«EKOMAKTAB» экология-ресурс маркази.

  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

YTTB O‘zbekistondagi yangi sarmoyaviy rekordini o‘rnatdi

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

Infratuzilmani rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun 576 million AQSh dollari ajratildi.

• YTTB 2019yilda O‘zbekistonda 13 ta investitsiya loyihalarini 576 mln. AQSh dollari bilan moliyalashtirib o‘zining yangi rekordini o‘rnatdi
• Elektr uzatish va suv ta’minotidagi yirik loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolandi
• Andijonda mintaqaviy ofis ochildi

2019 yilda YTTB O‘zbekistonning xususiy va davlat sektoridagi 13 ta loyihaga 576 mln. AQSh dollari (517mln. yevro) miqdoridagi sarmoyakiritish bilan o‘zining mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkichi, yangi rekordiga erishdi.
Bank ahamiyatli infratuzilma loyihalariga asosiy e’tiborini qaratdi. Bank shuningdek Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan Farg‘ona vodiysidagi Andijon shahrida o‘z ofisini ochdi va bu ofis Bank faoliyatini vodiyda kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, energetika sohasiga Bank o‘zining O‘zbekistondagi eng katta hajmdagi sarmoyasini kiritdi. Bankning 213,8 mln. yevro miqdoridagi suveren krediti Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi quvvatini oshirish uchun yo‘naltiriladi. Boshqa muhim infratuzilma sarmoyalari Navoiy elektr uzatish loyihasiga (71,5 mln. yevro), Qashqadaryo oqova suv loyihasiga (53.4 mln. yevro) va Xorazm oqova suv loyihasiga(80.2 mln. yevro) kiritilgan.
YTTB investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirdi va Xorijiyinvestorlar kengashini tuzishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, tog‘-kon sanoati va bank faoliyati kabi sohalarda muhim islohatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, YTTB mamlakatdagi loyihalarni milliy valyutada moliyalashtirishni kengaytirdi.
YTTB mahalliy banklarga kredit liniyalari ajratish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish orqali kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatladi. Bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asboblarni ishlab chiqaruvchi Healthline kabi mahalliy yetakchi korxonaga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 8,55 mln. yevro kredit ajratildi. Taniqli mahalliy pishloq ishlab chiqaruvchi Tillo Domor korxonasiga Hamkorbank bilan sheriklikda risklarni o‘zaro bo‘lishish dasturi (Risk Sharing Facility) orqali kredit ajratildi.
YTTB O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,Asaka bank, Sanoat qurilish banki, Ipoteka bank, KDB, Hamkorbank va Ipak yo‘li bankibilan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirdi va bu O‘zbekistonda xalqaro tovar ayirboshlashni oshirishga xizmat qildi.
Bugungi kunga qadar, YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 79 ta loyihalar orqali 1,85 mlrd. yevro sarmoya kiritdi.


Янгиликларга обуна бўлиш

© 2021 EkoMaktab. All Rights Reserved.