«EKOMAKTAB» экология-ресурс маркази.

  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Suvni hurmatlang.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

     Suv hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Usiz hayotimizning bir lahzasini ham tasavvur qila olmaymiz. Yaqinda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi nodavlat tashkiloti va Ekomaktab rahbari Natalya Shivaldovalarning sayi harakati bilan yoshlar uchun daryo suvlarini tahlil qilish bo’yicha ekspeditsiya tashkil etildi. 23 nafar o’smir va yoshlardan iborat bo’lgan mazkur ekspeditsiya Chotqol tog’ tizmalari bo’ylab piyoda sayohatdan boshlandi.


    Bugungi ekskursiyamizda suvning kelib chiqishi va unga nisbatan odamlarning munosabatini o’rgandik. Ekskursiyamizdan asosiy maqsad, suvdan noto’g’ri foydalanishga olib keluvchi odatlar va stereotiplarni o’zgartirish, bizga berilgan bu ne’matni hurmat qilish va asrashdir.


    “O’zbekistonnig qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistondagi suvning qariyb 90 foizi qishloq xo’jaligi ehtiyojlariga yo’naltirilgan. Shuningdek, qishloq xo’jaligida suvni tejash borasida mazkur dastur yangi texnologiyalarni taklif etmoqda. Masalan, qishloq xo’jaligida yangi gidrogel texnologiyasidan foydalanish suvni tejashga, o’simliklar, organizmlarning to’yinishiga yordam beradi. Gidrogel kristallarga o’xshash bo’lgan polimer granulalar hisoblanadi. Gidrogel namlikni o’ziga so’rib oladi va hajmi 300 barobarga o’sish hususiyatiga ega. Shu tariqa 1 kg gidrogel o’ziga 250 litrgacha suvni shimib olishi mumkin va qur’oqchilikda uni ekinlarga uzatadi. U ochiq tuproq, issiqxonalarda, xonaki gullar uchun, avtomobil va temir yo’llar bo’ylab hududlarni obodonlashtirishda, suv resuslari cheklangan cho’l va tog’li joylarda qo’llaniladi. Sug’orish uchun sarflangan suv xarji 50 foizga kamayadi.


     Nafaqat qishloq xo’jaligida balki uy sharoitida ham suvni tejash mumkin. Bir kishining bir kunda o’rtacha olganda chanqog’ini bosishi, gigiyena va sanitariya ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suvi 50 litrni tashkil qiladi. Suvni tejash, asrab avaylash, uni hurmat qilish o’z qo’limizda. Suvni hurmat qilmasak, unga e’tiborsizlik qilib har-xil chiqindilarni tashlasak, nafaqat suvni, balki, o’z hayotimizni ham zaharlagan bo’lamiz. O’ylab ko’raylik oddiygina misol, tish yuvayotkanimizda oldimizda shivirlab oqib yurgan suvni o’chirmaymiz. Kerakli suvni idishga olib, suv jo’mragini o’chirib qo’yishimiz mumkin. Bu usul suvni tejashga yordam beradi.


    Toshkent davlat “Suvsoz” unitar korxonasining electron saytida (http://suvsoz.uz) maishiy turmushda suvni tejash borasida oddiy usul qo’llanmasi berilgan: idish-tovoq, meva-sabzavot yuvishda toq’oradagi suvdan foydalanilsa 20 litr suv lozim bo’ladi. Ochiq kran suvi ostida yuvilsa 110 litr suv sarflanadi.


     - Yurtimizdagi eng arzon tabiiy iste’mol mahsuloti bu suv hisoblanadi. Masalan, Yevropa davlatlarining biri Germaniyada bir kubometr suv 4 yevro turadi. Endi hisoblab ko’ramiz bizning O’zbekiston so’miga o’girganda bu mablag’ o’rtacha 40 ming so’mni tashkil etadi, - deydi UzWaterAware loyihasi xodimi Yekaterina Ustinenko. - O’zbekistonda esa bir kubometr suv o’rtacha hisobda 615 so’mni tashkil etadi. Bu mablag’ hisoblagich bo’yicha to’lov tizimidir. Suvni qayta ishlash, quvurlarni ta’mirlash, kanalizatsiyalarni tozalash xizmatlarinigna qoplaydi.
Ekspeditsiya koordinatorlari piyoda sayohat davomida suv haqida juda ko’p ma’lumotlar berishdi. Bundan tashqari, Chotqol tog’ tizmalari ostida paydo bo’lib, jilg’alanib oquvchi buloqlar suvidan na’muna uchun shaffof idishga olindi. Ana shu jilg’alar bir-birlariga qo’shila-qo’shila daryo hosil bo’lish joylarini ko’rdik. Shu daryolardan biri bu Chotqol daryosidir. Chorvoq suv omboriga uchta daryo kelib qo’shiladi. Bular: Pskem, Ko’ksuv va Chotqol daryolaridir.


    Chotqol daryosining boshlanish jilg’alari Qirg’iziston hududidan oqib keladi. Ekspeditsiya davomida Chirchiq daryosining 4 ta daryo qo’shilishi natijasida hosil bo’lishiga guvoh bo’ldik. Bular: Chotqol, Ko’ksuv, Piskem va Ugam daryolaridir. Yo’l bo’yi G’azalkent va Chirchiq shaharlari orqali oqib kelgan Chirchiq daryosining suvidan boshqa bir shaffof idishga namuna oldik. Jilg’alardan olingan suvga qaraganda ikki shahar bosib o’tgan daryoning suvi anchagina loyqa edi. Bunga sabab, odamlarning e’tiborsizligi va suvga bo’lgan hurmatsizligidir. Chunki yo’l bo’yi biz sanoat korxonalarining quvurlaridan oqayotgan chiqindi suvining daryoga oqqizilishi, turli chiqindilarning daryoga tashlanishi, odamlarning daryoning duch kelgan joylarida cho’milishi, mashinalarini yuvishi va o’zlaridan keyin turli maishiy chiqinlarini qoldirilishiga guvoh bo’ldik.


    Suv hayot manbai. Bizning e’tiborsizligimiz tufayli ona tabiat, hayvonot olami aziyat chekmasligi kerak. Suvdan oqilna foydalanishni har kim o’zidan boshlasin. Shunda yurtimiz kelajagi porloq bo’ladi.


Zeboxon Saidova, ekspeditsiya a’zosi, Toshkent shahridagi 314-maktab 8-sinf o’quvchisi.


Янгиликларга обуна бўлиш

© 2024 EkoMaktab. All Rights Reserved.