Qishloq xo‘jaligini qanday qilib “aqlli” qilish mumkin degan savolga javob izlash UzWaterAware loyihasi doirasida Ispaniyada o‘tkazilgan study tour maqsadlaridan biri bo‘ldi.
Safar davomida jurnalistlar, NNT vakillari va O‘zbekistonning tegishli idoralari mutaxassislari suv boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy sug‘orish texnologiyalari bilan bog‘liq obyektlarni ko‘rdilar.
Alohida e’tibor Ispaniyaning suv boshqaruvi modeli, havza organlari faoliyati, davlat nazorati va ilm-fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqaga qaratildi.
Ispaniya tajribasi barqaror qishloq xo‘jaligi suvni tejovchi texnologiyalar, uzoq muddatli investitsiyalar, davlat islohotlari va fermerlarning o‘zgarishga tayyorligi uyg‘unligida rivojlanishini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston uchun bu tajriba, ayniqsa, iqlim va tabiiy sharoitlarning o‘xshashligi tufayli juda foydali hisoblanadi.
Manba: ekomaktab.uz.