘quv qo‘llanma.
Bolalarni maktabdan tashqari o'qitish uchun o'quv qo'llanma
Muallif va tuzuvchilar: N.S. Shivaldova; A. L. Saidmahmudova.
Rassomlar: A. Urmanov; D. Rahimov.
Taqrizchilar:
Sh.A.Xolova, Toshkent davlat agrar universiteti o'rmon xo'jaligi va landshaft dizayni fakulteti manzarali bog'dorchilik kafedrasi dotsenti, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
G.Yu. Yusupjanova, Quvasoy shahar "Barkamol avlod" bolalar ijodiyot markazi direktori, Farg'ona viloyati.
Ye.A. Yarigina, o'lkashunos ekolog, "Barkamol avlod" respublika bolalar o'lkashunoslik va ekologiya markazi.
R.N. Karaxanova, novator o'qituvchi, Toshkent shahar Yashnabod tumani 151-sonli maktab.
Ilmiy maslahatchi: V.I. Sokolov, O'zbekistonda Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi loihala rini amalga oshirish agentligi rahbari
Tarjimon: Sh.Xalsaidova
N .S. Shivaldovaning umimiy tahriri ostida.
MAVZU | OY | MAVZUSI NOMI |
---|---|---|
ТЕМА 1 | SENTABR | Mashg‘ulotlar namunaviy rejasi |
ТЕМА 2 | OKTABR | Quruqlik va okean suvlari |
ТЕМА 3 | NOYABR | Yer osti suvlari, qaytar suvlar va atmosfera suvi |
ТЕМА 4 | DEKABR | O‘simlik va hayvonlar hayotida suv |
ТЕМА 5 | YANVAR | Daryo hayoti |
ТЕМА 6 | FEVRAL | O‘simlik va hayvonlar hayotida suv |
ТЕМА 7 | MART | Hayotimizda suv |
ТЕМА 8 | APREL | Suvning ifloslanish turlari. Suv ifloslanishining tirik organizmlarga ta’siri |
ТЕМА 9 | MOY | O‘zbekiston daryolari va suv havzalari |
ТЕМА 10 | IUN | Biz suvni qanday sarflaymiz |
ТЕМА 11 | IUL | Nimaga suvni ehtiyot qilish kerak |
ТЕМА 12 | AVGUST | Suvni qanday tejash mumkin |
Yodda tuting! O'quvchi – bu “to'ldirilishi kerak bo'lgan idish emas...” Biz idishlarni to'ldiruvchilar emasmiz, o'quvchilar ham bilimlarni passiv qabul qiluvchilar emas, ular ta'lim jarayonining faol ishtirokchilari. Hurmat bilan,
Natalya Shivaldova,
pedagog, ma'lumoti bo'yicha metodist,
qalb amriga ko'ra ekolog.
Anglash xususiyatlarimiz
Har birimizga xos bo'lgan fahmlashdagi o'ziga xosliklarni inobatga olish kerak. Idrok etishda ustuvor bo„lgan tiplardan kelib chiqib, uchta asosiy guruhni ajratib ko'rsatishadi:
- axborotni ko'rish orqali yaxshiroq o'zlashtiradiganlar - vizuallar;
- axborotni eshitish orqali yaxshiroq o'zlashtiradiganlar - auditlar;
- axborotni harakatdagi obrazlar orqali o'zlashtirishni xush ko'radiganlar
- kinestetiklar.
O'qituvchiga o'zlashtirishning o'ziga xosliklarini bilishi muhim – o'zinikini ham, o'quvchilarinikini ham. Bu bilimlarga tayanib, farzandlarga o'quv materialini o'zlashtirishda yordam berish mumkin. Bunda imkon qadar barcha anglash kanallari ishga solinadi.
Agar siz o'quvchilar bilan ishonchli munosabatlarni o'rnatmoqchi va ta'lim samaradorligini oshirmoqchi bo'lsangiz, o'zlashtirishdagi tafovutlarni inobatga olish kerak.
Agar butun sinf qaysidir fandan past o'zlashtirsa, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zlashtirish xususiyatlari bir-biridan farq qilishi bilan
izohlanishi mumkin. Bu, jumladan, o'qitish metodlarining nomuvofiqligida ham namoyon bo'lmoqda.
Odamlarni o'zlashtirish qobiliyatiga ko'ra qanday farqlash mumkin?
“Vizuallar”
Kuzatish va taqdimotlar asosida ta’lim olishadi.
Boy tasavvur, timsolli tafakkurga ega, detallashtirilgan hayoliy siymolarni yaratishadi. Tovushlarga e'tiborsiz, namoyish qilinayotgan axborotga chalg'ishadi. O'qish vaqtida ta'riflarni ko'proq afzal ko'rishadi, hayolparastlik bilan bir joyga qarab o'tirishligi mumkin. Ular e'tiborni yaxshi jamlashga qodir. Ish ro'yxati, rejasini tuzishadi, fikrlarni yozib olib, ularni tizimlashtirishadi. Xotirjam bo'lishadi, lekin uzoq vaqt kutish kerak bo'lganida sabrligi chidamaydi. Axborotni ko„rish orqali o'zlashtiradigan san'at turlarini afzal ko'rishadi, butun muammoga emas detallarga ahamiyat berishadi. Yuzlarni yaxshi eslab qolishadi, biroq ismlarni yoddan chiqarishadi, xotira uchun qaydlarni yozib olishadi.
“Audiallar”
Og'zaki ko'rsatmalar asosida o'rganishadi. Ularni o'zlariga ovoz chiqarib aytishlari mumkin. O'z fikrlarini aytishadi, detallarga katta e'tibor berishmaydi. O'qish vaqtida dialoglarni xush ko'rishadi, uzun ta'riflarni qoldirib ketishadi, tasvirlarga ahamiyat berishmaydi, lablarini jimirlatadi yoki pichirlab gapirishadi. Muammolarni ovoz chiqarib aytishadi, yechimlarni ham shunday tarzda qidirishadi. Tinglashni yaxshi ko„radi, biroq toqatsizlik bilan ichidagi gaplarni aytishga oshiqadi; o'zining ta'riflari uzun va chalkash. Musiqani yaxshi ko'rishadi; san'at va adabiyot asarlarini to'liqligicha qabul qilib, muhim detallarni tushirib qoldirishadi. Ismlarni yaxshi eslab qolishadi, biroq yuz ko'rinishini esdan chiqarishadi; yodlash kerak bo'lgan narsani ovozda aytib, eslab qolishadi.
“Kinestetiklar”
Jarayonda bevosita ishtirok etib, harakatda o'rganishadi. Tasavvur katta ahamiyatga ega emas, hayoliy timsollar harakatlar bilan birga o'zlashtiriladi.
Vizual va ovoz orqali o'zlashtiriladigan axborotga unchalik e'tibor bermaydi. Shuning uchun e'tiborsiz ko'rinishadi. Harakat ustunlik qilgan hikoyalarni afzal ko'rishadi; o'qish vaqtida tinch o'tirmaydi, kitoblarni bukishadi, o'qishni uncha yoqtirishmaydi. Tashqi ta'sirga beriluvchan; muammoni darhol hal etishga urinadi, ko'p harakatni talab etadigan
qarorlarni qabul qilishadi. So'zlashayotib, qo'llari bilan ko'rsatishadi, e'tiborsizlik bilan tinglashadi; muloqot qilayotib, suhbatdoshga yaqinroq joylashib olishga harakat qilishadi. Musiqaga harakatlar qilib “javob berishadi”, san'at asarlarini qo'llari bilan ushlashadi. Ko'rgan va eshitganlariga qaraganda o'zlari qilgan amallarni yaxshi eslab qolishadi. Umuman olib qaraganda, har birimizni aralash tipga kiritsa bo'ladi. Shuning uchun darsdagi metod va usullar turli xil bo'lishi va ketma-ket bir-birining o'rnini egallab borishi kerak.
O'qituvchining metodik xazinasiga
Mavzu mazmunini o„zlashtirishga yo„naltirilgan shakl, metod va usullar.
Vazifalarni amalga oshirishda muhim vosita – bu pedagogik texnologiyalar.
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladigan texnologiyalardan biri o'qish va yozish. Mazkur texnologiya o'quvchini qiziqtirish, uni faoliyatga chorlash, ma'lumotni umumlashtirish uchun shart-sharoit yaratish, tanqidiy tafakkur, o'zini o'zi tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishda ko'maklashishga yo'naltirilgan usullar yig'indisini namoyon qiladi. Tanqidiy fikrlash qobiliyati, rivojlangan intellektual sifatlarga ega bo„lish, yangi muhitga erkin moslashish, mustaqil bo'lish, atrof-muhitni anglashda faol qatnashishga yordam beradi. Tanqidiy fikrlash texnologiyasi asosida o'quvchilarni turli manbalarda kerakli axborotni topishga o'rgatish, muzokaralar olib borish, muqobil fikrlarni “taroziga qo'yish”, axborotni tahlil qilish asosida qarorlarni qabul qilishga o'rgatish mumkin. Mazkur texnologiyani qo'llashga asoslangan mashg'ulotning tayanch modeli o'zi bilan uch bosqichni birin-ketin bosib o'tilishni namoyon qiladi: chaqiriq, anglash va refleksiya. Bu bosqichlar dars/mashg'ulot davomida bo'lishi mumkin bo'lgani kabi, uning ma'lum qismlari vaqtida ham bolishi mumkin.
Chaqiriq
Bu bosqichda muhokama qilinayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning boshlang'ich tasavvurlarini aniqlash yuz beradi. Bu ularni ko'tarilgan mavzuga oid qanday bilimga ega ekanliklarini eslash, bor bilimni tizimlashtirishga chorlaydi. Bundan tashqari, o'quvchilarni dars mavzusiga tayyorlash, unga o'quvchi qiziqishini oshirish amalga oshiriladi. Bu o'ziga yarasha motivatsion usuldir.
Anglash
Bu bosqich yangi axborotni kiritish bilan kechadi. Unda o„quvchilar yangi bilimlar, tushunchalar, g„oyalarni o'zlashtirishadi. Yangi axborot matn yoki uning alohida olingan qismlari ko'rinishida taqdim qilingan bo'lishi mumkin: o'qituvchining ma'ruzalari, videofilm. Bu bosqichda yangi axborot oldin egallangan ma'lumot bilan solishtiriladi. Darsning bu bosqichi davomida o'quvchilar jarayonda mustaqil va faol qatnashadi.
O'qituvchining vazifasi - chaqiriq bosqichida erishilgan o'quvchilar faolligini qo'llab-quvvatlash.
Refleksiya
Bu bosqichning maqsadi – egallangan bilimni mustahkamlash, yangi axborotni anglash, shuningdek yangi savollarni qo'yish va ularga javoblarni topish, bu keyingi dars uchun chaqiriq bosqichi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Mashg'ulotning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan ayrim usullarni ko'rsatib o'tamiz.
Bosqichlar | Har bosqichda qo'llaniladigan usullar |
---|---|
Chaqiriq | Bilish xaritasi, klaster, qisqa esse, aqliy hujum, ma'lum axborot ro'yxatini tuzish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar, iqtibos sharhlari, “ishonaman-ishonmayman” o'yini, atama va tushunchalarni aniqlash, jadval birinchi ustunini to'ldirish (“bilaman, to'ldiryapman, bajaryapman”, “bilaman, bilib oldim, ko'proq bilishni istayman”). |
Anglash | To'xtab va belgilab o'qish, “1 va 2 zigzaglari”, juftlikda o'qish va qo'shish, interfaol ma'ruza, film ko'rish, audioyozuvlarni eshitish, konspekt-ma'ruza, savol-ma'ruza, “bilaman, bilib oldim, qo'proq bilishni istayman” jadvalining ikkinchi ustunini hamda “bilaman, to'g'rilayapman, to'ldirayapman” jadvalining ikkinchi va uchinchi ustunini to'ldirish, tayanch konspekt (chizma, tezis va suratlar ko'rinishida), bilish xaritasi, klaster, chaqiriq bosqichida qo'yilgan savollarga javob qidirish, ma'um axborot ro'yxatini aniqlashtirish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlarni to'g'rilash, terminlarni aniqlashtirish, ta'kidlarni tekshirish. |
Refleksiya | Klaster, bilish xaritasi, insho, jadvalning uchinchi kolonkasini to'ldirish (“bilaman, bilib oldim, ko'proq bilishni istayman” va “bilaman, to'g'rilayapman, toldirayapman”), bahsli savolni qidirish, munozara o'tkazish, o'zaro so'rovnoma, o'zaro tekshiruv, sinkveyn, kichik loyihani ishlab chiqish, guruhda va jamoada muhokama qilish, darsda ishni baholash. |
Bilish xaritasi. Bu bilimlarni umumlashtirishning ko„rgazmali grafik usuli. Har bir xarita tartibga solingan, individual va ratsional. U tushuncha va hodisalarni tahlil qilish, ular orasida bog'liqlikni topish qobiliyatini rivojlantiradi, manzarani to'liqligicha ko'rishga yordam beradi. Xaritada belgilar, simvollar, suratlar, turli ranglar qo'llanilishi mumkin. Bularning bari o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Xaritalarni tuzish qiziq va maroqli.
