«EKOMAKTAB» экология-ресурс маркази.

  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

2023-yil 10-oktabr kuni Jamboy tumanidagi 36 -, 25 - maktablarda Zarafshon milliy tabiat bog'i xodimlarining ekologik-ma'rifiy ishlari davomida qo'riqlanadigan orollar do'stlari xalqaro qardosh marafonining taqdimoti bo'lib o'tdi (2023-yil oktabr-noyabr). Ushbu loyihaning maqsadi 4000 dan ortiq bolalar va yoshlarni Rossiya, Belorusiya, O'zbekiston, Qirg'iziston mintaqalarida DZO maktab va talabalar klublarining barqaror qardosh aloqalarini yaratish orqali tabiatni muhofaza qilish diplomatiyasiga jalb etishdir.
Perm shahridagi (Rossiya) qardosh jamoa bilan birinchi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.


Marafon "EKOMAKTAB" ekologik-resurs markazi (O'zbekiston) hamda Jamboy tumani hokimligi ko'magida amalga oshirilmoqda. Tadbir "tabiat do'stlari bolalar va yoshlar klublarining akseleratori "Tabiatni muhofaza qilish diplomatiyasi" kompleks loyihasi doirasida o'tkaziladi, uni qo'riqlanadigan orollar do'stlari harakati Rossiya bolalar va yoshlar harakatining grant ko'magida amalga oshiradi.

https://t.me/mypervie


  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Odamzod yiliga 37 gigatonna atrofida issiqxona gazlarini atmosferga chiqarib yuboradi.

Sayyoramiz ekosistemasi esa buning 20 gigatonnaga yaqinini o’zlashtira oladi, qolgani esa yildan-yilga atmosferada yig’ilib sayyorimizda harorat ko’tarilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida tabiiy muzliklarni eritadi, qurg’oqchilik olib keladi, o’rmonlarda yong’inlar hosil qiladi va boshqa boshqa salbiy ofatlarni sabachisi bo’ladi.

Oxirgi 50 yil ichida “Sayyoramiz o’pkasi” Amazon yomg’irli o’rmonlari 17 % ga qisqardi

Arktika tabiiy muzliklari yuzasi esa oxirgi 40 yil ichida 7,05 mill. km. kv. dan 4,32 mill. km. kv. ga kamaydi.

 

Qiziqmi? Bilasizmi nega bular ro’y berdi?

 

Xo’sh, e’tiboringizni qarata oldik. Endi siz mavzuga ancha yaqinroqsiz.

Hammasi oddiy. Sayyoramiz bilan nima sodir bo’layotgan bo’lsa, barchasiga biz – insonlar javobgarmiz. Bugungi kunda o’z ta’sirini o’tqazadigan, boshqaruvdagi, mablag’i bor, ofislarni, zavodlar va fabriklarni, firmalar va kompaniyalarni, va xattoki mamlakatlarni boshqaradigan insonlar eng asosiylaridandir. Aholining katta yoshli qismi, hamda ulardan oldin javobgar bo’lgalar. Qo’pol qilib aytganda, 35 dan 65 yoshgacha bo’lgan insonlardir. Buning natijasida esa esa ular “tayyorlagan osh” ni bugungi kundagi yosh avlod yeyishiga to’g’ri keladi. Butun odamzod iqlim tizimiga ta’sir qilgani sababli, aynan yoshlar buning oqibatlarini o’z nafasida his qilishadi.

 

Shu munosabat bilan, O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi, Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi bilan hamkorlikda “Yoshlar iqlim o’zgarishiga qarshi” loyihasi doirasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov haqida

 

Yoshlar – qudratli kuch. U o’zini barqaror va porloq kelajak bilan ta’minlashga qodir. Biroq buning uchun sayyoramiz iqlimiga xavf solib turgan butun is’temol, ishlab chiqarish va tabiiy resurlar boshqaruvi tizimlarida o’zgarishlar kiritish kerak. Hamda, bunda har bir insonning hissasi muhim, chunki iqlim va tabiat masalasi barchamiz bilan bog’liq. Faqatgina birgalikdagi harakatimix uni barqaror va sog’lom qiladi.

 

Har birimiz kundalik hayotimizda ushbu masala haqida o’ylashimiz va unga bo’lgan o’zimizni munosabatimizni o’zgartishimiz kerak. Har bir kishi agar hech narsa o'zgarmasa, kelajak avlodga yashash uchun sharoit bo’lmasligini boshqalarga ta’kidlashi kerak, chunki iqlim o'zgarishi yerdagi hayotni nobud qilishi mumkin yoki chidab bo’lmas darajaga keltirishi mumkin.

