Ekodars
UzWaterAware loyihasining ekologik dars uchun taqdimotlari.
Taqdimot 1
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 2
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 3
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 4
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 5
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 6
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 7
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 8
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 9
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 10
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 11
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Taqdimot 12
UzWaterAware loyihasining ekodarsi uchun material.
Stol o’yini «Suv posbonlari»
Ekodars uchun o’yin materiali, WORD va PDF formatlaridagi lokal fayllar bilan.
«Suv posbonlari» stol o’yinini o’tkazish qoidalari
Aziz bolalar, keling musobaqa uyushtiraylik va kim bilimdon hamda «Suv posboni» degan sharafli nomga loyiq ekanini bilib olaylik. Guruhlarga bo’lining va jamoangiz uchun nom o’ylab toping. O’yin maydonini stolning tekis yuzasiga yoying. Har bir jamoaning o’yin maydoni bo’ylab yurishi uchun o’z belgisi bo’lishi kerak. Stol o’yini uchun kubik ham bo’lishi lozim.
Jamoa o’yinchilaridan biri kubikni stolga tashlaydi va kubikda tushgan songa qarab jamoa qadam tashlab o’yin maydoni bo’ylab oldinga siljiydi. Marraga tezroq yetib borgan, barcha savollarga javob bergan, topshiriqlarni to’g’ri bajargan va ko’proq suv tomchilarini to’plagan jamoa g’olib bo’ladi.
Shartli belgilar bilan tanishing va sizning belgigingiz aynan shu belgi ustiga tushsa, nima qilish kerakligini bilib oling:
Suvni tejash bo’yicha kundalik qadamlar. Agar jamoa shu belgiga tushsa, ishtirokchilar suvni tejashga yordam beradigan uchta misol aytishlari kerak.
Suv haqidagi qiziqarli faktlar. Agar jamoa shu belgiga tushsa, ishtirokchilar suv haqida bitta qiziqarli fakt aytishlari kerak.
Ijodiy topshiriq. Agar siz shu belgiga tushsangiz, ijodiy topshiriq bajarishingiz kerak: suv bilan bog’liq maqol, xalqona irim yoki an’anani ayting, she’r o’qing, qo’shiq kuylang yoki suv mavzusidagi vaziyatni imo-ishoralar bilan ko’rsating.
Breyn-ring. Agar belgi shu yerga tushsa, har bir o’ynayotgan jamoaga suv mavzusida bittadan savol berish kerak. Agar jamoa javob bera olmasa, savolni bergan jamoa tushunarli va to’liq javobni aytishi kerak. Javob bera olmagan jamoa bir tomchini yo’qotadi.
Yurishni o’tkazib yuborish va minus bir tomchi. Agar jamoangiz shu belgiga tushsa, siz navbatingizni o’tkazib yuborasiz va bir tomchini yo’qotasiz.
Bir katak oldinga va plus bir tomchi. Agar belgi shu belgiga tushsa, siz bir qadam oldinga yurishingiz va jamoaning umumiy hisobiga bitta suv tomchisini qo’shib olishingiz mumkin.
