Ispaniyaning plastik dengizi

Ispaniyaning plastik dengizi

Ispaniyadagi “plastik dengiz” iborasi chiqindi emas, balki ayniqsa Almeriya viloyatida joylashgan ulkan issiqxona majmualarini anglatadi.

UzWaterAware loyihasi doirasidagi study tour ishtirokchilari Cajamar moliyaviy guruhi tarkibidagi “Las Palmerillas” tajriba markaziga tashrif buyurib, issiqxonalarda agroekologiya, suvni tejash va energiya samaradorligi bo‘yicha yangi yondashuvlar qanday sinovdan o‘tayotganini ko‘rishdi.

Markazda issiqxonalarning yangi konstruksiyalari, suv va energiyadan oqilona foydalanish, biologik parchalanadigan materiallar, plastmassaning xizmat muddatini uzaytirish va uni qayta ishlash texnologiyalari o‘rganiladi.

Bu yerda plastik to‘g‘ri boshqaruv va qayta ishlash sharoitida hosildorlikni oshirish hamda resurslarni tejashga xizmat qiladigan texnologik material sifatida qaraladi.

Almeriya tajribasi suv tanqis hududlarda ham ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi asosida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Manba: ekomaktab.uz.