 

Shunday qilib, biz har bir yoshlarni chorlab qolamiz. Ushbu tanlov aynan siz uchun! Do'stlaringiz, qo’ni-qo'shnilaringiz, ota-onangiz, aka-uka va opa-singillaringiz uchun namuna bo'lish vaqti keldi. 

 

Bizning tanlovimizda qatnashish uchun iqlimni barqarorligiga ijobiy ta’sir qiladigan - issiqxona gazlarini tarqalishini kamaytiradigan kundalik hayotimizdagi iqlimga-salbiy yondashuvlarni o’rnini bosadigan taklifingizni bizga yuboring. Bu har qanday narsa bo'lishi mumkin:

- energiyadan foydalanishda yoki ishlab chiqarishda

- uyingizni, ko'changizni, shaharni qanday jihozlashingiz, uni issiqxona gazi emissiyasini istisno qiladigan yoki kamaytiradigan usullardan foydalanish qulay bo'lishi uchun;

- suv yoki yerdan foydalanishda;

- iste'molda boshqacha yondashuv

va boshqa boshqa narsalar bo’lishi mumkin.

Biz g’oya tanlashda hech qanday chegara qo'ymaymiz. Sizning g’oyangiz turli xil bo'lishi mumkin. Bu telefon uchun dastur/ilova yoki ish joyingiz, o'quv maskaningizdagi va kundalik hayotdagi jarayonlardagi o’zgartirish bo’lishi mumkin. Bu sizning sinfingiz yoki kabinetingizni isitish yoki sovutish tizimini takomillashtirish bo'yicha yoki kamroq uglerod yoqilg'isini sarflashga yordam beradigan ofis bo'lishi mumkin. Umuman olganda, bu barchasi sizning tasavvuringiz va yaratuvchanligingizga bog’liq.

 

Har bir inson o'z g’oyasini kelajakda amalga oshirish maqsadida taqdim etishi mumkin. Bu aniq bir narsa bo'lishi kerak, amalga oshirish uchun oddiy va boshqalar ya'ni har qanday shaxs yoki jamoa yoki muassasa tomonidan takrorlashi uchun oson bo’lishi kerak.  

 

Tanlov shartlari

  1. G’oyangizni bir o’zingiz yoki jamoa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Jamoa a’zolari 5 kishidan oshmasligi kerak. Agar jamoa sifatida qatnashadigan bo’lsangiz, jamoa a’zolaridan kamida 1-2 tasi qizlar bo'lishi kerak. Biz qizlarning tanlovda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo'lishini ham istaymiz.
  2. Tanlov yoshlar uchun. Shuning uchun jamoa a'zolari 35 yoshgacha bo'lishi kerak.
  3. Yuqorida aytib o'tilganidek, bu g'oya aniq, amalga oshirilishi mumkin, emissiyalarni kamaytirish uchun aniq natijalar beradigan va boshqa odamlar, tashkilotlar, jamoalar orasida replikatsiya qilish xususiyatiga ega bo'lishi kerak;
  4. Siz g’oyangiz haqida oddiy video rolik tayyorlashinigiz kerak bo’ladi. Unga ko'ra, odamlar sizning taklifingizga ovoz berishlari mumkin.

 

G’oya ustida ishlash jarayonida, siz to’g’ridan-to’g’ri tanlov mentorlaridan/instruktorilaridan maslahat olishingiz mumkin:

Po'lat Solihov + 998 98 128 46 26

Bekzod Kenjayev + 998 97 146 08 48

Aleksey Volkov + 998 93 381 00 82

Ular sizning g’oyangizdagi ba'zi zaif nuqtalar bo’lsa, o’z firklarini bildirishadi.

Ularga to’g’ridan-to’g’ri qo’ng’iroq qilishingiz yoki telegram messenjeri orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.     

 

Barcha arizalar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  1. Qo’llanuvchanligi, realistikligi, amaliyligi;
  2. Emissiyalarni kamaytirishga ta'sir doirasi;
  3. Masshtabliligi, boshqalar tomonidan takrorlash uchun salohiyat ega - bu qanchalik ko’proq odamlar takrorlashi uchun qanday amalga oshirilishi mumkin.
  4. G'oyaning ijodkorligi.

 

Baholash jarayonining yarmi hakamlar hay'ati tomonidan, qolgan yarmi esa ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish orqali tanlov yakunida amalga oshiriladi.

