Suvning qanday rangdaligini bilamizmi?
Stolga ikkita stakan qo'ying: suv va sut bilan. Sut bor ...
Bir stakan toza suvni olib hidlab ko'ring. Hidi bormi?
Endi "Hididan top" o'yinini o'ynaymiz...
Suv yaxshi erituvchi"
Suvda ayrim moddalar...
Keling, sellofan paketga suv qo'yamiz hamda ...
Keling, katta bo'lmagan tadqiqot o'tkazamiz va suvning xususiyatlari bilan yaxshiroq tanishamiz.
Olma yoki boshqa ho'l mevani oling. Uning katta bo'lmagan bo'lagini ajrating.
Qanday qilib uning tarkibida suv borligini isbotlash mumkin?
Agar qog'oz salfetkaga ho'l mevaning ajratib olingan bir qismini bossangiz, u nam tortadi. Bu meva suv bilan to'yinganligi uchun sersuv bo'lishini isbotlaydi. Haqiqatdan ham atrofimizdagi hamma narsa suv, hayotbaxsh namlikka juda bog'liq. Agar o'simliklarga ma'lum vaqt davomida suv qo'ymasa, ular so'la boshlaydi va nobud bo'ladi.
Inson va hayvonlar salomatligi va hayoti iste'mol qilinayotgan suv miqdori hamda sifatiga bog'liq.
Turli vaziyatlarda inson suvsiz 5-8 kun chidashi mumkin. Bunda inson yasha yotgan havo harorati va uning harakatlariga ko'p narsa bog'liq. Ba'zi hayvonlar uzoqroq muddat chiday oladi, chunki ular o'z organizmini cho'lda yashashdek ekstremal sharoitlariga moslashtirgan.
Bugun siz yosh olimlar sifatida suvning noyob xususiyatlari bilan tanishasiz. Ular o'zida olimlar yaqinda kashf etgan juda ko'p sirlarni yashiradi.
Avval dilemmani yechamiz: "Suv - do'st yoki suv - dushman". Aytingchi, iltimos, qaysi hollarda suvni do'stimiz deb ayta olamiz, qaysi hollarda esa - dushmanimiz?
(Suv - do'stimiz, chunki biz uni ichamiz, yuvinamiz, cho'milamiz, taom tayyorlaymiz va hokazo, suv -
dushmanimiz, chunki suv toshishi, inson suvda cho'kishi, issiq,_ suvda inson kuyishi mumkin va hokazo).
Stolga ikkita stakan qo'ying: suv va sut bilan. Sut bor stakanga qoshiqni solamiz. Nimani payqadingiz? (suvda qoshiq ko'rinyapti, sutda esa yo'q). Xulosa: suv-tiniq, rangsiz suyuqlik.
Agar biz suvga bo'yoq qo'shsak, suvning rangi o'zgaradi. Xulosa: bo'yoq suvda eriydi, suv bo'yoq rangini oladi.
Bir stakan toza suvni olib hidlab ko'ring. Hidi bormi? Endi "Hididan top" o'yinini o'ynaymiz: men stakanga qandaydir moddani tomchilataman, sizlar menga nima hid kelayotganini aytasizlar. (Stakanga "Apelsin" efir yog'ini tomchilatib aralashtiramiz.) Endi yana bir bor hidlab ko'ring, nima yuz berdi? (Suvdan apelsin hidi kela boshladi).
Xulosa:
Suv hidsiz, lekin unga qo'shilgan hidli moddaning hidini oladi. Suv - olimlar boshqa sayyoralarda birinchi bo'lib izlaydigan modda. Suv deb H0 kimyoviy birikmasini nomlashadi. U noyob universal erituvchi. Aynan shuning uchun tabiatda toza suvni topish mumkin emas. Suv yo'lida uchragan ko'plab modda va birikmalarni o'z ichiga oladi. Natijada insonlar toza suvni emas, turli komponentlardan tarkib topgan murakkab eritmani iste'mol qiladi.
Suvda ayrim moddalar eriydi, ba'zilari erimaydi. Tajriba o'tkazamiz. Nima deb o'ylaysiz, suvga shakar solsa nima bo'ladi? Solamiz va aralashtiramiz, birgalikda nima o'zgarganini kuzatamiz: suvda shakar eridi. Suvga qum solsak nima bo'ladi? Suvga tuproq qo'shamiz. Suv o'zgardimi? Tuproq eridimi? Loyqa bo'ldimi yoki tiniqligicha qoldimi?
Tuproq va qum erimadi, suv loyqa bo'ldi. Shu xususiyat sababli yomg'irdan keyin daryolarimizda suv loyqalanadi, chunki daryoga oqimlar bilan katta miqdorda loy va qum oqib tushadi. Keyin esa ular daryo tubiga o'tiradi, va suv yana tiniq bo'lishi mumkin. Toza suv qo'yilgan stakanga ozgina un solib ko'ring. Un suvda eriydi, suv xiralashadi.
Suvga margansovka (kaliy permanganat kristallari yoki eritmasi) qo'shamiz. Suv qanday bo'ldi? Qizil, lekin tiniqligicha qoldi. Endi o'simlik yog'ini qo'shamiz. Yog' suvda eridimi? Yo'q, u suv sathida sariq tomchilar bo'lib suzib yuribdi.
Xulosa: Suv ayrim moddalarni erita oladi, ayrimlarini esa yo'q.
