bootstrap html templates

Hayotimizda suv

Bizga ma'lumki, suvsiz Yer sharida yashab bo'lmaydi. Biz bar kuni unga bog'liq bo'lamiz. Suv hamma yerda bizni o'rab turadi - uning zarrachalari havoda ham bor. Hammamiz suvdan iboratmiz.

Bizga ma'lumki, suvsiz Yer sharida yashab bo'lmaydi. Biz bar kuni unga bog'liq bo'lamiz. Suv hamma yerda bizni o'rab turadi - uning zarrachalari havoda ham bor. Hammamiz suvdan iboratmiz.

Suvning o'zi hech qanday ozuqaviy qiymatga ega emas, unda kaloriya, yog', uglevod, oqsil va vitaminlar yo'q. Biroq u barcha oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. Kartoshka tarkibida 76 foizgacha, olmada 85 foizgacha, pomidorda 90 foizgacha, tarvuzlarda 96 foizgacha suv bor. Barcha tirik mav­ judotlar suvdan tarkib topgan. Masalan, baliqlar - 75 foizgacha, meduza  esa - 99 foizgacha suvdan iborat. 

Inson organizmi og'irligiga ko'ra 50-86 foizgacha suvdan tashkil topgan (go'dakda - 86 foizgacha, qariyada - 50 foizgacha). Suyaklardagi suv tarkibi 20-30 foizgacha, jigarda - 69 foizgacha, mushaklarda - 70 foizgacha,  miyada - 75 foizgacha, buyraklarda - 82 foizgacha, qonda - 85 foizgacha. 

Suvsiz oziq-ovqat hazm bo'lmaydi va organizm uni o'zlashtirmaydi. Bundan tashqari, organizm hayoti va faoliyatining barcha jarayonlari suvsiz kechmaydi. Uning yordamida organizmda modda almashinuvi sodir bo'ladi, ter ajralishi oqi­ batida tana harorati boshqariladi.

Odatda inson suv va oziq-ovqat orqali kuniga 2-3 litr suv ichadi va xuddi shuncha suyuqlikni o'zidan chiqaradi. Nafas olish orqali ham inson bar kuni deyarli yarim litr suv o'zidan ajratadi. Issiq haroratda namlik yuqori bo'lganida sport bilan shug'ullanish vaqtida biz undan ham ko'p suv yo'qotamiz.

Shuning uchun bunday havoda suvni ham ko'proq ichish kerak.  Suvni me'yordan ortiq ichilishi esa yurak-qon tomirlari tizimiga ortiqcha "yuk" bo'ladi, odamni holsizlantiradi, chunki organizmdagi tuz miqdori kamayadi va insonning kuchi qolmaydi. 

Suv hamma yerda

Suv doim atrofimizda, ba'zida esa biz uni sezmay boramiz. Biroq tongni ham, kunni ham, tunni ham suvsiz tasavvu r qila olmaymiz: biz yuvinamiz, cho'mila­ miz, suv ichamiz, uni oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga iste'mol qilamiz. Suvdan juda ko'p marotaba deyarli hamma ishda foydalanamiz: taom tayyor­ lashda, idish-tovoqlarni yuvishda, uyni yig'ishtirishda, kir yuvishda, dazmol qilganda, ijodiy faoliyatda. Stakandagi suvsiz akvarel kraska bilan rasm chiza olmaysiz. O'zimizni tinchlantiradigan va tetiklantirdigan birinchi vosita ham stakandagi suvdir.

! Biz sog'lom bo'lish uchun yetarli miqdorda suv ichishimiz kerak. Shifokor huzurida qanday va qancha suv ichishingiz kerakligi haqida so'rang.

! Nonushta, tushlik yoki kechki ovqatdan oldin yoki vaqtida bir stakan suv iching.

! Suvni sport mashg'ulotlaridan oldin, keyin yoki vaqtida iching.

! Suv choy va qahvadan foydaliroq bo'lishi mumkin.

! Issiq kunlarda o'zingiz bilan suv olib yuring.

Organizmimizda suv miqdori juda ko'p. Shuning uchun suvni hurmat  qilish - bu o'zimizni hurmat qilish deya olamiz. Buni doim yodda tutsak, suvni tejab ishlatishni o'zimizga odat qilib olamiz, ariq, daryo va suv havzalarini ifloslantirmaslikka o'rganamiz. 

10 tajriba

To'rtta stakanni oling va ularni to'ldiring:

  • Krandan oqayotgan suv bilan.
  • Do'kondan sotib olingan gazsiz suv bilan.
  • Do'kondan sotib olingan gazli suv bilan.
  • Qaynatilgan suv bilan.

Stakanlarni bir soatga qoldiring. Qaysi stakanlarning devorlarida pufakchlar paydo bo'lganini kuzating. Bu nimadan dalolat beradi? Esda tuting, krandan oqqan qaynatil­ magan suvni ichish zararli bo'lishi mumkin.

Mavzu bo'yicha xulosalar:

  • Barcha tirik organizmlar suvdan tarkib topgan.
  • Inson organizmi og'irligining 50-86 foizi suvdan iborat.
  • Suv inson hayoti va faoliyatining barcha bosqichlarida ishtirok etadi.

Nazorat uchun savollar:

  • Bir kunda qancha suv ichasiz?
  • Nima uchun yetarli hajmda toza ichimlik suvini iste'mol qilish kerak?
  • Suvni to'g'ri ichish bo'yicha shifokor tavsiyalarini olganmisiz?
  • Uyda qanday mineral suvni ichasiz? Uning foydasi nimada?
  • Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida qancha suv bor?

Guruhda muhokama qilish uchun savollar:

  • Agar suv inson hayoti uchun shunaqa kerak bo'lsa, nima uchun suvni ifloslantirish va uni asramaslik holatlarini juda ko'p kuzatamiz?
  • Suvga munosabat mas'uliyatliroq bo'lishi uchun nima qilish kerak? Siz nima qila olasiz?