2 tadan 1,2 va 3 o'ringa ega bo’lishadi – umumiy 6 ta sovrindorlar saylanadi.

Barcha sovrindorlarga o'z g'oyalarini amalga oshirishi uchun pul mablag'lari beriladi:

birinchi (birinchi 2 ta o'rin uchun) – 2 000 AQSH dollari;

ikkinchi (3 va 4) o'rin (a) uchun-1000 AQSH dollari;

uchinchi (5 va 6) o'rin uchun – 500 AQSH dollari.

 

G'oyalarni amalga oshirishni rag'batlantirish uchun mablag' ajratilgandan so'ng, 2020 yilning kuzida eng yaxshi g'oya tanlab olinadi.

Tanlovning barcha ishtirokchilari joriy yilning kuzida Toshkentda bo'lib o'tadigan Yoshlar Iqlim Forumida ishtirok etishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, tanlovning barcha sovrindorlari O'zbekistondagi BMT tizimi rahbari bilan kechki ovqat tarzidagi sovrinni qo'lga kiritadilar.

Arizalar jamoa a'zolarini ism-shariflarini va bog’lanish uchun telefon raqamlari bilan bepul shaklda topshirilishi mumkin.

 

Arizalarni 2020 yil 31 aprelgacha qabul qilinadi.

 

Arizalar quyidagi manzilga yuboriladi:

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Savollar uchun ushbu raqamga qo'ng'iroq qiling:

(+998) 97 146 08 48

Qani boshlang. G’oyalaringizni kutmoqdamiz.

#Ijodkorlik. #Tanlov. #Sovrinlar. #IqlimO'zgarishi. #Konkurs

Albatta, biror taklif qilishdan oldin, iqlim o'zgarishi haqida bir oz ma'lumot olishingiz kerak bo'ladi.

Internetni oching, qidiring, izlaning va o'qing. Bundan tashqari, sizga yordam berish maqsadida biz ham bilimlarimizni sizlarga ulashib boramiz. Lekin tashabbus sizning qo’lingizda.

 

Xullas, siz taklif qilayotgan loyiha atrofingizdagi odamlar tomonidan osongina takrorlay oladigan bo’lishi kerak. Qanchalik oson va ko'proq odamlar sizning orqangizdan takrorlasa, barchamiz birgalikda ekologiyamiz uchun zararli bo’lgan issiqxona gazlarini tarqalishini shunchalik kamaytira olamiz. O’z yo’lida iqlimimizni barqaror saqlab qolamiz.


  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Infratuzilmani rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun 576 million AQSh dollari ajratildi.

• YTTB 2019yilda O‘zbekistonda 13 ta investitsiya loyihalarini 576 mln. AQSh dollari bilan moliyalashtirib o‘zining yangi rekordini o‘rnatdi
• Elektr uzatish va suv ta’minotidagi yirik loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolandi
• Andijonda mintaqaviy ofis ochildi

2019 yilda YTTB O‘zbekistonning xususiy va davlat sektoridagi 13 ta loyihaga 576 mln. AQSh dollari (517mln. yevro) miqdoridagi sarmoyakiritish bilan o‘zining mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkichi, yangi rekordiga erishdi.
Bank ahamiyatli infratuzilma loyihalariga asosiy e’tiborini qaratdi. Bank shuningdek Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan Farg‘ona vodiysidagi Andijon shahrida o‘z ofisini ochdi va bu ofis Bank faoliyatini vodiyda kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, energetika sohasiga Bank o‘zining O‘zbekistondagi eng katta hajmdagi sarmoyasini kiritdi. Bankning 213,8 mln. yevro miqdoridagi suveren krediti Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi quvvatini oshirish uchun yo‘naltiriladi. Boshqa muhim infratuzilma sarmoyalari Navoiy elektr uzatish loyihasiga (71,5 mln. yevro), Qashqadaryo oqova suv loyihasiga (53.4 mln. yevro) va Xorazm oqova suv loyihasiga(80.2 mln. yevro) kiritilgan.
YTTB investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirdi va Xorijiyinvestorlar kengashini tuzishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, tog‘-kon sanoati va bank faoliyati kabi sohalarda muhim islohatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, YTTB mamlakatdagi loyihalarni milliy valyutada moliyalashtirishni kengaytirdi.
YTTB mahalliy banklarga kredit liniyalari ajratish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish orqali kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatladi. Bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asboblarni ishlab chiqaruvchi Healthline kabi mahalliy yetakchi korxonaga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 8,55 mln. yevro kredit ajratildi. Taniqli mahalliy pishloq ishlab chiqaruvchi Tillo Domor korxonasiga Hamkorbank bilan sheriklikda risklarni o‘zaro bo‘lishish dasturi (Risk Sharing Facility) orqali kredit ajratildi.
YTTB O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,Asaka bank, Sanoat qurilish banki, Ipoteka bank, KDB, Hamkorbank va Ipak yo‘li bankibilan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirdi va bu O‘zbekistonda xalqaro tovar ayirboshlashni oshirishga xizmat qildi.
Bugungi kunga qadar, YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 79 ta loyihalar orqali 1,85 mlrd. yevro sarmoya kiritdi.


