O'zbekistonda dengiz suviga chiqish yo'li yo'q. Biz foydalanadigan barcha suv chuchuk hisoblanadi. U yer usti suv havzalari va daryolardan olinadi va yerning tagidagi quduqlardan (skvajina) qazib chiqariladi.
Nima uchun bizga chuchuk suv juda kerak? Eng oddiy javob - ichish uchun. Ichimlik suviga aylanib, uydagi kranlarimizga kelish uchun daryo va yer osti quduqlaridan suv turli aralashmalar va moddalardan obdon tozalanadi. Vodoprovod tizimi orqali tozalanganidan so'ng tuman, ko'cha, uylar bo'ylab taq simlanadi va kranlarga yetkaziladi. Bu uzoq va harajatli yo'l. Buni bilsak, bar bir tomchini asrashga harakat qilamiz!
Vodoprovod suvi kerakli tozalash bosqichlaridan o'tgan ho 'Isa ham uni albatta ichishdan oldin qaynatish kerak.
O'zbekistonda 119 ta shahar, 1064 ta shahar tipidagi qishloq va 11088 ta qishloq aholipunktlari bor. Ulardan yer osti suvlari hisobiga ichimlik suvi bilan 69 ta shahar (58foiz), 335 ta shahar tipidagi qishloqlar (31foiz) va 2902 ta qishloq aholipunktlari (26foiz) ta 'minlanadi. Qolgan aholi punktlari boshqa suv ta 'minoti manbalari evaziga ta'minlanadi (yer usti suvlari, quduqlar, boshqa suv bilan ta 'minlash tizimi).
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni suvsiz hech ham amalga oshirib bo'lmaydi. Suv dala va bog'larni sug'orish uchun zarur. Qishloq xo'jaligi yerla rini sug'orish uchun mamlakatimizda barcha ishlatiladigan suvning 90 foizdan ortig'i sarflanadi. Shu jumladan suv tuproqni yuvish uchun (agar u sho'rlangan bo'lsa) ham foydalaniladi. Suv tuzlarni eritadi va ortiqchasini drenaj tizimla riga olib chiqadi.
0'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"giqonunida ta 'kidlan ganidek, suv O'zbekiston Respublikasining davlat mulki - umummilliy boylik hisoblanadi. Qonun bizni undan oqilona foydalanishga majburlaydi.
Shuningdek, daryo va suv havzalari suvlarini qishloq xo'jaligi va yovvoyi hay vonlar ichadi. Daryo va suv havzalari suv o'simliklari, baliqlar, qisqichbaqacha lar va boshqa organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suvda suzuvchi qushlar daryo, ko'l, suv omborlari bo'ylarida uya quradi va oziqlanadi. Ko'p sutemizuvchilar ham shu yerda ov qiladi va o'ziga yegulik topadi.
Suv sanoat uchun eng muhim zahiralardan biri. U sanoatda juda ko'p mahsu lotlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi - pishloq va yogurtdan tortib, to kitob va avtomobillargacha.
Oldingi yillarda Amudaryo va Sirdaryodan juda katta miqdorda suv olinardi. Ular esa o'z suvlarini Orol dengizi tomon olib borardi va uni to'yintirardi. Eng ko'p suv o'tgan asrning 80-yillarida paxta maydonlarini sug'orish uchun sarflan gan. Bu Orolning asta-sekin qurishiga olib kelgan. Baliqlar nobud bo'lgan, qushlar uchib ketgan. Oldingi dengiz tubi ko'rinib qolgan va sho'r sahroga aylangan. Shu tariqa oqilona olinmagan suvning natijasida tabiatga ziyon yetka zilgan.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda umumiy suv olinish hajmi kamaygan. Suvdan e'tiborliroq va ehtiyotkorlik bilan foydalanishmoqda. Kamroq paxta va ko'proq ko'p suv talab qilmaydigan mevali daraxtlar va ekinlar yetishtiril moqda. Tomchilatib sug'orish, tuproq osti sug'orish usullari qo'llanilib, suvni sezilarli darajada tejashga erishilmoqda.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bo'yicha suvni ishlatilishi yiliga 55 kilometr kubga teng. Solishtiring: agar Chorvoq suv omborining umumiy hajmi
2 kilometr kub bo'lsa, unda bu 27 ta suv omborining hajmi.
O'zbekistonning yagona davlat suv fondi o 'z ichiga oladi: irmoqlar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko'llar, suv kanallari, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlar va boshqa yer usti suvlari, yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklar.
Mavzu bo'yicha xulosalar:
Kattalardan suv ta'minotining qaysi manbalaridan uyingiz suv bilan ta'minlanayotganini gapirib berishni so'rang. Respublikamizda suvni muhofaza qilish bo'yicha qanday ishlar olib borilayotgani haqida ma'lumot toping.