Suvni hurmat qiling

Suvni hurmat qiling

Yevropa Ittifoqining qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish dasturi doirasida “Ekomaktab” NNT va UzWaterAware tashabbusi bilan Toshkent viloyatiga “Hayot daryosi – daryo hayoti” nomli yoshlar ekologik ekspeditsiyasi tashkil etildi.

Ekspeditsiya ishtirokchilari — jurnalistlar, blogerlar, talabalar va volontyorlar — Chirchiq daryosi manbalarini ko‘rib, inson faoliyati suv sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini amalda kuzatdilar.

Safar davomida Ugam-Chatqol milliy bog‘i, Chorvoq suv ombori, Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazildi, shuningdek Yuqori Chirchiq gidrouzelining mutaxassisi bilan uchrashuv bo‘ldi.

Bir necha nuqtada olingan suv namunalari daryo aholi punktlari, dam olish zonalari va xo‘jaliklar orqali o‘tgani sari uning tozaligi pasayishini ko‘rsatdi.

Safarning asosiy xulosasi shuki, suvga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va bu mavzuni OAV hamda targ‘ibot materiallari orqali keng yoritish zarur.

Manba: ekomaktab.uz.