free web builder

Nimaga suvni ehtiyot qilish kerak?

Bilganingizdek, chuchuk suv Yer sharida juda kam va shuning uchun juda tanqis hisoblanadi. Vaqt o'tgan sari suv yetishmovchiligini kechirayotgan insonlar soni ko'payaveradi. 

Bilganingizdek, chuchuk suv Yer sharida juda kam va shuning uchun juda tanqis hisoblanadi. Vaqt o'tgan sari suv yetishmovchiligini kechirayotgan insonlar soni ko'payaveradi. Bu sayyoramiz aholisining soni oshishi, doim oshib borayotgan suv iste'moli va suv zaxiralarining tugab borishi bilan bog'liq.

Ichimlik suvi ayniqsa cho'llarda, sho'r dengiz suvi bo'lgan, ammo chuchuk suv bo'lmagan hududlarda seziladi. Ichimlik suvi juda yetishmagan mamlakatlar sirasiga Isroil va Misr kiradi. Bizning mamlakatimiz ham kelajakda suv tanqis­ ligi muam mosiga duch kelishi mumkin.  Suv tanqisligi hozirdanoq hayot tarzini o'zgartirish, suvning bar bir tomchisini asrashga odamlarni undayapti. 

Bu qiziq! 
Chuchuk suv Yer shari bo'ylab bir maromda taqsimlanmagan. Osiyo va Yevropada 70 foizdan ortiq aholi yashaydi. Bunda sayyoraning shu hududlarida atigi 39 foizi daryo suvlari jamlangan. Suv bilan eng ko'p ta'minlangan hudud Lotin Amerikasi hisoblanadi.

Suvdan kutilgan bir maqsad bor - insonlarga quvonch baxshida etish. Suv ajoyib! Yorug'likni aks etib, u bizga jilokor ranglarni tuhfa etadi. Biz suvning oqimi, ko'lning oynadek silliq yuzi, dengizning qirg'oqqa uriladigan to'lqinini kuzatib rohatlanamiz. Suvni tomosha qilish bizga orom bag'ishlaydi.

Uydagi hammom bo'ladimi, dachadagi suv havzasi yoki dengiz ko'rfazi, biz bu yerlarda mazza qilib cho'milamiz va suzamiz. Suv bizni yanada sog'lom qiladi va kayfiyatimizni ko'taradi.

1-vazifa

Suv bo'yidagi hordiqingizni eslang.

Suv bo'yida dam olgan vaqtingizdagi eng yorqin xotiralarni yodga oling. Bu suv havzasi (daryo) haqida nimani bilasiz? Qanday suv organizmlarini uchrat­ dingiz? Ular nimasi bilan qiziq? Qaysi musiqa yoki ashula kechin malaringizni yaxshiroq ifodalaydi? Bu haqida hikoya yoki kichkina xabar  yozing. 


Bu qiziq! Koinotda hayot axtarib, olimlar Yerdagi kabi suyuq holatdagi suv bo'lgan sayyoralarni izlashadi. Zero sayyorada suv bo'lsa, demak u yerda inson yashashi uchun sharoit bor. Ammo hozircha bunday sayyorani kashf etishgani­ cha yo'q. Koinotda suv juda ko'p, biroq u yerda u bug' yoki muz holatda.

2-vazifa

Suvsiz Yer.

Agar Yer sharida suv bo'lmaganida u qanday bo'lgan bo'lardi. Shu haqida fikr yuriting. Insonlar ushbu Yerga xos bo'lmagan sharoitlarga moslasha olganida qanday  yashagan bo'lardi? Bu aql bovar qilmaydigan suratni chizing. 

Biz ichadigan va qishloq xo'jaligi uchun qo'llaydigan suvning tozaligiga sog'lig'imiz bog'liq. Agar bug'doy yoki guruchni sifatsiz suv bilan sug'orsa, ular iste'mol qilishga yaroqsiz bo'ladi.