  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

 Keyingi kuni, O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilgan "Orol dengizi hududi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o'z ishini yakunladi.

Konferensiyada 28 davlatdan 250 ga yaqin ishtirokchilar, nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi, Jahon banki va boshqalar. Osiyo Taraqqiyot Banki, Evropa investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, shuningdek xorijiy davlatlar va xususiy kompaniyalar.

Delegatsiyalarda yetakchi atrof-muhit bo'yicha ekspertlar va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan iqlim tarmog'i a'zolari, O'zbekiston Ekologik partiyasi rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat geologiya qo'mitasi, O'zgidromet va boshqa muhim tematik bo'limlarning rahbarlari ishtirok etdilar.

Konferensiyada muhokama qilingan mavzular Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Orol dengizi havzasi CAMP4ASB uchun iqlim o'zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish dasturining asosiy maqsadlariga mos keladi.

Konferensiya ishtirokchilariga Orolbo'yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan va donorlar tomonidan moliyalashtirishga qaratilgan loyihaviy takliflar to'plami taqdim etildi.

Ta'kidlash joizki, Nukus xalqaro platformasi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining O'rta Osiyoda Parijdan keyingi iqlim jarayoni masalalari bo'yicha mintaqaviy va global muloqotda ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun katta imkoniyatlar ochdi.

Yuqori darajadagi konferensiya Orol dengizi mintaqasi aholisining ekologiyasi va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qo'shma tadbirlarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yangi turtki berdi. Jumladan, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadigan; "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini kompleks ravishda amalga oshirish, iqlim o'zgarishiga moslashish choralari, cho'llashish va atrof-muhitning migratsiyasini oldini olish; shuningdek, energiya va suvni tejash texnologiyalari va ekoturizmni rivojlantirish.

Ushbu anjuman doirasida Mo'ynoq shahriga, Orol dengizining quruq tubiga sayohatlar tashkil etildi. Shuningdek, O'rta Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Orol dengizi havzasi uchun CAMP4ASB iqlim o'zgarishiga moslashish va yumshatish dasturi doirasida amalga oshiriladigan va qo'llab-quvvatlanadigan tegishli "yashil" texnologiyalar va loyihalarning  ko'rgazmasi. Ekologik marafonning o'tkazilishi Xalqaro konferensiyaning muhim va ahamiyatli voqeasi bo'ldi.

Ekologik marafon keng xalqaro hamjamiyat va O'zbekiston aholisining e'tiborini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish, shuningdek, BMT shafeligida Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama ishonchli jamg'arma faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratildi.

Anjuman davomida Orol dengizining qurishi muammosi milliy va mintaqaviy chegaralardan tashqariga chiqadigan fojia ekanligi to'g'risida keng tushunchaga erishildi. Shubhasiz, bu bizning davrimizdagi eng yirik global ekologik ofatlardan biri bo'lib, ekologik, iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlarga olib keladi, bu Orol dengizi havzasi mamlakatlari va umuman global ekotizimning barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid soladi.

Orol dengizini tiklash allaqachon mumkin emas, ammo u bilan bog'liq salbiy oqibatlarni yumshatish mumkin. Orol dengizi inqirozining atrof-muhitga va Orol dengizi mintaqasida yashovchi millionlab odamlarning turmush tarziga zararli ta'sirini kamaytirish, shuningdek, iqlim ta'sirini kamaytirish yoki oldini olish bugungi kunda eng muhim vazifa hisoblanadi.

