Suv, shubhasiz, tirik organizmlar hayoti uchun eng muhim modda. Suv tufayli o'simliklar kerakli ozuqaviy moddalarni oladi, hayvonlar esa - chan qog'ini qondiradi.
Keling, o'simliklar suvdan qanday "foydalanishi" va unga qanday ta'sir qi lishini ko'rib chiqamiz. E'tibor bergan bo'lsangiz, turli o'simliklarga o'sishi va hayoti uchun suv bar xii hajmda kerak. Ba'zi o'simliklarning yarmi, ayrimlari esa deyarli 90 foizi suvdan iborat.
Suv o'tlari uchun suv ularning yashash muhiti. Dengiz suvida ham, daryo suvida ham, hattoki uydagi akvariumda ham suv o'tlari o'sishi mumkin. Ular suvning tabiiy tozalanishida juda muhim ahamiyatga ega. Suv o'tlari suvni ifloslantiradigan zarrachalarni "yeydi" desak mubolag'a bo'lmaydi.
Dengiz suvida yashaydigan suv o'tlari tarkibida foydali mikroelementlar va yod bor. Shuning uchun odamlar uni taomga qo'shishadi, hayvonlar yemiga aralashtirishadi va yerni o'g'itlashda qo'llashadi. Shuningdek, undan kimyo va oziq-ovqat sanoatida foydali modda va mahsulotlarni olishda foydalanishadi. Xuddi stakan ichidan cho'pcha orqali mazali ichimlikni ichganimiz singari, ildizlar suvni o'ziga singdirib, ma'lum bir bosimni yuzaga keltiradi.
To'liq suvga cho'kkan va usiz nobud bo'ladigan o'simliklar gidrofitlar deyiladi. Bu guruhga suv havzalari, daryolar va botqoqliklarga yaqin joylarda o'sadigan oq nilfiyalar, nilufar, ayiqtovon va ko'pgina boshqa o'simliklar kiradi.
Tajriba uchun sizga tuvakka ekilgan rivojlangan barglarga ega xona o'simligi kerak bo'ladi. Ertalab tindirilgan suvni tuvakdagi tuproqqa bir maromda qo'ying. Shonda tushlikdan keyin tajribani o'tkazish mumkin. Skotch va polietilen paketni tayyorlang. O'simlikni paket bilan yoping va paket chetini tuvak atrofiga skotch bilan shunday yopishtiringki, natijada "issiqxona" paydo bo'lsin. O'simlikni quyosh nurlari bilan yaxshi yoritilgan joyga qo'ying. Bir soatdan keyin paket devorlariga ichidan nazar soling. U yerda nimani ko'rdingiz? To'g'ri, ular xiralashdi va suv tomchilari bilan qoplandi.
Bu tuproqdan yetarlicha suv olib, o'simlik suvni og'izcha (o'simlik bargidagi ko'zga ko'rinmaydigan kichkina teshikcha) orqali bug'lantira boshlagani uchun sodir bo'ldi. Shu og'izchadan namlikni ajratilib chiqishi "transpiratsiya" deyiladi. Namlik ajratib, yashil o'simliklar havoni namlantiradi. Paketni oling va tuvakni o'simlik oldin turgan joyga qo'ying.
Gidrofitlarga zid ravishda kserofitlar - bu quruqlikka chidamli o'simliklar bo'lib, ular ko'p suv talab qilmaydi.
Namlik yetishmasligi sharoitlarida yashaydigan o'simliklar atrof-muhitga turlicha moslashadi va suvni ushlab qolishga harakat qiladi. Aksariyat kserofitlarda qalinlashgan barg terisi, mum qoplami, qalin mayda sochlar, kichik bargchalar bo'ladi. Bu nafaqat bug'lanishni qisqartiradi, balki quyosh nurlarini aks ettirishga yordam beradi.
Antiqa daraxt yoki buta - saksovul - bu mamlakatimizda o'sadigan kserofit. Uning bal andligi nisbatan pastroq: 1,5 metrdan taxminan 10 metrgacha. Ildizlari yer ichiga suv qidirib juda chuqur kirib ketadi. Agar unumdor tuproq qatlami chuqur bo'lmasa, ildizlar chuqurlikka emas, eniga qarab yoyilib ketadi.