Fabrika yoki zavodda aylanma suv ta'minoti faoliyat yuritsa, bu umuman boshqa gap. Bu ifloslangan oqova suvlar fabrikaning o'zida tozalanishi va takror qo'llanilishini anglatadi. Bu odamlar uchun ham, tabiat uchun ham yaxshi: suv tejaladi, oqova suvlar quyilmaydi, demakki, ular tabiatni ifloslantir­ maydi.

Qancha suv ishlatilayotganini hisoblagichlar aniqlaydi. Hisoblagichlar juda foydali uskunalar. Ular suv, mablag'ni tejaydi, sog'lig'imizni asraydi.     

11 tajriba

Oilangizda sarf bo'ladigan bir kunlik suvni hisoblang.

Buning uchun siz hafta davomida bar kuni bir vaqtda (masalan, soat 8 da) hisoblagich ko'rsatkichlarini tekshirib, yozib borishingiz lozim. Kattalardan sizga yordam berishligini so'rang. Qulaylik uchun ko'rsatkichlarni jadvalga kiriting. Hafta oxirida foydalanilgan suv hajmini hisoblang. 1 kubometrda  1000 litr suv bo'lishini inobatga olib, oilangizda bar kuni taxminan qancha suv sarflanayotganini hisoblang. 

Har kuni foydalanilgan sovuq suvni hisoblash namunasi

Hafta kuni:Sovuq suv hisoblagichi ko'rsatmalari:Bir kunda ishlatilgan suv miqdori:
Dushanba
523 м3...
Seshanba 523,42 м30, 42 м3 (420 litr)
Chorshanba 523,65 м30,23 м3 (230 litr)
Payshanba 523,98 м30,33 м3 (330 litr)
Juma 524,23 м30,25 м3 (250 litr)
Shanba 524,63 м30,40 м3 (400 litr)
Yakshanba 525,00 м30,37 м3 (370 litr)
Dushanba 525,30 м30,30 м3 (300 litr)
JAMI BIR HAFTADA 2,30 м3… м3 (… litr)
BIR KUNDA O'RTACHA 2,30 м3: 7 = … м3

3 vazifa

Tuman, shahar va viloyatingiz korxonalari uchun suv nimaga kerakligini bilib oling.

O'qituvchi va ota-onangizdan siz yashayotgan tuman, shahar, viloyatda qanday korxonalar ishlayotgani haqida ma'lumot to'plashga yordam berishligini so'rang. Bu ishlab chiqarish  korxonalarida suv nima uchun kerakligi va korxona suv tejashni qanday usullaridan foydalanishini bilib oling. 

Mavzu bo'yicha xulosalar:

  • Chuchuk suv Yer sharida juda kam uchraydi, shuning uchun tanqis hisobla­ nadi.
  • Dunyoda suv tanqisligi o'sib bormoqda. Bu sayyoraning aholisi ko'payishi, doim oshib borayotgan suv iste'moli va suv zaxiralarini tugab borishi bilan bog'liq.
  • Biz suvni u bizga hayot va estetik zavq tuhfa etgani uchun qadrlaymiz. Dam olishning xushchaqchaq onlari suv bilan bog'liq.

Mustaqil nazorat uchun savollar:

  • Qaysi mamlakatlar aholisi suv tanqisligini sezishadi?
  • Nima uchun suvni asrash kerak?
  • Suv hisoblagichla ridan nima uchun foydalanishadi?
  • Ular qayerda o'rnatilgan bo'lishi kerak?
  • Korxona va firmalar suvni qanday qilib tejashi kerak?

Guruhda muhokama qilish uchun savollar:

  • Do'stlaringizga suv bo'yida dam olgan kunlaringiz haqida gapirib bering.
  • 1. Suv bo'yida hordiq chiqarib, qaysi qoidalarga amal qilasiz?
  • 2. Yer kurrasi suvsiz qanday bo'lardi?

Uyga vazifa.

Kundalik hayotda ichimlik suvi sarflanishini qanday qisqartirish mumkinligi haqida o'ylang.

Qanday texnologiyalar tufayli qishloq xo'jaligida suv sarfini tejash amalga oshirilmoqda? Sanoatdachi? Suv tejaladigan ishlab chiqarishni (ferma, uy xo'jaligi) chizing.