website templates

Quruqlik va okean suvlari

Fozogirlar Yerga kosmik kema illyuminatoridan qaraganida uni "ko'k planeta" deb atashadi.
Nima deb o'ylaysiz, nima uchun?
To'ppa-to'g'ri! Chunki Yerning kattaroq qismini suv qoplagan.

Mobirise


Suv sayyoramizning suv qobig'ini - gidrosferani hosil qiladi. Bu so'z ikkita yunoncha so'zdan iborat: "gidr" - suv va "sfera" - shar. Gidrosfera barcha holatdagi suvni o'z ichiga oladi: suyuq, qattiq (muz) va gazsimon (bug').

Mobirise


Suv Yer sharining to'rtdan uch qismini egallaydi. Bu nimani anglatishini tasavvu r qilish uchun aylana chizamiz (qog'ozga stakan qo'yib, tubini aylantirib yurgizib chiqamiz). Chizg'ich olib, aylanani to'rtta teng qismga bo'lamiz.

Mana shunday: Uchta qismni ko'k rangga bo'yaymiz, bitta qolganini esa -jigarrangga. Ko'k rangga bo'yalgan uchta qism suv bo'lib, bitta qism quruqlikdir.Aytish mumkinki, suv Yer yuzida quruqlikka qaraganda 3 marta kattaroq hududni egallaydi.

Avval men sizga dunyo okeani haqida gapirib beraman. U sayyoramizning 96 foiz suvidan tashkil topgan.

Dunyo okeani - bu qit'alar bilan ajratilgan yagona suv sathi. Qit'alar uni alohida olingan qismlarga ajratadi: Tinch, Shimoliy Muz, Hind va Atlantika okeanlari. Tinch okeani - maydoniga ko'ra eng katta. Uni shunday birinchi bor suvni kechib o'tayotgan dengiz sayyohlari atashgan. Aslida esa u barcha okean­ lardan eng jo'shqini va ulkanidir.

Shimoliy Muz okeani - eng sovug'i, chunki u Yerning shimoliy qutbida joylash­ gan. Yilning kattaroq davri mobaynida uning suvi muzliklar holatida bo'ladi.

Hind okeani eng iliq. Atlantika okeani dunyo okeanlaridan eng sho'ri. Uning tarkibida tuzlar o'rta hisobda 35,4 foizni tashkil etadi, bu boshqa okeanlardan ko'p. Bu okean  suvining bir litrida 35 gramm tuz mavjud degani. Suvga shuncha tuz qayerdan tushganini aniq hech kim bilmaydi. Daryolar oqib tushadigan qirg'oqlarda suv sho'rligi biroz kamayadi. 

6 tajriba

Toza suv solingan 1 litrli bankani oling va 35 gramm tuzni o'lchang (bu maksimal to'ldirilgan bir osh qoshiq). Bankadagi tuzni oxirigacha erigunicha aralashtiring. Yuqori konsentratsiyalangan tuz eritmasi hosil bo'ladi. Ta'mini ko'ring.

Nima deb o'ylaysiz, shunday suvni ichib, sanoat yoki qishloq xo'jaligida ishlatib bo'ladimi? Javobingizni izohlang.


Bu qiziq! Nima uchu n sho'r suv faqatgina chanqoqni kuchaytiradi?
Gap shundaki, biz iste'mol qilgan istalgan suyuqlik dastlab buyrak orqali qayta ishlanadi. Bu xoh gazli ichimlik, qahva, choy, qatiq, sut yoki sho'rva bo'lsin -bulaming bari buyrakdan o'tadi. Hamma keraksiz komponentlar orga­ nizmimizdan peshob bilan chiqib ketadi. Tushunishimiz bo'yicha buning uchun ham suyuqlik zarur. Ma'lumki, okean suvining bir litrida taxminan 35 gramm tuz mavjud. Bu miqdordagi tuzni organizmdan chiqarish uchun taxminan 1,5 litr suv kerak. Shunday qilib, sho'r suv chanqoqni bosolmasligidan tashqari organizmni juda tez suvsizlanishiga olib keladi. Shuning uchun kemasi halo­ katga uchragan film qahramonlari hech qachon sho'r suvni ichmaydi. Dengiz sayyohlari bu muammoni yaxshi bilishadi, shuning uchun doim o'zligi bilan ko'proq suv zaxirasini olishadi. Zamonaviy kemalarda suvni tuzdan tozalay­ digan maxsus suv sepish texnologiyalari bor.

