Ko'p daryolar juda qadimiy. Ular urushlar, tabiat ofatlari, jamoatchilik tuzumi va insonlarning ko'p avlodlari davrida oqib o'tgan. Daryo qirg'oqlari insonlar o'troqlashib borgan ilk joylar bo'la boshladi. Insonlar daryo "hayotiga" uning harakatini o'zgartirib, to'siqlar qurib, suv mavjudotlarini oziqlanishdan mahrum qilib va hayotidagi muvozanatini buzib, jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Biroq baribir daryolar suvlarini olib kelishni hamda hayot baxsh etishni davom etmoqda.
Daryolar, xuddi insonlar kabi, turli xarakterga ega. Ular bar doim ham sokin emas. Insonlar buni ko'p bora tan olgan. Daryo xarakteri yil fasllari bo'yicha o'zgarishi mumkin. Tinch va chuqur bo'lmagan daryodan u bemalol shuni aksiga aylana oladi. Daryolar toshib odamlarga ko'p ziyon yetkazadi. Ofatlardan ehtiyot bo'lish uchun inson o'zi yashagan joyga yaqin bo'lgan daryolarni o'rgana va kuzata boshladi. Buning uchun daryolar qanday to'yinishi, qayerdan boshlanishi va oqib kelishi haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak edi. Aniqlanishicha, daryo - bu o'zgaruvchan xarakterga ega bo'lgan murakkab g'aroyibot.
Daryoning suv oqimi shakllanishiga juda ko'p omillar ta'sir qiladi. Birgalikda
bu sirlarni ochishga urinamiz. Biroq, avvalo, siz yashagan hududda oqib o'tadi gan daryoni ta'riflab bering. Agar bu haqida yaxshi bilmasangiz, ota-ona, buvi va bobolaringiz yoki o'qituvchi, yoshi katta murabbiylardan so'rang. Bir so'z bilan aytganda, axborotni to'plang va katta bo'lmagan tadqiqotni o'tkazing. Olingan ma'lumotni esa jadvalga kiriting:
DARYO NOMLANISHI: | JAVOBLAR |
---|---|
Daryo qayerdan boshlanadi (tog', buloq, boshqa daryolar qo'shilishidan) | |
Daryoning (oqimning) xarakteri
qanday? (sokin, jo'shq in, shiddatli)
| |
Daryoning xarakteri yilning har xil faslida o'zgarib boradimi: bahor, yoz, kuz, qish. Agar o'zgarsa, bu qanday sodir bo 'ladi? | |
Yoningizdagi daryoda kim yashaydi? | |
Qanday hayvonlar daryoga yaqin joyda yashaydi? | |
Sizga yaqin bo 'lgan daryoning muammolari haqida bilasizmi? | |
Bu daryo qayerga oqib tushadi? |
Daryo qismlari.
Insonning muhim tana qismlari bor: bosh, qo'l, oyoq. Xuddi shu kabi dar yoning ham muhim qismlari bor. Keling, ularni aniqlashtirib olamiz...
Daryo qanday hosil bo'lishi haqida hech o'ylaganmisiz? Har bir daryoning boshlanadigan joyi (boshi) bor. Bu yer tagidan chiqqan katta bo'lmagan buloqcha bo'lishi mumkin. Tog' daryolari muzliklar yoki qorliklardan boshla nadi.
Ba'zida daryolar dengiz va botqoqliklardan paydo bo'ladi.
Daryo o'zani nima? O'zan - bu daryo o'ziga tanlagan yo'l. Daryolar qiyalikka oqadi,
ko'pincha ularning yo'li egri-bugri, chunki ular tog'lar va boshqa tepaliklardan aylanib o'tadi. Ba'zida daryolar o'z o'zanini o'zgartiradi va boshqa qulayroq yo'nalishni tanlaydi. O'zan joylashgan chuqurlik daryo vodiysi deb ataladi. Daryo ma'lum hududda yuzlab kilometrlab oqadi va okean, dengiz, ko'l yoki boshqa daryoga oqib tushadi. Etak - daryoning okean, dengiz, ko'l, boshqa daryoga oqib tushadigan joyi. Keling, O'zbekistonning geografik xaritasida Sirdaryo va Amudaryoning boshlanish va quyilish joyini topamiz.