Bunday ish natijasida ko'rgazmali tuzilma yaratilib, u muhokama qilinayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilar qanday fikrlashini aks etadi. Bu yangi bilimlar olish, axborotni tizimlashtirish va umumlashtirishga imkon beradi.
Klaster (tutam, yulduzlar turkumi). Klaster xuddi bilish xaritasi kabi asosiy so'z (tushuncha) hamda dars mavzusi bilan boshqa tushuncha yoki hodisalar o'rtasida aloqa o'rnatishga imkon beradi. O'rnatilgan tartibda bir boshdan chiqayotgandek matnning ma'no birliklarini ajratiladi va grafik bezaladi. Shunday klasterlar yetakchi usul bo'lishi mumkin. Qandaydir yozuvlar, eslab qolish uchun qaydlarni qilayotib, biz ko'p hollarda ularni o'zgacha tarzda ajratamiz, kategoriyalar bo'yicha taqsimlaymiz. Klasterlar – materialni tizimlashtirishda grafik usul. Fikrlarimiz yig'ilib va chalkashib yotmaydi, balki ma'lum tartibda joylashadi.
Qoidalar juda sodda. Tushuncha hosil qilish uchun buni quyidagicha tasavvur qilsa bo'ladi: quyosh tizimi modelini chizamiz – markaziy katta yulduz, sayyoralar va ularning yo'ldoshlarini. Markazda yulduz – bu bizning mavzuimiz, uning atrofida sayyoralar – yirik ma'no birliklari, ularni to'g'ri chiziq orqali yulduz bilan birlashtiramiz. Har bir sayyoraning o'z yo'ldoshlari bor, yo'ldoshlarda esa – o'ziniki. Klasterlar o'quvchilarga yozma ish vaqtida fikrlar tugaganida yordam beradi. Klasterlar tizimi oddiy yozma ishda olishingiz mumkin bo„lgan axborotdan ko'prog'ini o'z ichiga oladi. Bu usul chaqiriq bosqichida qo'llanishilishi mumkin, chunki bu vaqtda biz asosiy manba (matn) bilan tanishguncha axborotni savollar yoki ma'no bloklarining sarlavhalari ko'rinishida tizimlashtiramiz.
O'quvchilardan axborotni olib va “axborot maydonini” hosil qilib, asosiy so'z bilan bog'liq bo'lgan g'oya, fakt, timsollarni aniqlashtirib olish, tushuncha va hodisalar o'rtasida imkon qadar ko'proq aloqalarni topish kerak. Ish vaqtida o'qituvchi o'quvchilarning tasavvurlarini rivojlantirishi, bolalar tomonidan taklif qilinayotgan fikrlarni yozib olishi lozim.
Klasterlarni tuzish misollari:
Aqliy hujum. Darsning erkin muhitida g’oyalarni shakllantirish uchun qo’llaniladi. U qisqa vaqt ichida har bir o’quvchining intellektual salohiyatidan foydalanib, qo’yilgan vazifani yechish imkonini beradi. Mazkur usuldan muammoni jamoa bo’lib yechishga kirishilganida, katta hajmdagi g’oyalar bildirilganida, imkon qadar ko’proq o’quvchilar jarayonga jalb qilinganida foydalaniladi. Jarayon vaqtida o'quvchi qilishi lozim:
O’qituvchining vazifasi o’quvchilar muammoni to’laqonli anglashiga ko’maklashish, ularni jamoaviy faoliyat jarayonida birlashtirish. “Aqliy hujum” vaqtida o’zgaruvchanlikni (dinamizmni) saqlab qolish uchun ish 10 daqiqadan uzoq davom etmasligi kerak. “Aqliy hujum” juftlikda, guruhda yoki jamoada o’tkazilishi mumkin.
Sinkveyn. Hayotiy taassurotlar turli kechinmalarga sabab bo’ladi. Shuning uchun istalgan lirik asar refleksiya yoki ushbu kechinmaning aks etilishi hisoblanadi. Refleksiyaga asoslangan va “qoidaga ko’ra” tuzilgan she’riy shakllar orasida biz unchalik ham ko’pini bilmaymiz: Yaponiyaga xos tanku va xokku, Yevropa soneti. Shunday shakllarga sinkveyn ham kiradi. Sinkveyn fransuzcha “besh” so’zidan kelib chiqqan.
Buni qanday qilish kerak:
Nomi (odatda ot gap bo’lagi)
Ta’rifi (odatda sifat)
Amallar
Tuyg’u (ibora)
Mohiyatini qaytarish
Agar qoidalarga amal qilinsa, quyidagicha sinkveyn chiqishi mumkin.
Misol:
Suv
Suyuq, qattiq, gazsimon.
Hayot baxsh etadi va jondan fido qila oladi.
Uning siri nimada?!
Suvsiz hayot yo‘q.
Qisqa insho. Mashg’ulotning bu turi darsning boshida chaqiriq bosqichida ham (muhokama qilinayotgan mavzu bo’yicha bolalarning dastlabki xabardorligini aniqlash uchun), o’quvchilarga bilimlarini umumlashtirishga yordam berish uchun uning oxirida ham qo’llanilishi mumkin. O’qituvchi bu yo’l bilan mavzuni o’zlashtirish qanchalik muvaffaqiyatli kechganini aniqlashtira oladi. Bunda o’quvchilarga mavzuga doir qanday tushunchaga ega ekanliklarini (chaqiriq bosqichida) yoki mazkur mavzu bo’yicha nimani bilib olganliklarini yozib berish taklif qilinadi. O’quvchilarga ular javob olmagan savollarni bersa ham bo’ladi. O’qituvchi ishlarni yig’adi, ularni tahlil qiladi va bu ma’lumotdan keyingi mashg’ulotlarni rejalashtirishda foydalanadi. Bolalarga eng qiziq esselarni o’qib berish mumkin, hammani ijodi uchun maqtashni unutmang.
Matn yoki infografika bilan qanday ishlash to’g’ri?
O’quv materialni tushunarli bo’lishini oshirish uchun matn yoki vizual materiallar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.
Usullardan biri – bu matnni bir vaqtning o’zida belgilab borish orqali o’qish (qaydlar kiritib). O’quvchilarga qaydlar tizimi taklif qilinadi:
Darsning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, o’qituvchi kerakli belgilarni tanlashi yoki boshqalarini kiritishi mumkin. Matnni o’qib yoki qaydlar qo’yilgan grafik material bilan ishlab bo’lgach, refleksiya bosqichida jamoaviy ish jarayonida axborotni savollar asosida muhokama qilish boshlanadi:
Bilaman: | Bilib oldim: | Ko'proq bilishni istayman: |
---|---|---|
| | | | | |
O’qish yoki ko’rish vaqtida muhokama. Bu usul o’quv materialini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Juftlikda ishlab, o’quvchilar matn/inforgrafika/video bilan tanishishadi, unda gap nima haqida ketayotganini qisqa qilib yozib olishadi.
Konspekt-ma’ruza. Mazkur usul o’quv materialini anglab yetish uchun qo’llanilishi mumkin. O’quvchilar yangi materialni o’rganib kelish vazifasini mustaqil tarzda olishadi va u bo’yicha tayanch konspektni tuzishadi. Keyinchalik barcha konspektlar doskaga joylashtiriladi va taqdim qilingan konspektlar muhokamasi boshlanadi. Bunda o’quvchilar o’quv materialini parallel ravishda bayon etib boradi. Dars oxirida o’qituvchi o’quvchilar bilan birga eng yaxshi konspektlarni tanlashi mumkin
Mazkur usulni qo’llashda o’quvchilarga tayanch konspekt uchun shakl tanlashni taklif qilsa bo’ladi. Tayanch konspektlar tezis, chizma hamda rasmlar ko’rinishida taqdim qilinishi mumkin. Mazkur vazifa yakka tartibda, juftlikda yoki guruhda bajariladi.
O’quvchilarda kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirishga kichik hamkorlik guruhlarda o’qitish metodlari zamin yaratadi. Guruhning har bir a’zosi boshqalar bilan o’zaro aloqadorlikda mustaqil ishlashi orqali natijaga erisha oladi. Har bir ishtirokchining vazifasi birgalikda nimanidir qilishgina bo’lmay, obyekt yoki holatni birgalikda anglashdir. Hamma zarur bilimlarni egallashi, kerakli ko’nikmalarni shakllantirishi lozim. Bunda butun guruh barcha ishtirokchilarning muvaffaqiyatidan manfaatdor, chunki jamoa muvaffaqiyati har bir a’zoning yutug’iga bog’liq.
Guruhda o’quvchilar soni 5-7 ta bo’lgani maqsadga muvofiq. Guruh a’zosiga aylanib, har bir o’quvchi guruhda ishlashning maqsad va qoidalarini tushunishi hamda taklif qilingan vazifaning mazmunini anglashi kerak. Vazifani tushuntirib, o’qituvchi o’quvchilarni guruhda ishlash qoidalari bilan tanishtirishi lozim. Agar o’quvchilar istasa, bu qoidalarni ular o’zlari shakllantirishi mumkin. Asosiysi, har bir o’quvchi uning ishiga butun guruh ishining natijadorligi bog’liq ekanligini tushunishi kerak. Guruhga sardor kerak. Sardor vazifasini bir odam ham, bir necha odam ham galma-galdan bajarishi mumkin. Sardor vazifasi ishni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash, har bir o’quvchiga fikrini bildirish imkonini berish, guruh faoliyati qoidalariga amal qilinishini kuzatish, belgilangan rejaga muvofiq vazifani bajarilishini ta’minlashdir.
Hamkorlikka o’rgatish usulidan biri “Zigzag”. Usulning mohiyati quyidagicha. Ishtirokchilar 6 nafardan iborat bo’lgan guruhlarga birlashadi. O’quv material alohida olingan bloklarga bo’linadi. Guruhda o’rganish uchun uning bloki taklif qilinadi. Guruhning har bir a’zosi savolni mustaqil o’rganadi, keyin esa uni guruhda muhokama qiladi. Keyinchalik ishtirokchilar axborotni boshqa guruh a’zolari bilan ma’lum bir masala bo’yicha ekspertlar sifatida o’rtoqlashadi. So’ngra bitta savolni o’rgangan o’quvchilar yana o’z guruhlariga qaytadi va bir biriga yangi o’rganganlarini yetkazadi. Jamoaviy ish jarayonida matn to’liqligicha “taxlanadi”. Bunda jamoadoshini eshitish, kerakli qaydlarni qilib borish ham juda muhim. Bu usulning bir turi “Zigzag-2”. Unda matn parchasi bilan ishlash o’rniga hamma bitta material bilan ishlaydi. Shu bilan birga guruhning har bir a’zosi mukammalroq ishlaydigan mavzuni tanlaydi va bu sohada ekspertga aylanadi. So’ng turli guruhlardan olingan ekspertlar uchrashuvi o’tkaziladi. Natijada axborot almashinuvi yuz beradi.
Juftlikda va jamoada ishlashga asoslangan usullardan biri – “Juftliklarda o’qish va jamlash”. Har bir juftlikka ikki qismga bo’lingan matn parchasi beriladi. O’quvchilar ularning har biri qaysi qismni o’qishi haqida o’zaro kelishib oladi. O’qib bo’lgach, o’quvchilar bir biriga o’qiganlarini gapirib beradi. Keyin esa ular parchaga nom topishadi, daftarga uning qisqa mazmunini yozib olishadi, bir biriga savol berishadi va taqdimotga tayyorlanishadi. Bunda har bir o’quvchi sinfga alohida o’qigan parchani emas, jamoadoshidan eshitgan qismni gapirib beradi. Taqdimot vaqtida boshqa o’quvchilar daftarlariga matn parchalarining sarlavhalarini yozib oladi, daftarlarida uning qisqa mazmunini aks etib, savollar berishadi.
“Atamalarning ta’rifi” usuli. Usul mohiyati shundan iboratki, o’quvchilar matn bilan mustaqil tanishishadi. Guruhlarda ishlab,
o’quvchilar undan notanish termin va atamalarni topishadi, ularni daftarlarga yozib olishadi va ularga ta’rif berishadi. Shundan so’ng guruhlar galma-galdan bir birlariga ta’riflarni bilish bo’yicha savollar bilan yuzlanadi. Guruhlardan biri ekspert bo’lishi va savollarga javoblarning to’g’riligini baholashi mumkin. Dars oxirida o’qituvchi jarayonga yakun yasab, eng ko’p savollarga to’g’ri javob bergan guruhni e’lon qiladi.
“Akvarium” usuli. Mazkur usul o’quv materialini umumlashtirish hamda u yoki bu muammoning yechimini topish uchun qo’llanilishi mumkin. Sinf ikki guruhga bo’linadi. Bitta guruh aylana ichida joylashadi, boshqasi – uning tashqarisida. Muhokamaga ma’lum mavzu yoki muammo chiqariladi. Ichki aylanada bo’lgan o’quvchilar muhokama qilinayotgan mavzu bo’yicha ularga nima ma’lum ekanligini gapirib berishadi, tashqi aylanada – tinglashadi va yozib borishadi. Shundan so’ng aylana tashqarisida bo’lgan o’quvchilar eshitganlarini aytib berishadi. Doskada o’qituvchi axborotni jamlaydi. Keyin u ichki aylanada bo’lgan o’quvchilardan ular aytganlari to’g’ri yozib olinganmi, biron muhim axborot qolib ketmadimi deb so’raydi. Keyin aylana tashqarisida bo’lgan o’quvchilardan muhokama qilinayotgan mavzu haqida fikrlari so’raladi.
Bahsli ish shakllari.
Bahsli ish shakllarining qo’llanilishi o’quvchilarda hamkorlikda ishlash, eshitish va tinglash, jamoadoshining fikrini qo’llab-quvvatlash yoki suhbatdoshni shaxsiy nuqtai nazarga ishontirish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yerda faqatgina fikrlar almashinuvi yuz bermaydi, balki ko’pgina muqobil fikrlar asosida shaxsiy fikr shakllanadi. Shuning uchun muhokamaga chiqarilgan muammo bahsli bo’lishi, bir yoqlama bo’lmasligi kerak. U o’quvchilarni faol muloqotga tortishi kerak. Biroq bahsda ishtirok etish uchun o’quvchilar u yoki bu sohada bilimga ega bo’lishi lozim. Bilimsiz bahs o’z predmetini va mazmunini yo’qotadi. Shuning uchun bahsga kirishishdan avval o’quvchilar muayyan muammo bo’yicha turli fikrlar keltirilgan axborot manbalari bilan ishlashadi.
Kesishgan bahs muammoni to’liqligicha ko’rish va anglashga imkon beradi. Aynan kesishgan bahs voqealarni bir yoqlama talqin qilinishiga yo’l qo’ymaydi. U o’quvchilarda fikrni asoslash, ilmiy isbotlash, shaxsiy nuqtai nazarni himoya qilish, o’zgalar va shaxsiy fikrlarga tanqidiy yondashish ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kesishgan bahs texnologiyasi o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
- bahsli masalani shakllantirish. Kesishgan bahsga chiqarilgan savol muammoli va aniq javobsiz bo’lishi lozim;
- “tarafdor” va “qarshi” asoslarning shakllanishi;
- asoslarning aytilishi – avval “tarafdor” so’ng “qarshi”. Bu yerda aytib bo’lingan fikrni qaytarmaslik uchun bir birini diqqatlik bilan tinglash kerak;
- aytilgan dalillar va kontrdalillar qayta ko’riladigan yakka tartibdagi ish, har bir ishtirokchi bahsli savolga javob berishga harakat qiladi. Buning uchun o’qituvchi tomonidan taklif qilingan tuzilmadan foydalanib, qisqa insho yozsa bo’ladi.
Men qarshi tarafning fikrini inobatga olyapman... (so’ng qarshi fikr shakllantiriladi). Biroq men o‘ylaymanki, ... (shaxsiy fikr bildiriladi). Buning sababi shundaki, ... (eng muhim dalillar uning foydasiga keltiriladi).
Muloqot shaklidagi bahs. O’quv bahsining shakllaridan biri muloqotni tashkil qilish bo’lishi mumkin.Unda o’quvchilar aniq mazmun bilan ishlab, egallangan bilimlarni qayta o’zlashtiradi, muhokama qilinayotgan muammoning qanchalik chuqurligini fahmlaydi, so’ngra uni jamoada muhokama qilishadi. Usul mohiyati shunday: o’quvchilarga matn taklif qilinadi. Matnni o’qish davomida o’quvchilar muhokama qilishni istagan matndagi iqtiboslarni ajratishadi.
Iqtibos: | Sharhlarim: | Sinf sharhi: |
---|---|---|
| | | | | |
Keyin o’quvchilar galma-galdan iqtiboslarni yozib borishadi, ularni matnda ko’rsatishadi. So’ng iqtibos “muallifi” sinfdoshlarining sharhlarini tinglaydi, xulosa qiladi, rozi bo’lgan va bo’lmagan tomonlarini aytib o’tadi va keyinchalik muhokama qilinmaydigan shaxsiy nuqtai nazarini bildiradi.
Birgalikda qidirish. Bahsli savolni shakllantirish, mavzuning bosh g’oyasini jamoada muhokamaga chiqarishga “Bilgalikda qidirish” yordam beradi. Birgalikda qidirish uchun muammoli masala o’qituvchi tomonidan taklif qilinishi mumkin. Biroq u o’quvchilarda o’qilgan ma’lumot bo’yicha fikr almashish vaqtida tug’ilsa yana ham maqsadga muvofiqroq. Savol shakllantirilgach, har bir o’quvchi berilgan vaqt ichida o’z javobini o’ylaydi va uni daftariga yozib oladi. Shundan keyin bahs boshlanadi, unda o’quvchilar fikr almashadi. Muloqot davomida qaydlar uchun jurnalni yuritgan yaxshi. Unga qisqa shaklda g’oyalar va ularning mualliflari yozib boriladi. Bahsli ishning muhim bosqichi har bir ishtirokchi tomonidan bajarilgan ishni anglash va shaxsning quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha faolligini baholashdir:
Bola shaxsiga yo’nalganlik o’quv jarayonini shunday tashkil etishni talab qiladiki, unda e’tibor markazida o’quvchi, uning bilish, ijodiy faoliyati bo’ladi. O’qituvchi roli an’naviy o’qitishdagi rolidan farqlanib, o’quv jarayonini tashkillashtirish, muvofiqlashtirishga taqaladi. O’qitish natijasi uchun javobgarlikni o’quvchilar o’z bo’yniga olishadi. O’quvchilar o’zlarini xolis baholay olishlari uchun qadriyatlar tizimini shakllantirish kerak. Unga muvofiq ular o’z bilimlari, xatti-harakati, imkoniyatlarini solishtirardi.
Dars maqsadi: Maktab dasturidan suvning kimyoviy element, muhim tabiat zaxirasi sifatida olingan, vazifalari va xususiyatlari haqida egallangan bilimlarni tiklash va umumlashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ushbu mavzuga qiziqtirish, tajribalar, tadqiqotlar o’tkazish va muhokamalarga chorlash.
Foydalaniladigan materiallar: Mazkur mavzu xonada o’tkazish mumkin bo’lgan turli xil tajriba va tadqiqotlarni o’tkazish asosida tuzilgan. Tabiatda ham shunday. Qiziqarli tajribalarni o’tkazish uchun sersuv meva, rangli qog’oz salfetka, suv va sut solingan stakan; apelsin efir yog’i yoki boshqa hidli xavfsiz modda, shakar, aralashtirish uchun yog’och cho’p; voronka, doka yoki bint parchasi; ichi ko’rinadigan sellofan paketni tayyorlash kerak bo’ladi.
“Suvning buyuk sirlari” ilmiy-ommabop filmini namoyish qilish uchun proyektor va noutbuk.
Kalit tushunchalar: chuchuk suv shakl, rang yoki hidga ega emas, uch holatda bo’lishi mumkin: qattiq, suyuq va bug’simon, yaxshi erituvchi hisoblanadi.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima:O’quvchilar suv haqida tayanch bilimlarga ega. Mazkur mavzuga qiziqishni oshirish hamda mavjud bilimlarni yangilari bilan boyitib tizimlashtirish muhim.
B. Yangi materialni o‘rganish. Murakkab bo’lmagan tajribalarni ko’rsatib, suv xususiyatlari haqida qiziqarli gapirib bersa bo’ladi. Shuningdek, bilimlarni yangi dalil va misollar bilan to’ldirish muhim. Masalan, harorat 120°C bo’lganida suvda g’ayrioddiy o’zgarishlar kuzatiladi: u shinniga o’xshab qovushqoq va cho’ziluvchan bo’la boshlaydi, ya’ni qovushqoq moddaning xususiyati va tuzilmasiga ega bo’ladi.
D. O‘tilgan materialni mustahkamlash: “Suvning buyuk sirlari” ilmiy- ommabop filmining kichik qismlarini namoyish qilgan holda o’tkazish maqsadga muvofiq. “Suvning buyuk siri” hayratomuz televizon loyiha – bu shunday tabiat kuchining umumiy fizika qonuniyatlari doirasidan chiqib ketadigan yashirin xususiyatlarini anglashga urinish. Suv inson fikri, hissiyoti, so’zi kabi axborotni qabul qilish, saqlash va uzatishga
qodir. Yaponiyalik olim Emoto Masaru mikroskop ostida suv hissiyotlarini suratga olishga muyassar bo’lgan.
Vazifa: Film qismlarini ko’rish vaqtida o’quvchilardan ma’lumotlarni daftarga uchta ustunga qayd etib borishni so’rang: bilib oldim, hayron qoldirdi, tushunmay qoldim.
E. Xulosa. Suv juda ajoyib modda va u hozirgacha tadqiqotchilarni o’z xususiyatlari bilan lol qoldirib keladi. Suv ta’msiz, rangsiz va hidsiz. Suv zo’r erituvchi. Suv istalgan shaklga kiradi, lekin o’z shakliga ega emas. Suv o’ziga xos “xotiraga” ega va vaziyatdan kelib chiqqan holda o’z xususiyatlarini o’zgartiradi. Suv atrofidagi barcha narsani o’zgartiradi hamda bir vaqtning o’zida insonning ham “do’sti”, ham “dushmani” bo’lishi mumkin. Yer sharidagi hayot suvdan boshlanadi va suvsiz hayot yo’q, chunki barcha tirik mavjudotlar tarkibida suv bor.
F. Uyga vazifa: O’quvchilarga shu kabi tajribalarni uy sharoitida o’tkazish, tanish va do’stlari, ota-onalariga namoyish qilishni tavsiya qiling.