Konferensiya natijalari bo'yicha kommyunike qabul qilindi, unda konferensiya ishtirokchilari tomonidan "Orol dengizi hududi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" konseptsiyalari loyihasi, shuningdek, donorlar tomonidan moliyalashtirish uchun taqdim etilgan Orolbo'yida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyiha takliflari to'plami ma'qullandi. BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasida O'zbekiston Respublikasining Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish to'g'risidagi tashabbusini qo'llab-quvvatlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

Shunday qilib, BMTning "Orolbo'yi mintaqasi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" shaeligida tashkil etilgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya Oroldengizi atrof-muhitini tiklash bo'yicha faol harakatlar va amaliy tadbirlarga yangi va muhim turtki berdi va O'zbekiston ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qat'iy choralarga tayyor ekanligini namoyish etdi.


  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Орол денгизининг ҳозирда қолган қисмида артемиялар яшайди. Бу жонзотнинг фойдаси катта дейишади. Хўш, артемия нима, у қандай жонзот? Унинг аҳамияти нимада, ундан нима мақсадларда фойдаланилади? 
– Дунё тажрибасида артемия цисталари асосида олинган маҳсулотлар 5 та соҳада, яъни аквамаданият саноатида, агросаноат комплексида, фармацевтика, медицина ва косметологияда кенг қўлланилади. Артемия цисталаридан тайёрланган маҳсулотларнинг қарийб 90 фоизи аквамаданият соҳасида ишлатилади. Чунки ушбу ноёб маҳсулотнинг таркиби юқори миқдордаги протеин, аминкислотаси ва витаминларга бой. 
Овланадиган балиқлар ҳамда қисқичбақасимон турларини кўпайтиришда ундан бошланғич озуқа сифатида ҳам фойдаланади. Паррандачиликда ҳам ушбу маҳсулотни юқори даражада оқсилга тўйинган қўшимча озуқа сифатида фойдаланилади. 
Артемия цистасидан озиқланган парранданинг иммунитети мустаҳкамланади, ўсиши тезлашади. Умуман артемия қишлоқ хўжалиги соҳасида ҳайвонларнининг биофаол қўшимча озуқаси, ветеринар дори воситаси сифатида ҳамда ўғитда микробиологик жараёнларни фаоллаштиришда кенг қўлланади. 
Фармацевтика, медицина соҳасида артемия цистаси бойитилган озуқа маҳсулоти сифатида ҳам донг таратган. Уни эндокрин ва қон-томир тизими касалликларининг олдини олишда, озиқланишда биологик фаол қўшимча сифатида, шунингдек, нуклеин кислотаси, йод манбаси, канцерегон касалликларни даволашда саратонга қарши дори сифатида қўлланади. 
Артемия цистасининг яна бир хусусияти у терининг иммунитетини табиий мустаҳкамлайди, атроф-муҳитдаги агрессив таъсирлардан ҳимоя қилади, терининг қайта тикланишини стимуллаштиради, ультрабинафша нурлардан асрайди, токсинларни ҳайдаб чиқаради, тери рангини яхшилайди ва сув-липид мувозанатини сақлайди. Шунинг учун ушбу маҳсулот бутун дунёда, асосан, ривожланган шарқ давлатларида косметология соҳасида бебаҳо маҳсулот ҳисобланади. 
Орол денгизидаги артемиялар ҳақида, яъни уларнинг популяциясининг шаклланиши ҳақидаги илк маълумотлар 1980 йилларнинг охирларида пайдо бўлди. Ўзбекистон Фанлар академияси Қорақалпоғистон бўлими олимлари томонидан улар устида тадқиқот ишлари олиб борила бошлади. 1990 йилларнинг ўрталарига келиб артемиялар Орол денгизининг Ўзбекистон томонидаги акваториясини тўла эгаллай бошлади. Бунга сабаб денгизнинг жадал суратлар билан қуриб бошлаши ва шу боис сувининг шўрланишининг ортиб бориши эди. Табиийки шўрланиш ортган сари денгиздаги жонзотлар қирила бошларди, ўз навбатида бу артемияларнинг кўпайишига замин яратди. Чунки артемияларни еб қўядиган жонзотлар энди йўқ эди. Орол артемияларини овлаш 2000 йиллардан бошланди. Бу пайтлари Орол шарқий ва ғарбий қисмларга бўлингани билан ҳали ягона ҳавза эди. 
Денгизнинг шарқ қисмида сув камайиб, тузлилиги 165 грамм литрга етганди ва бу артемия популяциясининг ривожланиши учун қўлай шароит яратди. 
Амударё суви ҳам шарқ томонидан келиб тургани учун артемиянинг озуқа манбаи ҳам етарли бўлди. Ғарб қисмида эса бу пайтлари сувнинг тузлилиги 80 грамм литрга тенг эди. Артемиянинг фаол ривожланиши учун тузлилик миқдори 100 грамм литрдан ошиши керак. 2006 йилда Оролнинг шарқий қисми қуриб битди ва бир неча йиллардан сўнг ишлар ғарбий томонида давом эттирилди. 
Орол артемиясини ўзлаштиришнинг «иккинчи босқичи» 2009 йилда бошланди. Ана шу вақтлари Ғарбий қисмнинг тузлилик даражаси 100 грамм литрдан ошди. 
Ўзбекистон Республикаси Президентнинг 2017 йил 28-февралдаги ПҚ 2803-сон «2017-2018 йиллар даврида Қорақалпоғистон Республикасининг Мўйноқ туманини иқтисодий ривожлантириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 11 августдаги 614-сонли «Артемия цисталарини йиғиб олишга рухсатнома беришни тартибга солишга доир қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарорларига асос артемия цисталарини йиғиб олишга рухсатнома бериш ваколати Қорақалпоғистон Республикаси Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш қўмитасига ўтказилди.
Ҳозирги кунда артемия цисталарини йиғиш ва экспорт билан шуғулланувчи «ARTEMIA AND FEEDS MOYNAQ» ШК, «MTT ARTEMIA COMPANY» МЧЖ, «AKVAKULTURA IXTIOLOGIYA» ҚК МЧЖ «JASMIN COLD GROUP» МЧЖ, «MUYNOQ URDAKCHILIK» МЧЖ, «VISHE KRISHI TASHKENT» МЧЖ, «KARAKALPAK ARAL TRAVEL» МЧЖ ва «NUKUS IFTIXORI» ҚК МЧЖлари артемия цисталарини иккиламчи қайта ишлаб(саралаб, қуритиб, қадоқлаб) экспорт қилишни режалаштирган.
Орол денгизининг Ўзбекистон Республикаси акваторияси қирғоғидан артемия цисталарини йиғиб олувчи тадбиркорлик субъектлари сони йил сайин ортиб бормоқда. 2010 йилда 1 та субъект, 2017 йилда 9 та субъект, 2018 йилда 23 та субъект фаолият юритган бўлса, 2019 йилга келиб, улар сафига янгидан ташкил қилинган 4 та субъект қўшилди.