Quruqlikka kirgan okean qismlari dengiz deyiladi. Yer sharida dengizlar ko'p, 90 ga yaqin. Ularning eng yiriklari - Filippin, Araviya, Korall. (Ularni geografik xaritada topishga harakat qiling). Daryolardagi suv ham sho'r.

Okean va daryolar Yer sharidagi eng katta suv omborlari hamda chuchuk suvni eng katta yetkazib beruvchilari hisoblanadi. Biroq, bu qanday yuz berishini siz keyinroq bilib olasiz.

Quruqlik suvlari - bu daryo, ko'l, botqoq, muzliklar va yer osti suvlari. Quruqlik suvining katta qismi chuchuk, ammo ko'l va yer osti suvlari orasida sho'r suvlar ham bor.

Muzliklarda katta miqdorda chuchuk suv mavjud. Muzliklar qordan paydo bo'ladi. Ular erigan qorga qaraganda ko'proq qor yog'gan joylarda hosil bo'ladi: Antarktida qit'asi, Grenlandiya oroli va tog' cho'qqilarida. Bu yerda yil davomida muz "qalpoqlari" charaqlab turadi.

Quruqlik bo'ylab ko'p daryo oqadi. Daryolar sokin va jo'shqin, chuqur va sayoz bo'ladi. Hammasi suv oqib kelayotgan relyefga bog'liq. Agar qiyalik katta bo'lsa, unda oqim ham kuchli bo'ladi. Shuningdek bu daryo olib kelayotgan suv hajmiga ham albatta bog'liq. Kichikroq daryolar odatda yirikroqlariga tushadi, ularni irmoqlar deb atashadi. Masalan, Chirchiq daryosi Sirdaryoning ko'p sonli irmoqlaridan hisoblanadi. Amudaryoning ham o'z irmoqlari bor, masalan, Surxondaryo va hokazo.

Ko'p asrlar avval odamlar daryo bo'ylab o'troqlashib borgan, chunki daryolar hayotbaxsh oqimni olib kelgan. Dehqonchilik bilan shug'ullanish va uy hayvonlarini sug'orish uchun hamma sharoit bo'lgan. Bu esa aholini kiyintirish va to'ydirish imkoni

bo'lgan degani. Shu tarzda shaharlar paydo bo'lib kattalashib borgan. Ularda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan. Daryolar bo'ylab yuklarni tashish va yangi yerlarni o'zlashtirish amalga oshirilgan. Insonlar doim suvni e'zozlagan, uni asrab-avaylashgan.

Suv yetmay qolishi mumkinligiga ishonish qiyin. Yer sharining 70 foizdan ko'prog'i suv bilan qoplangan. 95 foiz suv - bu daryo va okeanlardagi sho'r suv; 4 foiz suv Arktika va Antarktida muzliklari, yer osti suvlari, atmosfera va tuproqda joylashgan; va atigi 1foiz suv - bu daryo va ko'llardagi chuchuk suv.


Bu qiziq!   Dunyodagi eng uzun daryo qaysiligini bilasizmi? Bu Nildir. U Afrikada bo'lib, O'rta yer dengiziga oqib tushadi. Uning uzunligi 6 671 kilometr. Dunyodagi eng sersuv  daryo - Amazonka. U Janubiy Amerika qit'asidan oqib o'tadi. Amazonkaning 15 000 irmoqlari, katta va kichik daryolari bor. 

O'zbekiston hududi bo'ylab ikki yirik daryo oqib o'tadi: sersuv Amudaryo va Sirdaryo.

Amudaryo - Markaziy Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pyanj va Vaxsh daryolarining qo'shilishidan hosil bo'lib, Tojikiston hududida boshlanadi. Tojikiston, Afg'oniston, O'zbekiston va Turkmaniston hududidan 1400 kilometr  oqib o'tib, u Orol dengiziga tushadi.  