Bunday sug'orish orqali biz o'simliklarga ularga kerak bo'lgan miqdorda suv quyamiz. Suv yo'qotilishi umuman bo'lmaydi.
Keling, suv hayvonlar uchun qanchalik kerakligi haqida fikr yuritaylik. Hayvonlar olamida ham hech kim suvsiz yashay olmaydi. Sahrolarda yashaydigan qo'shoyoqlar, echkemar, ilon va boshqa hayvonlar go'yoki umuman suv ichmaydi. Uni u yerda topib ham bo'lmaydi. Biroq ular chanqoqni his qilmaydi, chunki ularga yemish orqali qabul qilinadigan namlik yetarli. Jazirama sahrolarda yashaydigan hayvonlar, jirafalar uzoq vaqt suv ichmasdan yuradi, chunki ular kerakli suyuqlikni katta hajmda yeydigan yaproqlardan oladi.
Eng ko'p suvni katta hayvonlar ichadi - fillar va begemot lar. Issiq kunda fil 200 litrdan ortiq suvni icha oladi. Suv va yemish axtarib, fillar yuzlab kilometrni bosib o'tadi. Fillar o'ralarni chuchuk suvlar joylashgan uncha chuqur bo'lma gan joylarda qazishadi. Shu tarzda katta bo'lmagan suv havzalari hosil bo'ladi. Hayvonlar bu suvni ichadi, o'ynaydi, bir-biriga sepadi va issiqda undan orom oladi. Agar suv kam bo'lsa, chanqoqni arang bosib, suvni bolachalariga qoldirishadi. Sahro kemasi - tuya kamroq suv ichadi, 100 litrga yaqin. U suvni g'amlab, uzoq vaqt umuman usiz yura oladi. Eng asosiysi keyin organizmdagi suv zaxira sini vaqtida to'ldirib olishidir.
Endi esa, keling, suv kim uchun uy ekanligi, yashashi uchun yagona muhit his oblanishini eslaylik. Ha, bu baliqlar. Chuchuk va sho'r ko'llar, suv omborlari va havzalari, daryo va soylar - bu yerda baliqlarning juda ko'p turi yashaydi. Kun sayin ular turi kamayib ketmoqda, ba'zilari esa allaqachon yo'qolib bo'lgan. Ular O'zbekistonning "Qizil kitobi"ga kiritilgan, tiklanishi uchun esa alohida e'tibor va himoya zarur.
Daryo va suv havzalarida yashaydigan baliqlar suv ustida uchib yuradigan qushlar uchun ozuqa. Qarqaralar, saqoqush, laylak va ko'pgina boshqa qushlar suv havzalari va daryolar bo'yida uya quradi. Agar baliq kamaysa, qushlar och qoladi va o'rgangan joylaridan oziq izlab uchib ketishga majbur bo'ladi.
Tabiatda hech nima izsiz qolmaydi. Agar bitta bo'g'in, hayvonning bir turi aziyat cheksa, boshqalar ham bundan azoblanadi. Agar ko'l qurib borsa yoki daryo zararli chiqindilar bilan ifloslansa, baliqlar bunga moslasha olmaydi va asta-sekin nobud bo'ladi. Qushlar uchib ketadi, biroq vaqtida shunga o'xshagan joyni topa oladimi yo'qmi - noma'lum. Bu achinarli holatlarga olib kelishi mumkin. Insonlar baliqlar yashaydigan joylarni ular hayotiga xavfsiz qilib saqlab qolish uchun qo'lidan kelgancha harakat qilishi kerak. Buning uchun nima zarur? Suv qo'riqchilari javobni biladi: uni ijloslantirmaslik, mavjudini asrash, zarar yetkazilganini - tiklash.
Mavzu ho 'yicha xulosalar:
Ustoz va yaqinlaringiz yorda mida O'zbekistonda qaysi qishloq xo'jaligi o'sim liklari quruqlikka chidamli ekanligi, ular qanday o'sishi va qanday foyda keltirishini toping.
Yalang'och qizilmiya nimasi bilan foydali ekanligi, u qanday o'stirilishi va qayta ishlanishi to'g'risida ma 'lumot toping. Bu haqida mashg'ulot ishtirokchilari bilan o'rtoqlashing.