Dars maqsadi:Tabiatdagi suv zaxiralarining har xil turlari va ularning farqli tomonlari haqida bilimlarni umumlashtirish.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarga chuchuk suv miqdori Yer sharida azaldan juda kam va cheklangan bo’lganligini tushuntirish. Shuning uchun chuchuk suv butun tirik mavjudotlar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega, bu zaxirani asrash kerakligini izohlab berish. Qo‘llaniladigan materiallar: bir litrli shisha banka, tuz, osh qoshiq, aralashtirish uchun yog’och cho’p; globus, O’zbekistonning fizik- geografik xaritasi, A3 formatidagi oq qog’oz hamda ko’k va jigarrang markerlar (rangli qalamlar). 1-infografikali plakat “Suv – hayot asosi”. Kalit tushunchalar: gidrosfera, Dunyo okeani, quruqlik suvlari, dengizlar, ko’llar, suv omborlari, daryolar, muzliklar, botqoqliklar, yer osti suvlari, Amudaryo va Sirdaryo, daryo irmog’i, dunyodagi eng uzun daryo, O’zbekistondagi eng uzun daryo.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: Yer sharidagi suv, dengiz va okeanlardagi sho’r suv miqdori va daryo hamda ko’llardagi chuchuk suv haqidagi bilimlarni yodga solish va umumlashtirish. Bularning hammasini xarita, globus, A3 formatidagi oq qog’ozda ko’rsatish. Ikki o’quvchiga aylanani darslikda ko’rsatilganidek ko’k va jigarrangga bo’yashni taklif qiling. Uchta qismni ko’k rangga bo’yab, bitta qolgan qismni jigarrangga bo’yang. Ko’k rangga bo’yalgan uchta qism – suv, bitta qolgan jigarrang qism – quruqlik. Demakki, suv Yer yuzida quruqlikdan ko’ra uch marta kattaroq hududni egallaydi.
B. Yangi materialni o‘rganish: Tajribadan yangi bilimlarga o’tishni boshlang. O’quvchilar bilan birga dengiz suvi eritmasini tayyorlang. Dengiz suvini nimaga ichib bo’lmasligini tushuntiring. Yer yuzida dengiz va okeanlardan tashqari suv yana qayerda uchrashini so’rang. Birgalikda “Quruqlik suvlari” mavzusiga klaster tuzishni taklif qiling, unda muzliklar, botqoqliklar, daryolar, ko’llar, yer osti suvlari kabi tushunchalarni tagiga chizing. Markaziy Osiyoning ikki yirik daryolarini aytishni so’rang. Bu daryolar transchegaraviy ekanligini, ya’ni bir necha daryo hududidan oqib o’tishini tushuntiring.
C. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
Vazifa: O’quvchilar bilan viktorina o’tkazing.
1. Yer kurramizda nechta okean bor? (4)
2. Qaysi okean eng katta va qaysi biri eng kichikdir? (Tinch okeani, Shimoliy muz okeani)
3. Oq, Qizil, Qora, Sariq – bu nima? (Dengizlar)
4. Sayyoramizdagi eng sho’r dengiz qaysi? (O’lik)
5. Yirikroq daryoga oqib tushadigan daryo qanday nomlanadi? (Irmoq)
6. Yer sharida eng uzun sanalgan daryo qaysi? (Nil)
7. Mamlakatimizning 80% va sayyoramizning beshdan bir qismini tashkil etgan chuchuk suv qaysi ko’lda joylashgan? (Boyqol)
8. Qaysi daryoning o’zani bo’ylab dunyoning beshdan bir qismini tashkil etgan daryo suvi oqib o’tadi? (Amazonka)
9. Yer sathining necha foizi suv bilan qoplangan? (70%)
10. Yerdagi suv umumiy og’irligining necha foizini chuchuk suv tashkil etadi? (3%)
D. Xulosa. Yer sharida quruqlikka qaraganda suv ko’proq. Shuning uchun sayyoramizni fazogirlar “moviyrang” deb atashadi. Quruqlik suvlari okean va dengizlarda uchraydi. Okean va dengizlardagi suv juda sho’r. Dengizlar okeanlarning bir qismi sanaladi. Agar dengiz okeandan ajralgan bo’lsa, unda bu ko’l. Ko’llardagi suv sho’r va chuchuk bo’ladi. Daryolarda doim chuchuk suv oqadi. Agar daryoda to’g’on qursa, suv ombori hosil bo’ladi. Daryodagi suv turib qolgan, kirib ketgan yoki o’simliklar bilan qoplangan hamda suv tagidan kelayotgan buloqlar ko’p bo’lgan joylarda botqoqliklar paydo bo’lishi mumkin. O’zbekiston hududi bo’ylab suvni ikkita katta daryo olib keladi: Amudaryo va Sirdaryo. Bu daryolar Orol dengiziga oqib tushadi. Insonlar hayoti chuchuk va toza, ichish mumkin bo’lgan suv bo’lishiga juda qattiq bog’liq.
E. Uyga vazifa:O’quvchilarga uy sharoitida tajriba-sinov o’tkazishni taklif qiling. Ular natijasini mashg’ulotlar davomida aytib berishni albatta so’rang. O’simlik, hayvon va inson hayoti uchun toza chuchuk suvning ahamiyati haqida to’g’ri xulosalar chiqarishga yordam bering.
Quruqlik va okean suvlari.
Dars maqsadi: dunyoqarashni kengaytirish va suv haqidagi bilimlarni yangi tushuncha va terminlar bilan boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: tabiatda yana qayerda suv borligini ko’rsatish, bolalar e’tiborini biz tabiatdan toza suvni olib, unga har doim ham tozalangan suvni qaytarmasligimizga, uni ifloslantirishimizga qaratish. Qo‘llaniladigan materiallar: O’zbekistonning fizik-geografik xaritasi, video-proyektor, qaynayotgan suvli choynak (bug’ chiqib turishi kerak), sovutilgan stakan, geyzer va yer osti suvlari haqida videomateriallar, 1- infografika “Suv – hayot asosi”, 2-infografika “Turli suvlar muhim, turli suvlar zarur”.
Kalit tushunchalar: yer osti suvlari, yer osti suvlari linzalari, geyzerlar, mineral manbalar, buloqlar, qaytar suvlar, atmosferada suv, O’zbekiston hududi bo’ylab suvning notekis taqsimlangani.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: mashg’ulotni yer osti suvlari va geyzerlar haqidagi videoni ko’rishdan boshlash tavsiya qilinadi. Suv tog’ jinslarini qanday yemiradi. G’orlar hosil bo’ladi. E’tibor bering, geyzerlar faqat faol vulqon zona bo’lgan hududda uchraydi. Bu Kuril orollari, Kamchatka, Yaponiya, Janubiy Amerika. O’zbekistonda geyzerlar yo’q, biroq ko’p yer osti suvlari bor.
B. Yangi materialni o‘rganish: Barcha suvlar tuproqqa singadi va yer osti suvlari bo’ylab dunyo okeaniga oqib tushadi, biroq uning barcha qatlamlari turli o’tkazuvchanlikka ega. Masalan, qumli qatlam ostida suvni o’tkazmaydigan loy bo’lib, undan chuqurroqda ohaktoshning qattiq qatlamlari joylashgan, ular u yerga tushadigan suvni ushlab qoladi. Bu tuproqdagi suv linzasidir. Bunday suvni chuqurlikdan olish uchun odatda maxsus texnika bilan quduqlarni burg’ilashadi. Ba’zida yer osti suvlar buloq bo’lib yer sathiga chiqadi va kichikroq daryo va tog’ soylarini boshlab beradi.
O’qituvchi va to’garak rahbarlariga eng yaqin soy yoki buloqqa sayohat o’tkazish tavsiya etiladi. Sayohat davomida yo’lda uchraydigan axlatni yig’ish va buloqlarni obodonlashtirish maqsadga muvofiq. Bu tarbiyaviy amallarni “Tabiatning eng yaxshi qo’riqchisi” nomli musobaqa shaklida o’tkazish mumkin. G’oliblar va eng faol ishtirokchilarga katta bo’lmagan sovg’a yoki faxriy yorliq topshiring.
O’zbekiston yer osti suvlari bir tekis joylashmaganiga e’tibor bering: qayerdadir ular ko’proq, qayerdadir umuman mavjud emas. O’quvchilar bilan yer osti suvlari nima uchun bir tekis joylashmaganini muhokama qiling. Yer osti zaxiralarining bunday notekis taqsimlanishi sabablarini topib ko’ring.
Ba’zida sizot yoki yer osti suvlari hayot baxshida etuvchi yagona manba sanaladi. Lekin u ba'zida sho’rroq ta'mga ega bo’ladi, bu suvda ko’p tuz va minerallar eriganidan darak beradi. Ko’p hollarda yer osti suvlari shifobaxsh bo’ladi. Uni tibbiyotda keng qo’llashadi: unda cho’milishadi, ichishadi.
“Qaytar suvlar” mavzusiga alohida va batafsil to’xtalib o’ting. 2- infografikadan foydalaning.
Choynakdan chiqayotgan bug’ va sovutilgan stakan yordamida shudring paydo bo’lish tajribasini o’tkazsa bo’ladi. Atmosferada suv qanday holatlarda bo’lishi mumkinligi haqida gaplashing (bug’simon, suyuq, qattiq). Bolalar bu holatlarning barchasiga yog’ingarchiliklar ko’rinishida misollar keltirsin (yomg’ir, shudring, qor, do’l, qirov, tuman, bulut, qora bulut). Doskaga “Atmosferada suv” klasterini yozib, o’quvchilar bilan birgalikda gazsimon, suyuq, qattiq shoxchalarini chiqarsa bo’ladi. Keyin ularni yog’ingarchilik misollari bilan to’ldirish mumkin.
C. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Qaytar suvlar paydo bo’lishi haqida video ko’rsating. Qaytar suvlar buloqlardagi toza suvdan nimasi bilan farq qilishini muhokama qiling. Qaytib daryolarga oqiziladigan yaxshi tozalanmagan qaytar suvlardan kim va nima aziyat chekishi mumkin? Vazifa: Bolalarga mustaqil ravishda suvni qayerda uchratish mumkinligi (yer tagida, Yer kurrasining sathida, atmosferada) haqida infografikani tuzishni taklif qiling. Shuningdek, undan tejab foydalanish uchun nima qilish kerakligini so’rang. Bu vazifani guruhlarda bajarsa bo’ladi. Infografikali plakatlar chizilgan, qirqib olingan suratlar va internetdan olingan ma'lumotlar, qisqa matnlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Infografika rang-barang va mazmunli bo’lishi kerak.
D. Xulosa: Yer ostida ko’llar bor va haqiqiy daryolar oqadi. Suv u yerga tog’ jinslaridan sizib o’tadi. Bu suvda erigan mineral va tuzlar ko’p, bunday suv ma’lum shifobaxsh xususiyatlarga ega. Yer osti suvlari sathga buloq va geyzerlar ko’rinishida oqib chiqadi.
O’zbekistonda yer osti suvlari bir maromda joylashmagan. Kam yog’ingarchilik bo’lgan cho’l hududida yer osti suvlari kam uchraydi. Qaytar suvlar – bu foydalanilgan suvlar. Qaytar suvlar suv zaxiralarining qo’shimcha manbai hisoblanadi. Biz ular yordamida ekin maydonlarini sug’oramiz, biroq avvalgidek toza qilolmaymiz. Atmosferada suv 3 holatda uchraydi: qattiq, suyuq va gazsimon.
E. Uyga vazifa: Bolalarga kun davomida kanalizatsiyaga oqib tushadigan suv miqdorini kamaytirib ko’rishni tavsiya qiling. Buning uddasidan qanday chiqishganini yozib olib, natijasini sinfda taqdim qilsin.
Dars maqsadi: Tabiatning bu hodisasi haqidagi bilimlarni yangi tushuncha va terminlar bilan boyitish. O’quvchilarga suv qayta tiklanadigan tabiat zaxirasi ekanligini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad: Inson bu jarayonlarga sug’orish, xo’jalik uchun toza chuchuk suvni olib aralashmoqda va tabiatdagi muvozanatni buzmoqda. Nima uchun toza chuchuk suv kamayib borayotgani va uni nima uchun tejash kerakligini tushunish muhim.
Qo‘llaniladigan materiallar: videoproektor va tabiatda suv almashinuvi videosi, tajriba o’tkazish uchun: yopiladigan paket, rangli markerlar, suv, ko’k ozuqaviy bo’yoq (xohishga ko’ra), skotch. “Suv qo’riqchilari” stol o’yini, raqamli fishka va kubik. G’olib jamoa uchun oldindan tayyorlangan faxriy yorliqlar.
Kalit tushunchalar: bug’lanish, kondensatsiya, yog’ingarchilik, suvni ko’chirish, tabiatda katta, kichik va mintaqalararo suv almashinuvi. Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: o’quvchilarga yana bir bor tabiatda chuchuk suv hajmi qancha ekanligini eslating. Bu Yerda mavjud bo’lgan suvning umumiy miqdoridan atigi 1 foizni tashkil etadi.
