simple web maker

Tabiatda suvning aylanishi

Tabiatda suv almashinuvi nima? Bu tabiatda suv hech qayerga chiqib ketmay aylanib yuradi degani.

Mobirise

Suv almashinuvi Quyosh energiyasi orqali harakatga keltiriladi. Quyosh suvni okean va dengizlarda isitadi va u bug'lanadi.
Tabiatda ma'lum bir to'liq davrda aylanib, suv tarkibi doim o'zgarib boradi va bunda issiqlik energi­ yasini yutadi yoki chiqaradi. 

Tabiatda suv aylanishi to'rt bosqichdan o'tadi: 

@ug'lanish)  Yer sathidagi suv isiganida bug'ga aylanadi va havoga ko'tariladi. Bu suv bor hamma joyda sodir bo'ladi: okean, daryo yoki dengiz sathida, biz yoki hayvonlar terlaganida, o'simliklar ustiga shudring tushganida va h.k. Iliq suv tezroq bug'lanadi, buni suvni gaz plitasida qaynatib tekshirsa bo'ladi. Ammo biz bug'ni ko'rmasak ham, bug'lanish baribir sodir bo'ladi, ammo ancha sekinroq. 

(Kondensatsiya) Havodagi suv bug'lari ko'tarilib, atmosferaning yuqori qatlamlariga yetganida, sovuq harorat ularni issiqlik ajratish va yana suyuqlikka aylanishiga "majburlaydi". Suvning bu mayda tomchilari havodagi chang zarrachalarida osilib turadi va bulutni hosil qiladi. 

(Yog'ingarchiliklar) Bulutlardagi suv tomchilari ham to'qnashadi va birga kondensatsiya bo'ladi. Natijada ular kattalashadi va og'irlashadi. Agar tomchilarning tushish tezligi ko'tarilayotgan bulut tezligidan oshsa va ular bug'lanishga ulgurmasa, unda ular yerga yog'ingarchilik ko'rinishida yomg'ir, nam qor, qor va do'l bo'lib tushadi. 

(Suv ko'chishi) Yog'ingarchilik ko'rinishida suv yana Yer sathiga tushadi. Suvning qaysidir qismi pastga oqib, ko'l, dengiz yoki daryolarga tushadi. Boshqasi - Yerga singib, o'simliklar ichadigan yoki tuproqdan o'tib okeanga qo'shiladigan sizot suvga aylanadi. Shu yerdan suv aylanishi yana boshlanadi. 

8 tajriba

Tabiatda suv almashinuvini ko'rsatib beradigan tajriba o'tkazishni taklif qilaman. Bu tajribani maktabda ham, uy sharoitida ham o'tkazish bo'ladi. • "Tabiatda suv almashinuvi" tajribasini o'tkazish uchun kerak bo'ladi:

  • yopiladigan ilgaki bor paket;
  • rangli markerlar;
  • suv;
  • ko'k ozuqaviy bo'yoq moddasi (xohishga ko'ra);
  • skotch.

"Tabiatda suv almashinuvi" tajribasini bosqich ma-bosqich o'tkazish bo'yicha yo'riqnoma:

  • Suvni isiting, uning ustida bug' paydo bo'lsin, ammo qaynashgacha yetkazmang.
  • Sizda "okeandan olingan suv" hosil bo'lishi uchun suvga ko'k bo'yoq qo'shing.
  • Biroz isitilgan suvni paketga soling va uni berkiting. (Qaynoq suvni paketga qo'ymang, u shaklini buzib, yertilib ketishi mumkin, qaynoq suv esa ustingizga to'kilib ketadi. Ehtiyot bo'ling).
  • Paketni skotch bilan yopishtirib, oyna va eshikka vertikal holatda osing. Eng asosiysi - yaxshilab qotiring va mahkamlang.
  • Suv bug'lana boshlaganida paket tepasida kondensat yig'ilayotganini ko'ramiz (suv tomchilari).
  • Ma'lum bir vaqt o'tib, suv tomchilari paket ichida paydo bo'ladi. Ular juda katta va og'ir bo'lganida oxir-oqibatda pastga oqib tushadi. Bu suvni dengizga qaytib oqib tushishi bosqichi hisoblanadi.
  • Agar suv hali ham iliq bo'lsa yoki paket quyosh tarafda osilgan bo'lsa, suv aylanishi unda davom etaveradi.

