Yevropa Komissiyasining moliyaviy ko‘magi bilan
Markaziy Osiyo Invest V dasturi doirasida
Loyiha tavsifi
Loyiha qishloq xo‘jaligi va o‘rmon hududlariga qaratilgan bo‘lib, barqaror ekotizim xizmatlarini, landshaftlarni barqaror va samarali boshqarishni targ‘ib etish orqali BMTning tegishli BRMlariga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.
Loyiha quyidagilarga qaratilgan
- Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston agri-oziq-ovqat sektoridagi mikro, kichik va o‘rta korxonalar (MKKK) raqobatbardoshligini kichik fermer va o‘rmon xo‘jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlash samaradorligi va barqarorligini oshirish orqali kuchaytirish.
- Iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sirni kamaytiradigan va intensiv dehqonchilikka nisbatan tabiiy bioxilma-xillikni oshiradigan organik ishlab chiqarish usullari orqali qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va yaylov yerlarini barqaror boshqarishga ko‘maklashish.
- Manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik va muvofiqlashtirishni yaxshilash orqali Markaziy Osiyo oziq-ovqat mahsulotlari uchun YI bozorlari yo‘nalishida yuqori sifatli qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish.
- Mahalliy va eksport bozorlarida bozor salohiyatini to‘liq o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlarni mustahkamlash, oziq-ovqat gigiyenasi va bozor talablariga mos sertifikatlashni rag‘batlantirish orqali kichik fermerlarning bozorga chiqishini ta’minlash.
- Marketing, sertifikatlash, qonunchilik va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahalliy konsalting xizmatlari salohiyatini oshirish, kichik yer egalari tadbirkorlik imkoniyatlarini onlayn bilim platformasi orqali rivojlantirish.
- Ayollar, yoshlar, ichki ko‘chirilgan shaxslar va etnik ozchiliklarga yo‘naltirilgan uzoq muddatli barqaror bandlik orqali gender tengligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.
Maqsadli guruhlar va yakuniy benefitsiarlar
- Mahalliy fermerlar va o‘rmon foydalanuvchilari.
- Mahalliy hamjamiyatlar, qishloq ayollari va yoshlar.
- Mahalliy maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchilari.
- Markaziy Osiyodagi oziq-ovqat MKKKlari, treyderlar va eksport chakana sotuvchilari.
- Yevropa va Markaziy Osiyo iste’molchilari.
Kutilayotgan natija
Loyiha kichik qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlovchilariga bilim va ko‘nikmalarini oshirish, takomillashtirilgan ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Yevropa bozoriga chiqish imkoniyatlarini yaxshilashda yordam beradi.
PDF yuklab olish