B. Yangi materialni o‘rganish: “Tabiatda suvning almashinuvi” nomli o’rgatuvchi videoni yoki bu tabiat hodisasini aks etgan plakatni ko’rsating. Unga izoh bering. Shuningdek, Yer sharida katta yoki dunyoviy almashinuv, kichik yoki okeanik almashinuv, mintaqalararo almashinuv borligiga e’tibor qarating.
C. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Tabiatda suv almashinuvi bosqichlarini yaqqol ko’rsatadigan tajriba-sinov o’tkazing. Ular darslikda batafsil yoritilgan.
Vazifa: O’quvchilarga “Suv qo’riqchisi” stol o’yinini o’ynashni taklif qiling.
“Suv qo’riqchisi” stol o’yinini o’tkazish qoidalari
O’yin maqsadi – o’quvchilarga suvning atrof-muhitga, insonlar xo’jalik faoliyatining tabiat hodisalari va suvga ta’sirini tushuntirish.
O’yin davomida o’quvchilar o’tilgan mavzularni takrorlaydi va egallangan bilimlarni mustahkamlaydi. O’yin oxirida bu qiziq mashg’ulotning ishtirokchilari “Suv qo’riqchilari” unvonini oladi. G’olib jamoa esa faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Mashq o‘tkazish metodikasi va mazmuni
O’quvchilarni ikki guruhga bo’lib, ularga nom tanlasa bo’ladi. Stolning ustiga o’yin maydonini joylashtiring. Har bir guruhning o’z fishkasi bo’lishi kerak. Uning yordamida ular o’yin maydoni bo’ylab harakatlanadi. Shuningdek, stol o’yini uchun kubik bo’lishi lozim. Fishka va kubikni o’z qo’limiz bilan ham tayyorlashimiz mumkin.
O‘qituvchi o‘yin qoidalarini tushuntiradi:
Jamoadagi bir o’yinchi kubikni stolga tashlaydi. Tushgan songa qarab, guruh yurish qiladi va o’yin maydoni bo’ylab harakatlanadi. Marraga birinchi bo’lib yetib kelgan va barcha savollarga javob bergan, berilgan vazifalarni to’g’ri bajargan va eng ko’p tomchi to’plagan jamoa g’olib deb topiladi.
Shartli belgilar bilan tanishing. Ular 6 dona va ular o’yin maydonining pastki o’ng burchagida joylashgan.
-suvni tejashga doir kundalik amallar. Agar jamoa shu belgiga kelib to’xtagan bo’lsa, bu jamoa ishtirokchilari suvni tejashga yordam beradigan uchta misol keltirishlari kerak.
- suv haqida qiziq faktlar. Agar jamoa shu belgiga kelib to’xtagan bo’lsa, unda jamoa a’zolari suv haqida qiziq fakt aytishlari lozim.
- ijodiy vazifa. Agar siz shu belgiga kelib qolgan bo’lsangiz, biron ijodiy vazifani bajarishingiz kerak bo’ladi. Bunda suv bilan bog’liq bo’lgan maqol, xalq irimlari, an’anani gapirib bersa bo’ladi. Istaganlar suvga bag’ishlangan she’r yoki qo’shiqni aytib berishligi mumkin. Imo- ishoralar bilan suv mavzusidagi biron vaziyatni tasvirlasa bo’ladi. O’quvchilar siz nimani ko’rsatayotganingizni topishligi kerak.
- breyn-ring. Agar fishkangiz bu belgiga to’g’ri kelgan bo’lsa, unda siz har bir ishtirokchi jamoaga suv mavzusi bo’yicha bittadan savol berishingiz kerak. Agar biron jamoa to’g’ri javobni bera olmasa, savol bergan jamoaning o’zi to’liq va aniq javobni berishi lozim. Savolga javob bermagan jamoa bitta tomchi yo’qotadi.
- gal o’tkazish va bir tomchi yo’qotish. Agar jamoangiz bu belgiga kelib qolsa, siz navbatingizni o’tkazib, bir tomchini yo’qotasiz.
- oldinga bitta qadam va bitta tomchiga ko’proq. Agar fishkangiz bu belgiga to’g’ri kelsa, siz bir qadam oldinga siljiysiz va jamoaning hisobiga bitta tomchi qo’shishga muyassar bo’lasiz.
D. Xulosa. Tabiatda suv almashinuvi tufayli biz чучук suvdan foydalana olamiz. Tabiatda suv almashinuvi yil fasliga qaramay, doim sodir bo’ladi. Katta va kichik suv almashinuvini farqlashadi. Inson ushbu tabiat jarayonining davriyligini suvni olib va uni ifloslantirgan holdа qaytarib buzmoqda.
Suvdan oqilona foydalanmaslik natijasida uning tanqisligi kun sayin kuchliroq sezilmoqda.
E. Uyga vazifa: O’quvchilarga suv tomchisi va uning sarguzashtlari, unga uchragan to’siq va to’sqinlar haqida ertak yoki hikoya yozib berishni taklif qiling. Eng yaxshi ishlarni keyingi mashg’ulotda albatta o’qib eshittiring.
Dars maqsadi: o’quvchilarni daryo tuzilishi, uning davriyligi va tarkibiy qismlari, daryoning “farovonligi” nimaga bog’liqligi va daryo nimaga ta’sir qilishi bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Daryolarning betakrorligini hayotiy muhim suv arteriyalar sifatida ko’rsatish. Daryo ekotizimlar muvozanatining muhimligi hamda insonlarning daryo hayotiga bo’lgan ta’siri va daryoning inson hayotiga bo’lgan ta’siriga e’tibor qaratish. Qo‘llaniladigan materiallar: videoproyektor, “Eng katta sharsharalar” videofilmi, “Turli suvlar muhim, turli suvlar zarur” nomli 2-infografika, A1 qog’oz (flipchart), rangli markerlar, O’zbekistonning fizik-geografik xaritasi.
Kalit tushunchalar: irmoq, o’zan, daryo vodiysi, daryo etagi, suv ayirg’ich, daryo tartibi, daryo yoqasi, o’yiq joy, daryolarning to’yinish turlari.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: mashg’ulot boshlashdan oldin savol bering: daryo va insonda qanday o’xshashlik bor? O’quvchilar bilan birga javoblarni avval daftarlarga yozib olishga urining. So’ng ular juftliklarga bo’linib, javoblarni yozishsin va g’oyalar bilan o’rtoqlashishsin. Keyin xohishga ko’ra bolalar o’z g’oyalarini o’qib eshittirishlari mumkin. To’g’ri javoblarni doskaga yoki A1 formatidagi (flipchart) qog’ozga yozing. Daryoda xuddi inson kabi o’z rejimi, ozuqasi, xarakteri, muhim qismlari (insonda tana qismlari, daryoda daryo vodiysi qismlari) bor.
B. Yangi materialni o‘rganish: O’quvchilardan qaysi kanal yoki daryo ular uyiga, qishlog’iga, maktabiga yaqin joydan oqib o’tishi haqida so’rang. Darslikda taklif qilingan jadvalni birgalikda to’ldiring. “Dunyodagi eng katta sharsharalar” videofilmi namoyishi. Daryo xarakteri nimaga bog’liq ekanligini o’quvchilar bilan muhokama qiling (relyef, to’yinishi). Agar daryo bahorda sersuv bo’lsa, unda u yomg’irdan, agar yozda to’lib oqsa, unda muzliklardan to’yingan.
“Daryo qismlari” chizmasini ko’rib chiqing. “Daryoning ustki oqimi” va “daryoning ostki oqimi” tushunchalarini shakllantiring. Kimga ko’proq omad kulib boqqan: daryoning ustki oqimida yashaydiganlargami yoki ostkimi? 2-infografikaga yoki O’zbekistonning fizik-geografik xaritasiga
murojaat qiling. Hududingizni daryoga nisbatan joylashuvini aniqlang: yuqori, o’rta yoki quyi. Daryo tartibi nima ekanligi va u nimaga bog’liq ekanligini gapirib bering.
D. O‘tilgan materialni mustahkamlash: “Dunyodagi eng katta sharsharalar”, “Dunyoning eng ifloslangan daryolari” videofilmi namoyishi. Daryo xarakteri nimaga bog’liqligi, daryolar inson hayotiga qanday ta’sir ko’rsatgani va insonlar daryolarga qanday ta’sir ko’rsatganini muhokama qiling.
Vazifa: Darslikda mavzu oxirida berilgan jadvalni to’ldirishni tavsiya qiling.
E. Xulosa. Daryolar doim inson hayotiga ta’sir ko’rsatgan. Insonlar daryo o’zanlari bo’ylab o’troqlashib borgan. Daryolar bo’yida o’z infratuzilmasiga ega bo’lgan shaharlar barpo etilgan va rivojlangan (uylar, fabrikalar va h.k.). Qanchalik inson o’z xo’jaligida suvdan ko’proq foydalansa, toza chuchuk suvi tanqisligi shuncha oshib boraveradi, chunki daryo o’zaniga qaytib kelayotgan suv avvalgidek toza bo’lmaydi.
Daryoning qismlari bor: boshi, etagi, o’zani, qayiri, vodiysi, suv havzasi va suv ayirg’ichi. Daryoning xarakteri bor. U iqlim va suv oqib keladigan relyefga bog’liq. Daryo muzliklar va qorliklardan erib tushgan suv, yog’ingarchilik va yer osti suvlaridan to’yinadi. Daryoda sharshara va uyiq joylar paydo bo’ladi. Ular kema suzib o’tishi uchun to’siqlar hosil qiladi.
F. Uyga vazifa: O’quvchilarga tog’ yoki vodiy daryosi o’zani maketlarini tayyorlashga yordam bering. Tayyorlash texnikasi har xil bo’lishi mumkin: plastilin, papye-mashe. Jamoaviy ishlash usuli tanlanishi mumkin. Keyin ishlar ko’rgazmasini tashkil eting. Sinfdagi o’quvchilar bilan birga maketlarni tayyorlash mumkin.
Dars maqsadi: O’quvchilar bilimini suv barcha tirik organizmlar tarkibida borligi, hayvon va o’simliklar suvda va suv tanqisligida yashashga qanday ko’nikishi haqidagi ma'lumotlar bilan boyitish. Tarbiyaviy maqsad: Yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar hayoti toza chuchuk suvga juda bog’liq ekanligiga e'tibor qarating. Suvsiz Yerda hayot bo’lmaydi. Shuning uchun inson suvga munosabatini o’zgartirishi kerak.
Qo‘llaniladigan materiallar: xona o’simliklari, bog’ anjomlari, tuproq bilan ochiq nov (lotok), “Tirik organizmlar tarkibida suv” chizmasi.
Kalit tushunchalar: “Yer sharbati”, yashash muhiti, gidrofitlar, kserofitlar, transpiratsiya, tuproq, tomchilatib sug’orish.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: O’quvchilarga savolga javob berishni taklif qiling: inson, tarvuz, daraxt, fil va meduza necha foizga suvdan iborat. Yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar suvdan tarkib topgani, organizmni suv bilan muntazam to’yintirib borishga juda muhtoj ekanligi haqida xulosa qiling. Inson, it, tuya, baliq qancha vaqt suvsiz yashay olishi haqida so’rang.
B. Yangi materialni o‘rganish: O’simliklar suvni qanday ichishi, boshqa tirik mavjudotlar suvga bo’lgan ehtiyojni qanday qanoatlantirishi, gulga qanday suv qo’yish kerakligi haqida gapirib bering. Suv yoki cho’llarda yashaydigan tirik mavjudotlar turlari bilan tanishtiring . Suvning me’yordan ortiq bo’lishi yoki yetishmasligiga ular qanday moslashishini gapirib bering. “Yontoq shakar” mahalliy o’simligini misol qilib keltiring. Uni yana “Tuya tikanagi” deb nomlashadi. U qurg’oq joylarda o’sishi va uning ildizi 10 va undan ortiq metr chuqurlikkacha borishi mumkin.
D. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Orol dengizi tubida nima uchun o’simliklarni ekish muhimligi va bu yo’nalishda nima qilinayotgani haqida gapirib bering. Xona o’simligi va kichik issiqxona bilan tajriba- sinov o’tkazing. Bu tajriba o’simlik atmosferaga qanday namlik ajratishini ko’rsatib beradi. Xulosa qiling: O’zbekistonning issiq va quruq iqlimida xona o’simliklari yoki shahar ko’chalaridagi daraxtlar nima uchun shunchalik muhim?