Odamlar daryoning yuqori oqimida yashaydi deyishganda, bu ular daryoning boshlanishiga yaqin yashashligini anglatadi. Agar odamlar daryoning quyi oqimida yashaydi deyishsa, bu ular daryoning quyilish joyiga (etagi) yaqin yashashligini anglatadi.
Daryo havzasi - bu bor suv daryoga oqib tushadigan yer sathi. Eng katta suv havzasi Amazonka daryosining oldida u 7 million kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Qo'shni daryo havzalarini ajratadigan chegara suv ayirg'ich deb nomlanadi. Tog'larda suv ayirg'ich tizma cho'qqilaridan, tekisliklarda esa ularning eng yuqori qismidan o'tadi.
Daryo qanday "qoidala rga" ko'ra yashaydi ?
Daryoda yil mobaynida suv miqdorining o'zgarishi rejim deyiladi. Daryolar qanday "ishlaydi"? Shlang yoki gulchelakdan quyilgan suv ekin qatori yoki gultuvakdagi tuproqni yuvib yuborishi mumkinligini ham mamiz ko'rganmiz.
Daryo ham o'zanini chuqurlashtirib, asta-sekin tog' jinslarini yuvadi. Agar daryo qattiq sathdan oqsa, toshli notekisliklar - uyiq joylar vujudga kelishi mumkin. Bunday joylardan oqib tushgan suv sharshara deyiladi.
Tekislik va tog' daryolarida daryo vodiysi shakli turlicha. Tog'larda daryo vodiylari tor va chuqur, tekisliklarda yassi tubli keng. Tog' daryolarida vodiy chuqurligi bir necha marotabaga uning kengligidan katta, chunki uning yemirish kuchi chuqurlikka yo'nalgan. Bu vodiylarning yonbag'irlari keskin tushgan, ba'zida deyarli tik ketgan. Tub to'liqligicha yoki deyarli to'liqligicha o'zan bilan yopilgan. Tekislik daryolarida buning aksi -vodiy kengliklari ularning chuqurligidan katta. Bu daryolarning yemirish kuchi chuqurlikka emas, kenglikka qarab yo'naltirilgan. Bu esa daryolar qirg'oqlari yuvilishiga olib keladi.
Vodiylar: a - tekislik daryosining b - tog' daryosining.
Daryolar faqat joy relyefiga emas, balki iqlimiga ham bog' liq. U daryoning sersuvligi va yil davomida yo'nalishini belgilaydi.
Atmosfera yog'ingarchiligi ko'p namlikka sabab bo'layotgan Yer kurrasining hududlarida (bug'lanayotganga qaraganda) daryolar ko'p va ular sersuv. Dunyodagi eng sersuv daryo - Amazonka. Har yili u Atlantika okeaniga 6500 kilometr kub suvni olib keladi. Cho'llarda suv juda kam. Ulardan ba'zilari hatto qurib qoladi yoki qumlarda "yo'qolib ketadi". Dunyoning fizik xaritasida qurib borayotgan daryola rni toping. Ular qanday belgilanadi? (punktir chiziq bilan)
Xulosa: Daryo xarakteri joy relyefi va iqlimiga bog' liq. Daryodagi suv miqdori yilning turli fasllarida bar xii bo'ladi. U daryoning to'yinishiga bog'liq. Daryo to'yinishi - bu unga suv tushishi usuli.
Mavzu ho 'yicha xulosalar:
Daryoning qismlari bor: boshi, etagi, o'zani, qayiri, vodiysi, suv havzasi va suv ayirg'ichi. Daryoning xarakteri bor. U iqlim va suv oqib keladigan joy relyefiga bog'liq.
Daryo muzliklar va qorliklardan erib tushgan suv, yog'ingar chilik va suv osti suvlaridan to'yinadi. Daryoda sharshara va uyiq joylar paydo bo'ladi. Ular kema suzib o'tishi uchun to'siqlar hosil qiladi.
JAVOBLARI: |
---|
1. |
2. |
3. |
4. |
JAVOBLARI: |
---|
1. |
2. |
3. |
4. |
JAVOBLARI: |
---|
1. |
2. |
3. |
4. |
5. |
6. |
1-ijodiy ish.
Daryo o'zanining (tog' yoki vodiyniki) maketini tayyorlang.
Maketni plastilindan yoki pape-mashe usuli bilan tayyorlasa ho 'ladi.
Mana bir necha ijodiy g'oyalar: