«EKOMAKTAB» экология-ресурс маркази.

  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Daryolar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan (yoxud, chiqindidan to‘yingan chirchiq daryosi dardlari).

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

    Bolaligimda daryo, dengiz, ummonlarni aslida qayerdan boshlanishiga juda qiziqardim. O‘zimcha xayol surib, hech o‘ylarimning oxiriga yetolmasdim. Go‘yoki, nazarimda daryo, dengiz, ummonlarning xayollarim singari poyoni yo‘qday edi. Haftning beshinchi kuni Juma… Xayollar ro‘yobga aylandi. Erta tongdan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ekomaktab” yetakchi rahbarlari bilan Chirchiq daryosi qayerdan boshlanib, qaysi daryolar bilan tutashishini hamda suvni ifloslantiryotgan omillar sababini o‘rganish maqsadida yo‘lga otlandik.

    Chirchiq — Gʻarbiy Tyanshandagi so‘lim go‘shasi, Toshkent viloyati hududida joylashgan. Shu yerlik aholining takidlashicha, Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shimoli-gʻarb va shimolida Qorjontov va Ugom tizmalari, shimoli-sharq va sharqda Talas Olatovi, janubiy sharqda esa Chatqol tizmasi bilan oʻralgan. Janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari tekislikka tutashgan. Uzunligi Alizar koʻtarilmasidan (janubi-gʻarb tomon) Sirdaryogacha 135 km. Kengligi vodiy toraygan joylarda 80–100 m, oʻrta qismida 35–40 km gacha. Vodiyning eng tor joyi (Chorvoq qisigʻi yoki Chorvoq darvozasi)ga, suv ombori qurilgan. Hozirda daryoning suv sathi tushib yuqoridagi raqamlar kichiklashgan. Tarixdan ma’lum bo‘lishicha Chirchiq daryosi o‘rnida katta dengiz bo‘lgan. Aholi tomondan yerlarni o‘zlashtirilishi hamda turli o‘zgarishlar natijasida daryo kichrayib bormoqda. Chirchiq daryosi va uning yirik irmoqlari Ugom, Oqsoqotasoy hisoblanadi. Yog‘ingarchilikning ko‘payishi sabab, vaqtincha oqar soylar ham paydo bo‘ladi. Daryoni Toshkent shahriga kirib kelish qismiga nazar tashlasak, botqoqliklardan tashkil topganini ko‘rish mumkin.
   “Ekomaktab” o‘quvchilari bilan dastlab, Chatqol tog‘ tizmalaridan oqib tushib, daryolarga aylanyotgan jilg‘alarni ko‘zdan kechirdik. Tog‘dan tushayotgan jilg‘alarning suvi tiniqligi iste’mol uchun yaroqliyligini ko‘rsatadi. Chunki, tog‘larda eriyotgan qorning suvlari toshdan- toshga urilib tabiiy tozalanish jarayonini yuz beradi. Mahalliy aholi togʻ daryolari suvini “pishgan”, deya shifobaxshligini eʼtirof etishining boisi ham balki, shundadir. “Ekomaktab” o‘quvchilari ushbu daryolarning boshlanish joyidagi suvdan namunalar olib, daryoning shaharga kirish joyi hamda shaharga kirgan qismidagi suv namunalarini solishtirishni maqsad qildik. “Toma-toma ko‘l bo‘ur”, deganlaridek jilg‘alarning oqimi bo‘ylab harakatlanib ajoyib tog‘ tabiati mo‘jizalarini guvohi bo‘ldik. Chirchiq daryosi sohillariga kelib kayfiyatimiz buzulgunga qadar, go‘zal bir borliqning guvohi bo‘ldik.

   Kayfiyatni buzilishiga sabab, daryo sohili bo‘ylab betartib chuqurliklar hamda chiqindilar. Yodimga tushdi! Kuz oylarida mahallamizga o‘sha mashhur “Chirchiq shag‘al, qumlari”, deya jar soladigan yuk mashinalari shu tartibsiz chuqurliklarni hosil qilgan. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkor peshona terlatmaslikning oson yo‘lini o‘ylab topib daryo sohillarining shu ahvolga tushishiga sababchi bo‘lgan. Sayohat davomida Chirchiq daryosini Toshkent shahriga kirish joyidan suvdan namuna olganimzda suvning iflosligidan quyuq loyqa hosil bo‘lganini guvohi bo‘ldik. Xosh, suvni ifloslanishiga sabab nimada?

    Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Chirchiq daryosining Boʻstonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahri hududlaridan oqib oʻtuvchi 50 metrlik qirgʻoq boʻyi polosasida joylashgan obyektlar soni 274 tani tashkil etdi. Shundan ishlab chiqarish korxonalari 4 ta, karyerlar 3 ta, avtotransport korxonalari 2 ta, ekinzor va bogʻlar 4 ta, baliqchilik xoʻjaligi bitta, tomorqalar 5 ta, dala-hovlilar 224 ta, uy-joylar 14 ta, oshxona hamda restoran bitta, suv inshootlari 2 ta, shuningdek, boshqa qurilmalar 14 ta. Daryoning Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi 24 kilometrlik qismida 50 metrlik qirgʻoq boʻyi polosasida joylashgan obyektlar 61 tani tashkil etib, shundan 21 tasi ishlab chiqarish korxonasi, 3 tasi karyer, 3 tasi avtokorxona, 4 tasi maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 7 tasi yonilgʻi quyish shoxobchasi. 250 metrlik muhofaza zonasida esa maktabdan tortib, baliqchilik xoʻjaliklari tashkil etilgan. Suvni ifloslantirib yaroqsiz holatga olib kelyotgan omillarning barchasiga, tadbirkorlarning ekalogiya atrof-muhitni o‘ylamasdan foyda ko‘rishga intilishlari sabab. Bir kunlik sayohatimiz davomida daryolar, dengizlar, ummonlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini, biz nazarga ilmay, kichik bir soyga oqizgan yoqilig‘i idishi soylarni, ko‘llarni, daryo, dengiz, ummonlarning ifloslanishiga olib kelishini angladim. Insonlar ham chuchuk suv zahiralari miqdorini hamda uning kamayib boryotgani o‘z ongida tasavvur eta olganida edi, yuzaga kelayotgan ekalogik muammolar kamaygan bo‘larmidi?

Nazim BO‘RONOV


Янгиликларга обуна бўлиш

© 2021 EkoMaktab. All Rights Reserved.