Bolalar, ham mangiz suzish havzasi nima ekanligini yaxshi bilasiz. Biz suv bilan to'ldirilgan suzish havzasida cho'milamiz va yilning iliq mavsumida quyosh nurlaridan bahra olamiz. Bu holda dengiz suv havzasi deb nimaga aytiladi? Bu barcha yer osti va yer ustidan oqadigan suvlar shu dengizga oqib tushadigan hudud. Shuning uchun bu joy suz havzasi deb ataladi - uning chegaralari bor va undagi barcha suvlar daryo tarafga bo'lgan bitta yo'nalish bilan bog'liq.
Amudaryo va Sirdaryo Markaziy Osiyoning ikki ulkan daryosi. Ular o'zlarining suvlarini Orol dengizigacha olib boradi va uning suz havzasini hosil qiladi. Ular baland tog'lardagi qor suvlari va muzliklardan to'yinadi.
Suvlari shiddatli va to'lib oqqan Amudaryo naqadar chiroyli! Uning bag'ir larida qamishzor va to'qayzorlar o'sadi. U yerlarda sutemizuvchilar, qushlarning juda ko'p turi mavjud. Uning uzunligi Pyandjning boshidan Orol dengizigacha 2540 kilometrni tashkil qiladi. U Tojikiston hududida Pyandj daryosi Vaxsh daryosi bilan qo'shilib ketgan nuqtadan Amudaryo deb ataladi.
Sirdaryo Amudaryodan uzunroq: Tyan-Shan tog'larida Norin boshidan uning uzunligi 3019 kilometrni tashkil qiladi. Azaldan ushbu daryolar vodiylarida manzarali oazislar j oylashgan.
Amudaryo va Sirdaryodan chiqarilgan suv kanallari inson qo'li bilan qazilgan. Bu kanallar insonlarga suvni juda kerak bo'lgan joylarga yetkazadi. Kanallardan suvni ichishadi va maishiy hayotda qo'llashadi, uni sug'orish uchun dalalarga yo'naltirishadi.
Suv omborlari inson qo'li bilan yaratilgan. Bu suv havzalari qadim zamondan daryo vodiylarida qurilgan. Eng birinchi suv omborlari Qadimgi Misrda Nil vodiysida barpo etilgan edi. Suv omborlarida suv zaxiraga saqlanadi (dala va bog'larni sug'orish, aholi ehtiyojlariga).
Bahorgi yomg'irlar mavsu mida daryo tug'yon ko'tarishi mumkin. U suvning shiddatli oqimlarini tosh va qumlar bilan olib keladi. Shunday oqim "sel" deyiladi. Sel insonlar uylarini vayron qilish, jiddiy zarar yetkazishga qodir. Bunday oqimni xavfsiz joyga "jamlash" uchun sel omborlari barpo etiladi. Bu sel oqimlari tushiriladigan sun'iy suv havzalari. Bu ham zaxiraga olingan suvlar hi soblanadi.
Suv omborlari inson qo'li bilan yaratilgan. Bu suv havzalari qadim zamondan daryo vodiylarida qurilgan. Eng birinchi suv omborlari Qadimgi Misrda Nil vodiysida barpo etilgan edi. Suv omborlarida suv zaxiraga saqlanadi (dala va bog'larni sug'orish, aholi ehtiyojlariga).
Bahorgi yomg'irlar mavsu mida daryo tug'yon ko'tarishi mumkin. U suvning shiddatli oqimlarini tosh va qumlar bilan olib keladi. Shunday oqim "sel" deyiladi. Sel insonlar uylarini vayron qilish, jiddiy zarar yetkazishga qodir. Bunday oqimni xavfsiz joyga "jamlash" uchun sel omborlari barpo etiladi. Bu sel oqimlari tushiriladigan sun'iy suv havzalari. Bu ham zaxiraga olingan suvlar hi soblanadi.
Dala maydonlarini yuvib chiqarish uchun olinadigan daryolar oqova suvlarga aylanadi. Ba'zida ular juda ifloslangan bo'ladi, ayniqsa, maydonlarda juda ko'p pestitsidlar, o'g'itlar qo'llanilganida hamda tuproq sho'r bo'lganida. Shuning uchun suv qaytib daryoga oqizilmaydi. Uni maxsus kanallar bo'ylab ma'lum j oylarga tushirishadi.
O'zbekistonning ko'p suv havzalari oqova suvlardan hosil bo'lgan. Shu tariqa Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi, Sariqamish, Dengizko'l, Sudoche ko'llari hosil bo'ldi. Bu ko'llar suvlari sho'rroq, ularda baliqlar yashaydi, suv qushlari uchib keladi. Ba'zida bu hududlar botqoqliklarga aylanadi, qurib qoladi va ba'zida yana suvga to'ladi.
Suv havzasi, suvning yupqa qatlami, u yerda o'simliklar bor, baliqlar, qushlar va hayvonlar yashaydi.
Uni vetland deb atashadi - ingliz tilidan "wet" + "land" - "namlantirilgan yer". Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va Buxoro viloyatidagi Dengizko'l - bu ikki vetlandlar pelikan, vishildoq, qarqara, laylak, qorabuzovlar kabi noyob qushlar hayoti uchun juda muhim. Ular bu yerlarda uya quradi, ko'payadi, uchib o'tish vaqtida oziqlanishadi, qishlaydi. Ularga alohida parvarish kerak.
Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va Dengizko'l davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ular suvda suzuvchi qushlar yashash muhitini muhofaza qiladigan Xalqaro Ramsar vetlandlar ro'yxatiga kiritilgan. Bu ro'yxatda dunyo bo'ylab 2300 dan ortiq suv-botqoqliklar maydonlari mavjud.
Har bir irmoq yoki soy bizning e'tiborimizga munosib. Ular oqimi bo'ylab hayot baxshida etadi.
Daryo, soy, kanal va ko 'liar atrofidagi hudud doim nazorat ostida. Qonunda bu hududda odamlar faoliyatini cheklash belgilangan. Shuning uchun u suvni muhofaza qilish zonasi deb nomlanadi. Bu hududlarda axlat tashlash, oqova suvlarni oqizish taqiqlangan. Bu suv zaxiralari ijloslanmasligi hamda qush, baliq va sutemizuvchilarni asrab qolish uchun
Mavzu ho 'yichaxulosalar:
O'zbekiston fizik xaritasini ko'rib chiqing. Mamlakatning qaysi viloyatlarida daryo va suv havzalari ko'p, qaysilarida kam? Fikringizcha, qayerda suv yetarli cha bo'lmasligi mumkin? Yirik daryolardan qanday kanallar chiqadi? Kanallarni qaysi maqsadlarda qazishadi? Savollarga javoblarni yozing va ularni o'qituvchingiz bilan mashg'ulotlarda muhokama qiling.