Sarlavhalar: | Harakatlar: |
---|---|
Tajribani qo'llash/o'rganilayotgan holatlar | O'quvchilar o'simliklar suvni qanday bug'lantirishi va bu suv almashinuviga qanday olib kelishini o'rganadi |
Fanlar | Geografiya, biologiya |
O'zlashtiriladigan ko'nikmalar | Kuzatuv, ilmiy tadqiqot |
Yosh/sinf | 4-8 sinflar |
Xavfsizlik qoidalari | Yig'ilgan suvni ichmaslik |
Talab etiladigan vaqt | Dars haqida tushuncha hosil qilish va uskunalarni o'rnatish uchun 30 daqiqa, o'rnatilganidan so'ng 1 yoki 2 kundan keyin muhokama qilish va baholash uchun 1 ta dars. |
Xonada / tashqarida | Xonadamas |
Qachon o'tkazish kerak | Issiq va quyoshli kunda o'tkazgan yaxshi |
Barcha o’simliklar suvni ildizdan barglarining orqasida bo’lgan kovakchalarga qarab yo’naltiradi. Shu kovakchalar orqali o’simliklar havoga namlikni bug’lantirib chiqaradi. Bu o’simliklarga salqinlik baxsh etadi va ozuqaviy moddalarni ildizdan barglarga yetkazish uchun ham muhim sanaladi. Yaproqlardan qancha ko’p suv bug’lanib chiqsa, ildizlardan shuncha ko’p suv va ozuqaviy moddalar tepaga ko’tariladi. Suv havoga ajrab chiqadi, va bu ham suv almashinuvining bir bosqichi hisoblanadi. Transpiratsiya issiq va quruq kunlarda faolroq kechadi. Daraxtlar – bu katta o’simliklar, shuning uchun ular tarkibida suv ko’p. Ular o’simliklar orasida eng katta suv manbalaridir. Juda katta eman daraxti yiliga 150 000 litr suv bug’lantira oladi!
Tadqiqotlar ko’rsatishicha, atmosferadagi 10 foizga yaqin namlik o’simliklar transpiratsiyasidan ajralgan. Odatda bu suv havoga singib, suv almashinuviga qo’shilib ketadi. Ammo bu tajribada biz suvni plastik paketga yig’amiz. Quyoshli kunda bu paketda juda issiq bo’ladi, natijada ba’zi barglarga zarar yetkazilishi mumkin. Plastik paket o’simliklar ustida uzoq vaqt qolib ketmasligini nazorat qiling, uni ehtiyotkorlik bilan olib qo’ying.
O’quvchilar o’z kuzatuvlarini tushuntirib, nimani sezganlarini gapirib berishlari kerak. “Suv” qayerdan paydo bo’ldi (uni qayerdan oldik) degan savolni bering. Paketga joylashtirilgan yaproqlar bu daraxtning boshqa barglari bilan solishtirganda endi qanday ko’rinyapti?
Qo’shimcha savol. Nima deb o’ylaysiz, daraxtlarning barcha turlari bir xil miqdorda suv chiqaradimi? Ignabargli daraxtlar haqida nima deya olasiz? Daraxtlarning har xil turlaridan suv yig’ib ko’ring va natijalarni solishtiring.
E. Xulosalar. Suv xuddi havo, tuproq va yorug’lik kabi o’simlik va hayvonlar hayoti uchun zarur. O’simlik va hayvonlar doim tabiatda bor miqdordagi suvga moslashadi. Suv axtarib, hayvonlar uzoq masofalarga yo’l oladi, daraxtlar esa ildiz tizimini rivojlantiradi. Insonlar suv zaxiralarini toza va yetarli bo’lib saqlanishiga javobgar hisoblanadi. Suvni e'zozlash – har birimizning mas‟uliyatli vazifamiz. Suvni ehtiyot qilib, biz hayvon va o’simliklar haqida qayg’urgan bo’lamiz.
F. Uyga vazifa.O’quvchilarga uy sharoitida gidrofitlar va kserofitlarni ekishni taklif qiling. Bu ko’p sug’orilishi kerak bo’lmagan kaktuslar hamda ko’p suvni xush ko’radigan fikus va diffenbaxiya bo’lishi mumkin.
Agar o’quvchilarda gullarni parvarishlashga qiziqish bo’lsa, katta bo’lmagan issiqxonani tashkil etib, gidrogel va tomchilatib sug’orish bilan tajriba o’tkazsa bo’ladi.
Muhim ma’lumot: Gidrogel – bu namlikni o’ziga tortadigan sun'iy material bo’lib, u namlikni yig’ish va saqlashga zamin yaratadi. Gel mavjud bo’lgan tuproq yoki substratda o’simliklar uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi. Qolaversa, gidrogelni o’sha tuproq sifatida o’simliklar uchun mustaqil qo’llasa bo’ladi. Bu qumoqlangan polimer material bo’lib, xavfsiz va ekologik mahsulot hisoblanadi. Uni suvga joylashtirishadi, natijada u ma'lum vaqtdan so’ng ishadi va gelga aylanadi.
Gidrogel odatda ikki turda bo’ladi: yumshoq va zich shaklda. Gidrogel tuproqda bo’lishiga juda ta'sirchan bodring, pomidor, karam, kartofel hisoblanadi. Aytishlaricha, baqlajon va qalampirni ekishda tuproqqa gidrogel qo’shish tavsiya etilmaydi, chunki gidrogel ular hosildorligi pasayishiga olib kelarkan.
Dars maqsadi: sayyoramizda butun tirik mavjudotlar uchun suv ahamiyatini anglashga ko’maklashish; Yer kurrasidagi suv zaxiralari muammolariga o’quvchilar qiziqishi ortishiga zamin yaratish.
Tarbiyaviy maqsad: Yer sharida suv ahamiyati haqida taassurot shakllantirish. O’quvchilar sayyorada suv zaxiralari cheklangan ekanligini anglashlari, suv zaxiralarini saqlab qolish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilishlari lozim.
Qo‘llaniladigan materiallar: videoproyektor, inson hayotida suvning ahamiyati haqida videomateriallar. 3-infografika “Suvdan foydalanish va suvni tejash”, A1 formatidagi qog’oz yoki flipchart, rangli markerlar. Kalit tushunchalar: suvning fizik xususiyatlari, inson tomonidan qo’llaniladigan suv zaxirasi, virtual suv, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: Muammoning dolzarbligi: Yil sayin sayyoradagi chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqda. Insonning Yer sharidagi suv zaxiralariga bo’lgan bee’tiborligi tufayli inson salomatligiga zararli bo’lgan, hayvon va o’simliklar nobud bo’lishiga sabab bo’layotgan katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Muammo: Suvni tejash kerakmi? Faraz: “Suvsiz Yerda hayot bo’lmaydi”. Darsni “Tadqiqotlar” usuli orqali o’tkazish tavsiya qilinadi.
B. Yangi materialni o‘rganish: Barcha ishtirokchilarni guruhlarga bo’lamiz. 1-guruh – bu “Bilimdonlar”. Tadqiqot maqsadi suv betakror va bebaho ne’matligini ko’rsatishdir. Tadqiqot metodi kuzatuv, manbalari esa kitoblar, ensiklopediya, internet. Tadqiqot natijasi: xabar va suratlar. 2-guruh – bu “Tadqiqotchilar”. Tadqiqot mavzusi: “Suv xususiyatlari”. Tadqiqot maqsadi: “Suv xususiyatlarini o’rganish”. Tadqiqot metodlari: kuzatuv, eksperiment. Tadqiqot natijasi: suv xususiyatlari jadvalini tuzish.
3-guruh – bu “Ekologlar”. Tadqiqot mavzusi: “Virtual suv nima?” Virtual suv – bu oziq-ovqat yoki boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan suv. Masalan, 1 kilogramm bug’doyni ishlab chiqarish uchun 1000 litr suv kerak, ya’ni bug’doyning virtual suvi 1000 litr. Go’sht uchun bizga taxminan 5-10 marta ko’proq suv kerak. Har kun biz 400 000 litrga yaqin virtual suvni ishlatamiz. Masalan, bir kilogramm olma uchun 700 litr, bir litr sut uchun 1000 litr, bir kilogramm mol go’shti uchun 15 500 litr suv zarur. Eng ko’p suv talab etadigan ekin – g’o’za (1 kilogrammga 29 litrgacha). Bundan xulosa qilsa bo’ladiki, kiyimimizda juda katta hajmdagi suv yashiringan.
Virtual suvni shartli ravishda yashil, ko’k va kulrangga ajratishadi. “Yashil suv” – bu yomg’ir bo’lib tushadigan, tuproqning ildiz zonasiga kiradigan va atmosferaga o’simliklardan ajralib chiqib, bug’ bo’lib qaytib chiqadigan suv. “Ko’k suv” iborasi daryo, ko’l, yer osti suv havzalaridagi suvga tegishli bo’lib, u odatda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda foydalaniladi. “Kulrang suv” qayta tozalanishi va ishlatilishi mumkin bo’lmagan oqava suvlar.
C. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga “Suvni qanday tejash va saqlab qolish mumkin” mavzusida yo’riqnoma tuzishga yordam bering. Unda ular turli kundalik hayotda turli buyumlarni qo’llashni kamaytirish haqida gapirib bersin. Suv havzalarini ifloslantirish va suv havzalari bo’yida turli axlatni qoldirish, suv havzalari atrofida havozalarni kesish mumkin emas. Kundalik va maishiy hayotda suvdan oqilona foydalanish lozim. Oqova suvlarni sifatli tozalash kerak. Qaytar suvlarni imkon qadar qayta ishlatish maqsadga muvofiq.
Foydali havolalar:
https://veganworld.ru/virtual_water/
https://wildlife.by/ecology/articles/voda-realnaya-i-virtualnaya-/
D. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga “Suvni qanday tejash va saqlab qolish mumkin” mavzusida yo’riqnoma tuzishga yordam bering. Unda ular turli kundalik hayotda turli buyumlarni qo’llashni kamaytirish haqida gapirib bersin. Suv havzalarini ifloslantirish va suv havzalari bo’yida turli axlatni qoldirish, suv havzalari atrofida havozalarni kesish mumkin emas. Kundalik va maishiy hayotda suvdan oqilona foydalanish lozim. Oqova suvlarni sifatli tozalash kerak. Qaytar suvlarni imkon qadar qayta ishlatish maqsadga muvofiq.
Xulosalar. Barcha tirik organizmlar suvdan tarkib topgan. Inson organizmi og’irligining 50-86 foizi suvdan iborat. Suv inson hayoti va faoliyatining barcha bosqichlarida ishtirok etadi. Toza chuchuk suvni tejash juda muhim, chunki bunga inson va barcha tirik mavjudotlar farovonligi va sog’lig’i, atrofimizdagi olam tozaligi bog’liq. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotda foydalanilgan suv birliklari mavjud, suv sarfini imkon qadar kamaytiring. Bir martalik buyumlardan ham kamroq foydalaning.
E. Uyga vazifa:
1. Bolalarga “Hayotimizda suv” mavzusida taqdimot o’tkazishni taklif qiling. Eng yaxshi taqdimotlarni butun sinf bilan navbatdagi mashg’ulotda tomosha qiling.
2. Bolalardan suv bilan bog’liq bo’lgan xalq orasida tarqalgan irim, maqol yoki an’analarni eslashni so’rang. Bu vazifani bajarishga ota-ona, buvi va bobolarni ham jalb qilishni tavsiya qiling.
Dars maqsadi: suv holatlari va xususiyatlari bilan tanishish, suvning ifloslantirish manbalarini aniqlash.
Tarbiyaviy maqsad: suvga oqilona munosabatda bo’lishga oid maslahatlarni anglash va amal qilish.
Qo‘llaniladigan materiallar: videoproyektor, “Dunyoning eng ifloslangan daryolari” videofilmi, “Turli suvlar muhim, turli suvlar zarur” nomli 2-infografika, A1 qog’oz yoki flipchart, rangli markerlar.