Uning qirg'oqlarida katta shaharlar paydo va  g'oyib bo'lib boravergan, chunki pastliklarda u ba'zan oqimini o'zgartirgan yoki yashash joylarini suv ostida qoldirgan. Hozirgi kunda daryo yaqinida Termiz, Turkmanobod, Urganch va Nukus shaharlari joylashgan. O'tmishda Amudaryodan kemachilikda foydalanishgan. Lekin bugun katta bo'lmagan kemalarni kamdan-kam ko'rsa bo'ladi. Pastliklarda baliqchilik bilan shug'ullanishadi, yuqoriroqlarda esa, Tojikiston hududida, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun to'g'onlar qurilgan. Biroq Amudaryodan asosan maydonlarni sug'orishda foydalanishadi,  bunda juda ko'p hajmda suv olingani bois u qurib borayotgan Orol dengizigacha deyarli yetib bormayapti. Sirdaryo Markaziy Osiyoning eng uzun daryosi. Uning uzunligi 2200 kilometrdan ortiq. U Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va Qozog'iston hududidan oqib o'tadi. Sirdaryo Namangandan uzoq bo'lmagan hududda, Farg'ona vodiysida, qirg'iz  daryolari Norin va Qoradaryo qo'shilgan joyda boshlanadi.  Qo'qonga yaqin hududdan oqib o'tib, u Tojikistonning katta bo'lmagan qismini kesib o'tadi. Bu yerda uning qirg'oqlarida Ho'jand shahri j oylashgan. So'ng u yana O'zbekistonga qaytib, Toshkentning janu brog'idan oqib o'tadi. 

Biroq daryoning katta qismi Qozog'iston cho'llaridan o'tadi. Bu mamlakatda uning oqimida Qizil O'rda va Baykonur shaharlari barpo etilgan.

Markaziy Osiyoning shimoliy qismi bo'yicha ikki ming kilometrdan keyin Sirdaryo Kichik Orolga tushadi. Bu Qozog'iston hududida joylashgan Orol dengizining katta bo'lmagan qismi.

Sirdaryo juda egri-bugri, unda qayir va irmoqlar ko'p. Ular qamish va to'­ qayzorlarga boy. Daryoning bu oqimlari qishloq xo'jaligida foydalaniladi. Bu yerda guruch, poliz ekinlarini yetishtirishadi, bog'dorchilik rivojlanmoqda. Sirdaryoda bir necha suv omborlari va GES yaratilgan. Ulardan eng kattalari Qayroqqum va Chordaryo suv omborlari hisoblanadi.

Suv ombori - bu suvni jamlash va saqlash uchun mo'ljallangan sun'iy suv havzasi bo'lib, u daryoni to'g'on bilan to'sish uchun o'rnatilgan. Suv omborlarining quyidagi turlari bo'ladi:

  • irrigatsion - sug'oriladigan hududlarga suv yetkazib berishga mo'ljallangan suv ombori;
  • energetik - gidroenergiyani ishlab chiqarishga mo'ljallangan suv ombori;
  • kompleks - iqtisodiyotning bir necha sohasini suvga bo'lgan ehtiyojini qanoat­ lantirishga mo'ljallangan suv ombori.  

Ko'p hollarda odamlar sun'iy daryolarni barpo etadi. Ularga suv tabiiy daryolardan tushuriladi. Bu sun'iy daryolar kanallar deb nomlanadi. Cho'lga suv yetkazgan Amu-Buxoro kanalini misol qilib keltirsa bo'ladi. Amu-Buxoroga suv Amudaryodan keladi. Toshkent shahrida Bo'zsuv kanali bor.

Unga suv Sirdaryo irmog'i bo'lgan Chirchiq daryosidan qo'yiladi.

Ko'llar bu nima? Ularning daryolardan nima farqi bor?

Yer sathidagi cho'nqirliklar va turli chuqurliklar asta-sekin suv bilan to'ladi. Shu tarzda ko'llar hosil bo'ladi. Ko'llar juda katta (masalan, Kaspiy dengizi) yoki juda kichik bo'ladi. Undagi suv chuchuk (Boyqol ko'li) yoki sho'r (lssiqko'l va Orol ko'llari) bo'lishi mumkin. Ko'llar bar xii joylarda paydo bo'ladi, masalan, o'chgan vulqon krateri yoki Yer qobig'ining chuqurligida yuzaga keladi. Aytish joizki, ular buldozerlarga o'xshab katta chuqurliklarni "qazish" qobiliyatiga ega bo'lgan muzliklarning harakatidan keyin ham hosil bo'lishi mumkin. Ba'zida namlik ko'p bo'lgan, suv turib qolgan yoki yer osti buloqlari oqqan joylarda botqoqliklar paydo bo'ladi. Botqoqliklarda namlikni xush ko'radigan (qamish, qiyoq o'ti) o'ziga xos o'simliklar o'sadi.

Mavzu bo'yicha xulosalar: Yer sharida quruqlikka qaraganda suv ko'proq. Shuning uchun sayyoramizni fazogirlar "moviyrang" deb atashadi. Quruqlik suvlari okean va dengizlarda uchraydi. Okean va dengizlardagi suv juda sho'r.