Bu qiziq!
Tabiatda suv almashinuvining bir necha turini farqlashadi:
- Katta yoki dunyo almashinuvi - okeanlar sathida hosil bo'lgan suv bug'i; qit'alarga shamollar orqali ko'chadi va u yerga atmosfera yog'ingarchiliklari ko'rinishida tushadi  hamda okeanlarga oqim bo'lib qaytib keladi. Bu jarayonda suv sifati o'zgaradi: bug'lanishda sho'r dengiz suvi chuchuk suvga aylanadi, iflos suv esa - tozalanadi. 
- Kichik yoki okeanik almashinuv -okeanlar sathida hosil bo'lgan suv bug'i konden­ satsiya bo'ladi va okeanlarga yog'ingarchilik ko'rinishida yana oqib tushadi.
- Qit'a ichra almashinuv - quruqlikda bug'langan suv atmosfera yog'ingarchiliklari ko'rinishida yana quruqlikka tushadi. Oxir-oqibatda yog'ingarchiliklar harakat jarayonida yana Dunyo okeaniga tushadi.

Tabiatda ham ma narsa uyg'un va qonuniyatga ega.

Lekin uning qonuniyatlariga inson aralashmoqda va ularni buzmoqda.

Sanoat korxonalarining faoliyati, o'rmonlar kesilishi, tuproq qurishi yoki sug'orilishi, suv omborlari, to'g'onlarning paydo bo'lishi va hokazo. Afsuski, inson oxirgi yillarda tabiatda suv almashinuvini buzish uchun qo'lidan kelgan ham ma ishni qildi.

Katta hajmdagi suv zaxiralari inson tomonidan oqilona ishlatilmaganiga suv umumiy aylanish ja rayonidan ancha vaqtga uzilib qolmoqda. Lekin bu

holatdagi eng katta muam mo suv havzalarining ifloslanishi. Suvning o'zi ifloslanganidan tashqari u anchagina toza suvni yaroqsiz qiladi. Bu o'sha mavjud 1foiz chuchuk suvni keng ko'lamda ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu barcha tirik mavjudotlar uchun juda xavfli, inson uchun va butun Yer kurrasi uchun ...

Atfavzu ho'yicha xulosalar:

Tabiatda suv almashinuvi tufayli biz toza suvdan foydalana olamiz. Tabiatda suv almashinuvi yil fasllariga qaramay, doim sodir bo'ladi. Katta va kichik suv almashinuvini farqlashadi. Inson ushbu tabiat jarayonining davriyligini suvni olib va ifloslantirib buzmoqda.

Mustaqil nazorat savollari:

  • Tabiatda suv almashinuvi hodisasi qanday yuz berishini gapirib bering.
  • Qaytib daryo, dengiz va okeanlarga tushishdan avval suv qaysi bosqichlar­ dan o'tadi?
  • Suv almashinuvida Quyoshning o'rni qanday?

Guruhda muhokama qilish uchun savollar:

  • "Suv qo'riqchilari" stol o'yinini do'stlar bilan o'ynaylik. Buning uchun kubik va fishkalar kerak bo'ladi. Kubikni tashlaymiz va tushgan songa qarab, o'yin maydoni bo'ylab fishka joyini o'zgartiramiz. Marraga birinchi yetib olgan g'olib bo'ladi.
Mobirise

Uyga vazifa.

Plakatlar tanlovi.

"Tabiatda suv almashinuvi" nomli rang-barang plakatni chizing. Buni do'stlaringizga ham taklif qiling. Sinfda plakatlarni ko'ringan joyga osib, ular ko'rgazmasini tashkil etsa bo'ladi.

Kimda eng chiroyli va g'ayrioddiy plakat bo'lsa, o'sha g'olib deb topiladi. Rasm chizishni xohlamaganlar suv tomchisi haqida ertak yoki hikoya o'ylab topishi va uni o'zidan kichkinalarga gapirib berishi mumkin. Shuningdek, olgan foydali ma'lumotlarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz bo'ladi.