free amp templates

Yer osti suvlari, qaytar suvlar va atmosfera suvi.

Yer osti suvlari. Yerning tagida ham suv bor desam, ajablansangiz kerak. U yerda to'liq daryolar shildirab oqadi va yer osti ko'llari bor. 

Mobirise

Yer ostidagi suv chuchuk, sho'r, sovuq va hatto issiq bo'ladi. Ko'p hollarda yer osti suvlari shifobaxsh hisoblanadi. Ular insonlarda turli kasalliklarni davolashga yordam berishi mumkin,
chunki eritilgan mineral tuz va boshqa moddalar bilan boyitilgan. Ularni mineral suvlar deb atashadi.
Yer osti suvlari ba'zida buloqlar bo'lib yerning ustiga chiqadi. 

Yer osti suvlari yomg'ir suvlari bilan to'ladi hamda quruqlik bo'ylab oqib kelayotgan daryo va ko'llarni to'ldiradi. 

Ba'zida yer tagidan issiq manbalar chiqadi, ularni geyzerlar deb atashadi. Ulardagi suv xuddi dosh qozondagidek qaynaydi, qulqullaydi, unda hattoki tuxum pishirsa bo'ladi: u shunaqa darajada issiq! 


Bu qiziq! Geyzerlarni paydo bo'lishi vulqon faoliyati bilan bog'liq. Ular otilgandan keyin sovutilmagan magma joylashgan yer sathiga juda yaqin joylarda hosil bo'ladi. Magma mavjud kanal va yoriqlar orqali ko'tariladigan katta miqdorda bug' va gaz chiqaradi. Bu gaz va bug'lar vulqon otilishida vujudga keladigan yer osti suvlari bilan to'ldirilgan g'orlarga yig'iladi, bu suvlarni isitadi, ularga qo'shilib ketadi. Keyinchalik bu suvning qizdirilgan quyi qatlami yuqoriga ko'tariladi va topilgan kanal va yoriqlar bo'ylab tashqariga otilib chiqadi. Geyzer yer osti g'orlarda suv tugaganida "so'nadi". Biroq sizot suvlari yana bu g'orlarni to'ldirganida hamda kerakli haroratgacha isiganida navbatdagi otilish yuz beradi. 

O'zbekiston hududida vulqonlar yo'q, shuning uchun geyzerlar bizda uchra­ maydi. Biroq yer osti suvlarining 97 ta koni bor. Yer osti suvlari zaxiralari res­ publika hududi bo'ylab bir maromda joylashmagan va aholining 30 foizdan oshig'i sifatli suv taqchiligidan aziyat chekadi va yetarli suv ta'minotiga ega emas hisoblanadi.

 Chuchuk yer osti suvlari zaxiralari asosan Toshkent (28,5 foiz), Samarqand (13,7 foiz), Surxondaryo (13,1 foiz), Namangan (12,8 foiz) va Andijon (12,3 foiz) viloyatlarida jamlangan. Buxoro va Namangan viloyatlari chuchuk yer osti suvlari bilan ta'minlanmagan (0,3 foiz), Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yer osti chuchuk suvlari zaxiralari butunlay tugagan. Sababi  nimada deb o'ylaysiz? 

Respublikada 119 ta shahar, 1064 ta shahar tipidagi qishloq va 11088 qishloq aholi punktlari bor. Topilgan yer osti suvlari zaxiralari hisobiga ulardan 69 ta shahar (58 foiz), 335 ta shahar tipidagi qishloqlar (31 foiz) va 2902 ta qishloq aholi punktlari (26 foiz) ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Qolgan aholi punktlari boshqa suv ta'minoti manbalari orqali ta'minlanadi (daryolar, buloqlar va h.k.).

Qaytar suvlar.

Inson hayotida suvni juda faol ishlatadi: maydonlarni sug'oradi, turli mahsulotlarni ishlab chiqarish, kiyim-kechak va idish-to­ voqlarni yuvishda, shaxsiy saqlashda va boshqa zarur ehtiyojlarda qo'llaydi. Shaxsiy ehtiyojlariga asosan daryo va kanallardan toza suvni oladi.

Keyin bu suv ma'lum tozalashdan o'tib tabiatga qaytadi. Bunday suvlar  qaytar suvlar deyiladi. Qaytar suvlar suv zaxiralarining qo'shimcha manbai sanaladi. Muammo shundaki, ular doim ham yaxshi tozalanmaydi va ko'p hollarda atrof-muhitni ifloslantirish manbai hisoblanadi. 

88 foiz umumiy qaytar suvlar maydonlardan oqib tushadi, 12 foiz - shahar va qishloq joylarda sanoat, kommunal-maishiy xo'jalikda foydalanishdan chiqqan oqova suvlar.

Sirdaryoga 68,5 foiz, Amudaryoga esa 34,9 foiz qaytar suvlar qaytadi.