Dengizlar okeanlarning bir qismi sanaladi. Agar dengiz okeandan ajralgan bo'lsa, unda bu ko'ldir. Ko'llardagi suv sho'r va chuchuk bo'ladi. Daryolarda doim chuchuk suv oqadi. Agar daryoda to'g'on qursa, suv ombori hosil bo'ladi.

Daryodagi suv turib qolgan, kirib ketgan yoki o'simliklar bilan qoplangan hamda suv tagidan kelayotgan buloqlar ko'p bo'lgan joylarda botqoqliklar paydo bo'lishi mumkin. O'zbekiston hududi bo'ylab suvni ikkita katta daryo olib keladi:

Amudaryo va Sirdaryo. Bu daryolar Orol dengiziga oqib tushadi. Insonlar hayoti chuchuk va toza, ichish mumkin bo'lgan suv. bo'lishiga juda b.og'liq.

Mustaqil nazorat uchun savollar:

  • Nima uchun insonga sho'r suvni ichmagan ma' qui?
  • Sirdaryo o'zani qayerda boshlanadi?
  • Amudaryo o'zani qayerda boshlanadi?
  • Nima uchun qadimgi odamlar shaharlarni daryolar bo'yida qurishgan?
  • Eng katta okeanda yashovchi jonivorning nomini ayting.
  • Qaysi okean eng sovuq va nima uchun?
  • Suv ombori nima? Siz yashaydigan joyga eng yaqin bo'lgan suv omborini ayting.
  • Yer sharida nima ko'p: quruqlik sathimi yoki suv?
  • Insonlar nima uchun suv omborini barpo qiladi?
  • Muzliklar qayerda hosil bo'ladi?

Guruhlarda muhokama qilish uchun savollar:
Eruditlar tanlovi.
Ushbu savollarni do'stlaringiz yoki ota-onangizga berib ko'ring. Kim birinchi javob bersa, o'sha g'olib deb topiladi. U ahil jamoangizdagi eng bosh erudit bo'ladi.

  • Yer kurramizda nechta okean bor? (4)
  • Qaysi okean eng katta va qaysi biri eng kichikdir? (Tinch okeani, Shimoliy Muz okeani)
  • Oq, Qizil, Qora, Sariq - bu nima? (Dengizlar)
  • Sayyoramizdagi eng sho'r dengiz qaysi? (O'lik)
  • Yirikroq daryoga oqib tushadigan daryo qanday nomlanadi? (Irmoq)
  • Yer sharida eng uzun sanalgan daryo qaysi? (Nil)
  • Mamlakatimizning 80 foizi va sayyoramizning beshdan bir qismini tashkil etgan chuchuk suv qaysi ko'lda joylashgan? (Boyqol)
  • Qaysi daryoning o'zani bo'ylab dunyoning beshdan bir qismini tashkil etgan daryo suvi oqib o'tadi? (Amazonka)
  • Yer sathining necha foizi suv bilan qoplangan? (70 foizi)
  • Yerdagi suv umumiy og'irligining necha foizini chuchuk suv tashkil etadi? (3 foizi)

Uyga vazifa.
Birinchi tajribani o'tkazing.

  • Dengiz suviga o'xshagan tuzli suv eritmasini tayyorlang (bir litr suvga bitta to'ldirib solingan osh qoshiq tuz).
  • Boshqa idishga oddiy, chuchuk suv to'ldiring.
  • Dengiz va chuchuk suv solingan idishlar ichiga bir xii o'simlik soling (bu ikkita bir xii gul yoki ikkita shox bo'lishi mumkin).
  • Bu o'simliklarda qanday o'zgarishlar yuz berishini kuzatib boring. Qaysi idishda o'simlik ko'proq saqlanib, so'nmay qolganini aniqlang.
  • Bu tajribadan qanday xulosalar qilsa bo'ladi?

Ikkinchi tajribani o'tkazing.  

Katta bo'lmagan idishga tuproqda soling va uni sho'r suv bilan to'ldiring.  Hamma suv bug'lanib ketmagunicha, bu idish bir necha kun tursin. Kuzating, tuproqda qanaqa o'zgarishlar yuz berdi? Sho'r suv bug'lanib ket­ ganidan keyin u o'zgardimi yoki yo'qmi? O'ylang va quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling. 

  • Agar dengiz suvi shunaqa sho'r bo'lsa, unda shuncha suv jonivorlari qanday qilib u yerda yashamoqda?
  • Orol dengizi quriganidan keyin nima bo'ldi? Avvalgi dengiz tubida nima qoldi?