Mustaqillikkacha O‘zbekistonda suv munosabatlarini tartibga solish SSSR qonunchiligi va ittifoq respublikalari uchun umumiy bo‘lgan suv huquqi asoslari doirasida shakllangan.
Sobiq Ittifoq parchalangach, Markaziy Osiyo davlatlari suvdan foydalanish va davlatlararo hamkorlik bo‘yicha milliy huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zaruratiga duch keldi.
Sovet davridagi suv kodekslarining o‘xshashligi yagona tartibga solish modeli bilan izohlanadi, biroq yangi sharoitda O‘zbekistonga mustaqil huquqiy tizim zarur bo‘ldi.
Suvning katta qismi transchegaraviy bo‘lgan mintaqada xalqaro kelishuvlar va huquqiy majburiyatlar masalasi bugun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Manba: ekomaktab.uz.