Atmosferad a suv.

Suv Yer usti va ostida borligini endi bilib oldik. Yana qayerda suv uchraydi? To'g'ri, atmosferada. Biz uni muntazam momiq va qora bulut ko'rinishida kuza­ tamiz. Atmosf erada suv bug', mayda tomchilar yoki muz kristallchalari shaklida bo'ladi.

Suvli bug' doim havoda bo'ladi: axir suv doimo istalgan haroratda suv havzalari, daryo, tuproq sathidan va o'simliklar  poyasidan bug'lanadi. Keyin esa bulutlar o'rinishida yig'iladi. Bu tomchilarning konsentratsiyasi maksimal darajaga yetganida yomg'ir boshlanadi.  Qishda suv tomchilari muzlaydi va mayda muzchalarga aylanadi. Yerga qor yog'a boshlaydi. 

Shudring degan hodisa haqida ham to'xtalib  o'tmoqchimiz. Tunda o'simlik barglari va o'tlar sovushni boshlaydi, va havoda mavjud bo'lgan suvli bug' shudringni hosil qilib o'simliklarga "o'tiradi". 

7 tajriba 

Keling, uy sharoitlarida shudringni hosil qilib ko'ramiz.

Choynakka suvni to'ldiramiz va uni qaynash holatiga yetkazamiz. Choynak og'zidan bug' chiqa boshlaydi. Juda ehtiyot bo'ling, chunki bug'dan qattiq kuyib qolishingiz mumkin. Choynakdan chiqayotgan bug' oqimiga oldindan sovutilgan likopcha yoki stakanni tutsa, uning ustida suv tomchilari paydo bo'ladi. Bug' sovuqroq narsaga tekkach, gazsimon holatdan suyuq holatga aylandi.

Mavzu bo'yicha xulosalar:

Yer ostida ko'llar bor va haqiqiy daryolar oqadi. Suv u yerga tog' jinslari­ dan sizib o'tadi. Bu suvda erigan mineral va tuzlar ko'p, bunday suv ma'lum shifobaxsh xususiyatlarga ega. Yer osti suvlari sathga buloq va geyzerlar ko'rinishida oqib chiqadi.

O'zbekistonda yer osti suvlari bir maromda joylash magan. Kam yog'ingar­ chilik bo'lgan cho'l hududida yer osti suvlari kam uchraydi.

Qaytar suvlar suv zaxiralarining qo'shimcha manbai hisoblanadi. Qaytar suvlar - bu foydalanilgan suvlar.Atmosferada suv 3 holatda uchraydi: qattiq, suyuq va gazs1mon.

Mustaqil nazorat uchun savollar:

  • Havoda suv bug'i qayerdan paydo bo'ladi?
  • Nima uchun ho'l kiyim biroz vaqtdan keyin quriydi? Undagi suv qayerga g'oyib bo'ladi?
  • Qaytar suv nima va u eng ko'p qayerdan oqib tushadi?
  • Yer ostida suv qayerdan paydo bo'ladi?
  • Odamlar yer osti suvlaridan qanday foydalanishni o'rganganiga misol keltiring.

Guruhda muhokama qilish uchun savollar:

  • Qanday haroratda suv qattiq holatga o'tadi?
  • Nima uchun ayoz qishda oynalarda naqshlar paydo bo'ladi?
  • Geyzerlarni qayerda ko'rsa bo'ladi?

Do'stlar uchun tajriba o'tkazamiz.

Avval ularga sayyoramizda suv ko'pmi, u hammaga yetadimi, degan savol bilan murojaat qiling. Tajribani ko'rsatish uchun sizga globus yoki dunyoning fizik-geografik xaritasi kerak bo'ladi. Keling globusga (yoki xaritaga) qaraylik. Ko'k rangda suv tasvirlanishini eslaymiz. Hamma suvdan ham ehtiyojlarimiz uchun foydalansak bo'ladimi? Axir uning katta qismini okean va dengizlar tashkil etadi. Bu sho'r suv.Agar sayyoramizning ham ma suvi uch litrli bankaga sig'ishini tasavvur qilsak (ko'rsatiladi), unda chuchuk suv atigi yarim stakanni tashkil etadi. Bu stakandan uch tomchini doritomizg'ich bilan olib, siz daryo va ko'llarning suvi qanchaligini ko'ra olasiz.

Juda ta 'sirli, shundaymi? Yer yuzida sifatli va ichish mumkin bo'lgan suv qanchalik kam. Axir inson va boshqa tirik mavjudotlar suvsiz yashay olmaydi!

Qanday xulosa qilsa bo'ladi: suvning bar tomchisini asrash kerak. (Iltimos, suvni tajribani ko'rsatgandan keyin kanalizatsiyaga to'kmang, undan maqsadli foydalaning)