Kalit tushunchalar: suvning ifloslanish sabablari, kimyoviy, bakterial, mexanik, radiofaol hamda issiqlikdan ifloslanish, ifloslanish sabablari va tozalash usullari, qaytar suvlar.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: Darsni uy vazifasidan boshlang. O’quvchilardan xohishga ko’ra suv bilan bog’liq bo’lgan maqol, irim yoki an’analarni eshittirib o’qib berishni so’rang.
B. Yangi materialni o‘rganish: “Dunyoning eng ifloslangan daryolari” videofilmi namoyishi. O’quvchilardan daryo va u oqib o’tadigan mamlakat nomlarini yozib borishni so’rang. Bu mamlakatlarda nima uchun bunday muammolar yuzaga kelishini o’quvchilar bilan muhokama qiling. Bunga kim aybdor va vaziyatni qanday o’zgartirsa bo’ladi? Bu mavzuga bahs-munozara uyushtirishga harakat qiling. Shundan so’ng suvning kimyoviy, bakterial, mexanik, issiqlik orqali va radiofaol kabi ifloslanish turlariga batafsil to’xtalib o’ting. Xavf shundaki, biz suvni yaxshi tozalanmagan holatda qaytaramiz. Ba’zida esa tozalash jarayonlarini umuman e’tibordan chetda qoldiramiz. Okean va dengizlarda haqiqiy axlat orollari paydo bo’lgan, neft va boshqa kimyoviy moddalar to’kilish holatlari ham ko’p uchraydi.
Ifloslanish sabablari va tozalash usullarini muhokama qiling. Ishning bu turini “Bilish xaritasi” yoki “Akvarium” texnikasini tuzish orqali o’quvchilarni guruhlarga bo’lib va vazifani bajarish qoidalarini aniq tushuntirgan holda bajarsa bo’ladi. Bitta guruh ifloslanishning tirik mavjudotlar va atrof-muhitga ta’sirining barcha oqibatlarini muhokama qilsin. O’quvchilarning ikkinchi qismi guruhlarda suvni ifloslanishdan tozalashning har xil variantlarini muhokama va taklif qilsa bo’ladi. Bu vazifalarni tayyorlashda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish mumkin. Guruhlarda bildirilgan barcha g’oya va mulohazalarni A1 formatidagi oq qog’ozga yozib borish kerak.
C. O‘tilgan materialni mustahkamlash: Guruhda bajariladigan ish yakunlangach, har bir guruh a’zosi butun jamoa oldida natijalarni taqdim qilish kerak.
Sarlavhalar | Harakatlar: |
---|---|
O'rganilayotgan holatlar | O'quvchilar suvni tozalash uchun sog'lom tuproqning ahamiyatini o'rganadi. Ular o'simliklar va yerning har xil qatlamlari yemirilish oldini qanday olishi va tuproq yuvilib ketishini kamaytirishini muhokama qilishadi. |
Fanlar | Geografiya, biologiya |
Egallanadigan ko'nikmalar | Kuzatuv, ilmiy tadqiqot |
Yosh/sinf | 4-7 sinflar |
Xavfsizlik qoidalari | Filtr suvdan har xil ifloslanishlarni tozalasa ham tajriba natijasida olingan suvni ichmagan yaxshi, chunki filtrlangan suvda bakteriyalar bo'lishi mumkin. |
Kerakli vaqt | 1 soat tayyorgarlikka va 15 daqiqa natijalarni tushuntirish (o'simlik modellashtiriladigan o'simlik o'sib chiqishi uchun ancha uchun qoplami tajribaga vaqt kerak bo'ladi). |
Xonada/tashqarida | Xonada yoki tashqarida o'tkazilishi mumkin |
O'tkazilish vaqti | Istalgan vaqtda |
Zarur material va jihozlar: | Suv uchun baklajka; Qaychi yoki pichoq; Qahva filtri, paxta, qum yoki yog'och ko'mir; Yer; Suv; Shag'al; Yirikroq shag'al yoki mayda toshlar; Filtrlangan va filtrlanmagan suv uchun 2 ta stakan. |
Bu tajribani o’tkazishda tuproqning har xil qatlamlari suvimizni qanday tozalashi mumkinligini tushunib olish mumkin. Ikkinchi tajribada yog’ingarchilik, tuproq yemirilishi, quvurlar va vegetatsiya o’rtasidagi bog’liqlikni ham ko’rsatsa bo’ladi.
Taomillar:
Qaychi yoki pichoqdan foydalanib, baklajka tubini suv uchun kesing. Pichoq, qaychi yoki boshqa o’tkir buyumdan foydalanib (masalan, otvertka), qopqoq o’rtasida kichkina teshikcha qiling. Qopqoq mahkam berkitilganini tekshiring. So’ng qopqoqqa filtrni o’rnating. Buning uchun paxta yoki matoni teshik orqali ichiga tiqing. Endi qum yoki maydalangan yog’och ko’mirini oling va baklajkani taxminan 5 santimetrga to’ldiring.
Keyin oldingi qatlam ustidan ozgina (taxminan 5 santimetr) tuproq seping. Keyingi qadam – baklajkaga taxminan 5 santimetrgacha shag’al soling. Va nihoyat, baklajkani yirikroq shag’al yoki mayda toshlar bilan to’ldiring (qatlam qalinligi 2-3 santimetr).
Suv quyilgan stakanga tuproq, qum, barg, o’tlarni qorishma juda ifloslangan ko’rinmagunicha solavering.
Filtrlangan suvni yig’ish uchun chashka ustiga filtrni (qatlamli baklajka) qo’ying. Bu filtrga kir suvni to’king.
Keyingi amallar:
Tajriba yakunlangach, o’quvchilardan filtrning qaysi qismi nimani tozalaganini tahlil qilib berishni so’rang. Qaysi qatlam nimani ushlab qoldi?
Tuproqning suv almashinuvi va suvni qayta ishlatishdagi ahamiyatini muhokama qiling.
E. Xulosa. Yer yuzidagi suv inson aybi bilan ifloslanadi. Bugungi kunda biz juda ko’p suv sarflaymiz va uni yaxshi tozalanmagan holda daryo, dengiz, okeanlarga qaytarib oqizamiz. Har bir inson suvni hurmat qilishi, bu zaxirani qadrlashi va uni tejash uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak.
F. Uyga vazifa: Ota-ona va o’qituvchingiz bilan birga quyidagi korxonalardan qanday oqova suvlar oqib tushishini o’rganing:
- qushlar fabrikasi;
- farmatsevtik zavod;
- charm va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Nima uchun ushbu korxonalarning oqova suvlari albatta tozalanishi kerakligi haqida qisqa esse yozing. Unda ushbu savollarga javob bering: Oqova suvlar sifatini qanday tekshirish kerak? Fabrika va korxonalar qanday javobgarlikka tortiladi?
Dars maqsadi: O’zbekistonning suv havzalari turlari, shakllanishi, atrof- muhit va inson uchun ahamiyati haqida o’quvchilarda tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilar suv havzalari ahamiyatini O’zbekistonning eng muhim tabiiy boyliklari sifatida anglashi, cheklangan suv zaxiralarini saqlashdagi rolini tushunishi va yurtining go’zalligidan bahra olib yashash tuyg’usini shakllanishiga zamin yaratish.
Qo‘llaniladigan materiallar: O’zbekistonning fizik-geografik xaritasi, 2 va 3-inforgrafika, 4 ta A1 formatidagi oq qog’oz yoki flipchart, rangli markerlar, qog’ozli skotch.
Kalit tushunchalar: tabiiy, sun'iy suv havzalari, suv to’playdigan suv havzalari, hovuz, kanal, ko’l, dengiz, daryo, daryo qismlari.
Dengiz – quruqlik bilan o’ralgan okean qismi. Dengiz suvi sho’r va ichishga yaroqsiz.
Ko’l – qirg’oqlar ichida qolgan katta tabiiy suv havzasi.
Daryo – to’xtovsiz oqadigan kattaroq suv oqimi.
Metodik tavsiyalar: Mazkur mashg’ulotni “Ilmiy galereya” va “Tadqiqot” ish shakli asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Barcha ishtirokchilar to’rtta guruhga bo’linadi. Guruhlarga ma’lum vazifa beriladi. Guruh muayyan tadqiqotni bajaradi va uning natijalarini flipchartga belgilab boradi. Ish yakunlangach, har bir guruh o’z qog’ozini osadi (flip). Barcha ishtirokchilar kelib, guruh tadqiqotlari natijalari bilan tanisha oladi. Agar xato va qo’shimchalar bo’lsa, ularni keyin sinf bilan muhokama qilish uchun belgilab borish lozim.
A. Muqaddima:O’quvchilarga savol bering: qanday va qayerda katta hajmda suvni zaxiraga olib qo’ysa bo’ladi? Aholini suv bilan chuchuk suv zaxiralarini yig’adigan sun’iy suv havzalarini barpo qilib ta’minlasa bo’ladi. Suv omborlarini qurish boshqa qator muhim xalq xo’jaligi masalalarini (energetik, transport, sanoat, qishloq xo’jaligi, gigienik, estetik) hal etishga ham imkon beradi.
B. Yangi materialni o‘rganish: Har bir guruh o’z vazifasini oladi. Ularni bajarish uchun “Suvni hurmat qiling” o’quv qo’llanmasi, 1,2 va 3- infografikalar, internet yoki boshqa axborot manbalaridan ham foydalansa bo’ladi.
(dam olish, oziq-ovqat sanoati, chuchuk suv miqdorini oshirish, kemachilik, elektr energiya uchun)
Suv havzasi – bu suvni to’plash va saqlash joyi. Suv havzalarini ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va sun’iy. Tabiiy suv havzalari (tabiat yaratgan) – bu okean, dengiz, daryo, irmoq va h.k. Sun’iy suv havzalari (inson tomonidan yaratilgan) – bu suv omborlari, hovuz, kanal.
Okean – materik va orollarni o’rab turadigan yerning suv qoplami. Yer yuzida to’rtta okean bor: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz.
Daryo – quruqlik bilan o’ralgan okean qismi. Dengiz suvi sho’r va uni ichib bo’lmaydi.
Ko’l – qirg’oqlar ichida qolgan katta tabiiy suv havzasi.
Daryo – kattaroq o’lchamdagi boshidan etagigacha (quyilish joyi) to’xtovsiz oqadigan suv oqimi.
Suv ombori – daryo vodiysida xalq xo’jaligida foydalanish maqsadida suvni yig’ish va saqlash uchun suv yetkazish inshootlari orqali hosil bo’lgan sun’iy suv havzasi.
Hovuz – tabiiy yoki qazilgan chuqurlikda suv bilan to’ldirilgan joy, suv havzasi. Undan suv ta’minoti, sug’orish va baliqlarni yetishtirish uchun foydalaniladi.
Kanal – suv bilan to’ldirilgan sun’iy o’zan.
Daryoning boshlanish joyi boshi deyiladi. Daryo boshqa daryo, ko’l yoki dengizga quyiladigan joy etak deyiladi. Daryo oqadigan chuqurlik o’zan deyiladi. Daryoning chap va o’ng qirg’oqlari bo’ladi. Agar daryo oqimi tomon qarasa, unda o’ng tomonda o’ng qirg’oq, chap tomonda chap qirg’oq bo’ladi. Bosh, etak, o’zan, qirg’oqlar - daryo qismlari.
Daryoga odatda boshqa daryo va jilg’alar (irmoqlar) oqib tushadi.
D. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga “Ochiq mikrofon” o’yinini taklif qiling. Marker “mikrofon” vazifasini bajarishi mumkin, siz esa intervyu olayotgandek bo’lsangiz bo’ladi. O’yin shaklida bolalar o’tilgan mavzu bo’yicha savollarga javob berishi osonroq kechadi:
E. Xulosa.
Daryo va suv havzalarini ifloslanishdan asrash juda muhim. Shuning uchun har bir daryo va suv havzasi suvni muhofaza qilish zonasiga ega bo’lib, unda xo’jalik faoliyatni yuritish taqiqlanadi. Suv-botqoq yerlarda – vetlandlarda – suvda suzuvchi qushlar yashaydi. Vetlandlar bu qushlarni himoya qilish uchun juda muhim. O’zbekistonning ko’p ko’llari sun‟iy yaratilgan. Ular qishloq xo’jaligi oqova suvlaridan hosil bo’lgan. Daryolarda suv omborlarini suv zaxiralarini yaratish uchun qurishadi. Sel omborlarini sel mavsumida daryo oqimini boshqarish va vayrongarchiliklar oldini olish uchun barpo etishadi.