Suv universal erituvchi hisoblanadi. Unda azot, kislorod va havoda mavjud boshqa aralashmalar eritilgan. Erituvchining xususiyatlari dengiz suvida ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanadi. Shuning uchun baliq, kit, delfin, nahang kabi barcha dengiz mavjudotlari dengiz suvidan kislorod olib nafas olishi mumkin.
Kundalik hayot va texnikada biz foydalanadigan bareha suyuq moddalar (atir, shirin ichimliklardan boshlab to suyuq moylar va benzingacha) u yoki bu konsen tratsiyaga ega suv eritmalaridir.
Suv uchun eng sodda filtrni qanday yasash mumkin?
Voronkaga hint va paxtaning bir parchasini qo'yamiz hamda yog' tomizilgan stakandan suv qo'yamiz. Suv sizib o'tadi, yog' esa hint sathida qoladi. Endi siz suvni tozalashni eng oddiy usulini bilib oldingiz. Biroq boshqa murakkabroq usullari ham bor. Chunki uyimizga suv quvurlari orqali keladigan suv yaxshilab filtrdan o'tkaziladi. Uni suv tozalash stansiyalarida tozalashadi. Suvdan iflos zarrachalar, suv o'tlari va mikroblar chiqarib tashlanadi. Biroq bu suvni ham iste'mol qilishdan avval qaynatib olish kerak, chunki qaynatish barcha mikroblarni o'ldiradi. Siz, albatta, jo'mrakdan oqayotgan yoki noma'lum manbadan olingan suvni ichish mumkin emasligini bilasiz.
Maslahat: Idishlarda sotiladigan suvni iste'mol qilish yaxshiroq,
Jo'mrakdan yoki notanish manbadan olingan suvni esa qaynatib olish xavfsizroq. YUNESKO manbalariga ko'ra, eng toza suv Finlyandiyada. Toza tabiiy suvni o'rganish jarayoni 122 ta mamlakatda amalga oshirildi. Butun dunyo bo'yicha 1milliardga yaqin inson xavfsiz, ya'ni juda toza suvdan mahru mdir.
O'zbekistonda deyarli barcha suvlar tog'larda paydo bo'ladi, va suv ularda tog' qorlari va muzliklari erishi natijasida yig'iladi. Bahorda daryolarda suv yomg'ir hisobiga to'ladi. Balki shunga tog' buloqlari va jo'shqin irmoqlar o'zi bilan eng toza suvni olib keladi, va biz dunyoda eng tanqis va sifatli suvdan bah ramand bo'lishimiz mumkin.
Olimlar tomonidan suvda xotira borligi isbotlangan - biron nima bilan to'qnashgandan keyin suv u haqida ham ma narsani biladi. Bu uning tuzilmasida aks etadi. Ular suv bilan juda ko'p tajribalar o'tkazgan. Masalan, suv to'ldiril gan stakan ustida qo'pol so'zlarni aytishgan, urushishgan. Keyin tomchini muzlatib, uni mikroskop tagida o'rganishgan. Boshqa stakan ustida yaxshi so'zlar aytilganidan keyin uni ham muzlatishgan. Shunda uning tuzilmasi mikroskopda qaraganda o'zining to'g'ri shakli va chiroyi bilan lol qoldirardi.
Xulosa: Suv atrofida nima sodir bo'layotga niga qarab o'zgaradi.
Keling, sellofan paketga suv qo'yamiz hamda suv bilan stakanni to'ldiramiz. Agar ularni muzlatib qo'ysa, suv muzga aylanadi va solingan idish shakliga ega bo'ladi. Suyuqlik oqib chiqmasligi uchun suv solingan paketni bog'lab qo'lda ezsa, suv qo'limiz ta 'sirida shaklini o'zgartiradi.
Suv harakatlanuvchan va unga ta'sir qilsa bo'ladi. Uni istalgan idishga solish mumkin. Agar suv tog' jinslarining yoriqlariga singsa, muzlaganda u kengayadi va asta-sekin mayda roq zarrachalarga bo'linadigan barcha qoya toshlarini par chalay boshlaydi. Shu tarzda suv tog'larni parchalay oladi.
Xulosa: Suv shaklga ega emas va uni qaysi shaklga solsa, shu ko'rinishga kiradi.
Mavzu bo'yicha xulosalar:
Suv ta'msiz, rangsiz va hidsiz. Suv zo'r erituvchi. Suv istalgan shaklga kiradi, lekin o'z shakliga ega emas. Suv o'ziga xos "xotiraga" ega va vazi yatdan kelib chiqqan holda o'z xususiyatlarini o'zgartiradi. Suv atrofidagi barcha narsani o'zgartiradi hamda bir vaqtning o'zida insonning ham "do'sti", ham "dushmani" bo'lishi mumkin.
Guruhda muhokama qilish uchun savollar:
Suvning sathida nimalar suzib yura oladi va cho'kmaydi? Inson bu xususiyatni qo'llashni o'rganganiga misol keltiring. Inson dengiz suvi bilan chanqog'ini bosa oladimi? Javobingizni asoslab bering.
Shisha stakanlarga suv qo'yib, unga turli oziqaviy bo'yoqlarni qo'shish lozim.
So'ng stakanlarga oq atirgul gullarini solsa, vaqt o'tib ular stakanda bo'lgan rangga kiradi.