F. Uyga vazifa.O’quvchilarga uy sharoitida yoki maktab hududida sun‟iy suv havzasi yoki hovuzchani yaratishni taklif qiling. Hovli bo’lganida hamda ota-ona yoki maktab ma‟muriyatdan ruxsat olgan holda bu ishga kirishish maqsadga muvofiq. Katta bo’lmagan chuqurlik qazing. Uni to’ldirib suv quying. Ertasi kuni suv nima bo’ladi? Javob topishga harakat qiling. Agar sizga kichik suv havzasi g’oyasi yoqqan bo’lsa, uning tubini mayda toshlarni terib mustahkamlash mumkin. Plastik konteyner, gullar uchun katta tuvak, eski tos, tog’oradan hovuzcha yasasa bo’ladi. Ularni yerdagi chuqurlikka joylashtiring, chetlarini shag’al bilan mustahkamlang va bezating. U yerga suv o’simliklarini tushiring suv liliyasi (lolagullilarga mansub dekorativ o’simlik), suv sunbuli, qamish.
Dars maqsadi: Insonlarning xo’jalik faoliyati uchun haddan ziyod sarflanayotgan chuchuk suvga o’quvchilar e’tiborini qarating. Bunday oqilona foydalanmaslik suv zaxiralari taqchiligini oshiradi.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar e’tiborini suv zaxiralariga bo’lgan munosabatni o’zgartirish kerakligiga qaratish, ularni suvni tejash va taqsimlashga o’rgatish, suv zaxiralarini ifloslantirmaslik. Qo‘llaniladigan materiallar: 2 va 3-infografikalar.
Kalit tushunchalar: O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonuni, O’zbekistonning yagona davlat suv fondi; tomchilatib sug’orish, gidrogel, virtual suv, qaytar suvlar, ko’p suv talab qiladigan o’simliklar.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: infografikalar, www.ekomaktab.uz <http://www.ekomaktab.uz> saytidan olingan materiallardan foydalaning va ma’lumotlaringizni boyiting.
B. Yangi materialni o‘rganish: 3-infografika yordamida suv nimaga sarflanishini daftarga yozish vazifasini o’quvchilarga bering. Eng katta iste’molchi kim? Ko’rib turganimizdek, eng ko’p suv tuproqni sug’orish va tuzni yuvib chiqarish uchun qishloq xo’jaligida sarflanadi. Ikkinchi o’rinda kommunal-maishiy xo’jalik. Bu uyimizga, ijtimoiy obyektlarga keladigan suv. Aytib o’tish joizki, suv toza bo’lib keladi, kanalizatsiyaga esa biz ifloslangan suvni oqizamiz. Bu suvni tozalash uchun juda murakkab jarayon. Lekin u avvalgidek toza bo’lmaydi. Imkon qadar ko’proq suvni tabiatga qaytarish va oqova suvlarni yaxshiroq tozalash zarur.
Kundalik hayotimizda suvni qanday sarflashimizga oid misollarni ko’rib chiqing. Kundalik hayotda suvni tejash uchun o’quvchilar nimani taklif qila oladi?
Suvni tejash usullari va tomchilatib sug’orish, gidrogel, mulchalash, yomg’irlatish, daraxt ekish kabi innovatsion misollar haqida batafsil gapirib bering. Suvni hisoblash va oqova suvlarni sug’orish uchun suvni qayta ishlatish muhim. Suvni tejashda juda muhim qadam – bu ko’p suv talab etadigan ekinlarni (masalan, g’o’za va guruch) yetishtirishdan voz kechish. Sug’orishda va kanallar bo’ylab suvni yetkazishda tuproqqa
singadigan yoki quvurlar yoriqlaridan zoya oqib ketadigan suv isrofgarchiliklarini qisqartirish muhim.
D. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Vazifa: Sinfni ikkiga bo’ling va 3-infografika asosida vazifani bajarishni taklif eting: o’quvchlar uyimizga yetib kelgunicha suv qaysi bosqichlardan o’tishini, kundalik hayotda foydalanilgan suv qanday tozalanishini gapirib bersin.
E. Xulosa. Suvni nimaga sarflayotganimizni va uni qanday tejash kerakligini tushunish muhim. Har bir inson ezgu amalni o’zidan boshlashi va suvni tejash yo’lida salmoqli hissa qo’shishi kerak.
F. Uyga vazifa: O’quvchilarga suv ta’minotining qaysi manbalaridan uy suv bilan ta’minlanishini ota-onalaridan so’rashni taklif qiling.
Turli manbalarda respublikamizda suvni muhofaza qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani bo’yicha juda ko’p ma’lumotlar bor. O’quvchilarga ularni yig’ib, tanishib, keyingi mashg’ulotda gapirib berishni taklif qiling.
Dars maqsadi: Yer kurrasidagi hayot uchun suvning ahamiyati haqida bolalar bilimini yangilash va tizimlashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: ekologik madaniyat va ongni, tabiat zaxiralari va suvga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, haddan ziyod foydalanishga yo’l qo’ymaslik.
Qo‘llaniladigan materiallar: “Suvning buyuk siri” ilmiy videofilm, videoproeyktor.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima: Suv – bizning boyligimiz, uning o’rnini hech nima bosolmaydi. Zero inson organizmining yarmidan katta qismi suvdan iborat. Inson suvsiz yashay olmaydi. Suv – bu ozuqa, yuvinish va cho’milish, idish-tovoqlarni yuvish, uy va ko’chani yig’ishtirish, o’simliklarga suv quyish, hayvonlarni parvarishlash. Bundan tashqari, suv energiya ishlab chiqaradi, kema va qayiqlar uchun yo’l hisoblanadi, ishlab chiqarishda sovutish va yuvib tozalashda qo’llanadi.
B. Yangi materialni o‘rganish: Aslida bu mavzu yangi emas. U avval o’rganilgan barcha mavzular bo’yicha yakun yasash va bilimlarni umumlashtirish bo’lishi kerak.
D. O‘tilgan materialni mustahkamlash: O’quvchilarga quyidagi vazifani bajarishni taklif qiling.
Harakatlar: | Oqibati: |
---|---|
Yer shari aholisi oshib bormoqda | Suvga bo'lgan talab ham oshib boraveradi |
Siz suvdan tejamkor foydalanyapsiz | | |
Siz polietilen paketlarni ariq yoki boshqa suv manbalaridan chiqardingiz | | |
Siz kranni tuzatdingiz, endi u yaxshi yopilyapti va undan suv oqmayapti | | |
Tish tozalayotganda suvni o'chirdingiz | | |
Kanalizatsiyaga suv tushishini kamaytirdingiz | | |
Axlatni daryoga tashlab yubordingiz | | |
Daryo qurib qoldi | | |
Dengiz qurib qoldi | | |
E. Xulosa. Yer yuzida manbalar mavjud bo’lmagan joylar bor. U yerda suvning narxi oltinga teng, deb bejiz aytishmaydi. O’zbekistonda va Markaziy Osiyodagi unga qo’shni bo’lgan boshqa mamlakatlarda bunday vaziyatga yo’l qo’ymaslik muhim. Buning uchun har birimiz uyimizga kelayotgan, bizni o’rab turgan suvga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi kerak. Biz bu bebaho suvning har bir tomchisini qadrlashni o’rganishimiz lozim.
F. Uyga vazifa. Bolalarga suv, suv manbalari, muammoli zona yoki buning aksi, suv go’zallik va hayot baxshida etgan manzarali tabiat joylarining foto va videosini tayyorlashni tavsiya qiling. Bolalar o’z xohishlariga ko’ra suvni chizishlari mumkin. Ijodiy ish oxirida suratlar, rasmlar va videofilmlar namoyishini uyushtiring, ularni muhokama qiling.
Dars maqsadi: Suvdan oqilona foydalanmaslikka hamda kundalik hayotda suvni tejab ishlatish usullariga misollar keltiring.
Tarbiyaviy maqsad: insonlarni suv zaxiralaridan oqilona foydalanishga chorlash.
Qo‘llaniladigan materiallar: suv va uni tejashga doir video, videoproyektor, 3-infografika, A1 formatidagi qog’oz, rangli markerlar yoki qalamlar.
Kalit tushunchalar: ekologik turmush tarzi, tabiat zaxiralariga mas‟uliyatli munosabat, haddan ortiq suv sarflanishi.
Metodik tavsiyalar:
A. Muqaddima:
B. Yangi materialni o‘rganish: Hayot uslubini o’zgarishi biz suvni 25 yil avvalgidan ko’ra 55 foizga ko’proq sarflayotganimizni anglatadi. Shundan atigi 5 foizi ichishga sarflanadi. O’rta hisobda biz bir kunda bir kishiga 150-160 litr suv sarflaymiz.
Suv – kundalik hayotimizning doimiy komponenti bo’lib, uning o’rnini hech nima bosolmaydi. Hech qaysi jarayonni suvsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Kundalik hayotda suvdan foydalanishni bir necha kategoriyaga ajratsa bo’ladi:
Yegulik va ichimliklar: ichish, taom pishirish, konservalar va ko’pgina boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun foydalaniladigan suv uning keng qo’llanilish doirasining faqatgina kichik qismi. Taom tayyorlash uchun sifatsiz suvni ishlatish katta xavf tug’diradi. Iste‟mol qilinayotgan suv buyrak orqali organizmdagi zararli modda va tuzlarni chiqaradi va qonni tozalaydi.
Gigiyena: cho’milish, kir yuvish, idish-tovoqlar, meva va sabzavotlarni yuvishda foydalaniladigan suv gigiyenik maqsadlarda sarflanadi. Sanitariya: santexnik jihozlar suvni kanalizatsiya tizimida chiqindilarni tashuvchi vosita sifatida qo’llanilishini talab qiladi.
Uy hayvonlarining parvarishi: uy hayvonlari yoki mollarni tozalikda saqlash, ularni sifatli suv bilan sug’orish uchun juda ko’p suv sarflanadi. Bog’ va gazonlarni sug’orish: sug’orish uchun suvni sarflash yoz mavsumida juda ko’p hajmda suv talab etadi.
Konditsionerlarni ishlatishda foydalaniladigan suv yoz kunlarida kerakli haroratni ta‟minlashga imkon beradi.
Yong’in xavfsizligi: o’t o’chirishda ham suv juda kerak.
D. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Egallangan bilimlarni mustahkamlashda “Bilish xartasi” ko’rinishidagi metodik yondashuv taklif qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun o’quvchilar guruhlarga bo’linishi mumkin. “Suvni hurmat qiling” kursi doirasida barcha o’tilgan mavzularni va olingan bilimlarni eslab, bolalar ularni yo’nalish sifatida qog’ozda qayd etib boradi. Mavzularni o’rganish vaqtida qiyinchilik tug’dirgan yoki yangi kashf etilgan mavzularni aks etsa bo’ladi. Tasvirlarni belgilar, qisqa yozuvlar yoki rasmlar ko’rinishida tushursa bo’ladi. Bu vazifaga 30 daqiqa ajratib, keyin jamoa bo’lib bajarilgan ish natijalarini taqdim qilish mumkin.
E. Xulosa. Suvni tejash – nafaqat ekologiya, balki butun insoniyatning muammosi. Har birimizning amallarimiz barcha tabiat zaxiralarini tejashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bu o’zimizning moliyaviy farovonligimizni ta‟minlaydi, atrof-muhitni muhofaza qilishga ijobiy ta‟sir ko’rsatadi.
Uyga vazifa. “O’z ertagingni o’ylab top” mashqini o’quvchilarga taklif qiling. Ertak/hikoya mavzusi “Suv” va u bilan bog’liq bo’lgan barcha hodisalar. O’quvchilar hikoya to’qib, unda faqat voqealar rivojigagina e‟tibor qaratmay, hissiyotlar, kechinmalarga ham urg’u berishlari maqsadga muvofiq. Ertakdagi vaziyatlar har xil bo’lishi mumkin: fantastikadan tortib, to real voqealargacha. Hikoyalarni sinfda muallif xohishiga ko’ra sharhsiz va muhokamasiz o’qib berish mumkin.