Қорақалпоғистон Республикаси Экология ва
атроф-муҳитни мухофаза қилиш қўмитасининг 
Назорат қилиш инспекцияси бошлиғининг ўринбосари А.Якубов


  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»
  • Эколого-ресурсный центр «EKOMAKTAB»

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Дунё ресурслари институти эълон қилган хабарга кўра, Ўзбекистон сувнинг юқори танқислиги мавжуд бўлган мамлакатлар рўйхатига киритилди (25 ўрин). Рўйхатда 164 та давлат жой олган. Уларнинг орасида Афғонистон, Ироқ, Испания, Италия, Қирғизистонҳам, Миср, Португалия ва Туркия бор.

Сув танқислиги ўта юқори бўлган мамлакатлар рўйхатида эса, қўшнимиз Туркманистон билан бир қаторда 27 та давлат жой олган. Жумладан, Қатар, Исроил, Ливан, Эрон, Иордания, Ливия, Кувайт, Саудия Арабистони, БАА, Ҳиндистон ва Покистон бор.
Яна икки қўшнимиз Тожикистон ва Қозоғистон эса рўйхатнинг сув ўртача-юқори танқислиги мавжуд давлатлар қаторида турибди.
Ҳисоботда айтилишича бу мамлакатлар сув ресурсларининг 80 фоизи қишлоқ хўжалиги, саноат ва шаҳарларни таъминлашга сарфланмоқда.
Дунё ресурслари институти (WRI) сув танқислигининг салбий оқибатларини пасайтиришга ёрдам берадиган бир қанча тавсияларни ҳам келтириб ўтади.

• Қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш: далаларни суғориш учун мўлжалланган ирригация тизимини яхшилаш, кўп сув талаб қилмайдиган уруғлардан фойдаланиш, қишлоқ хўжалигининг тежамкор технологиялари бўйича изланишлар олиб бориш ва уларни жорий қилишга маблағ ажратиш.
• Сув таъминотидаги мавсумий тебранишларни мувозанатга келтириш учун сувни тозалаш иншоотлари ва сув омборларини лойиҳалаштириш ва қуришга маблағ йўналтириш.
• Сувдан такроран фойдаланиш йўлларини излаш. Масалан, Вашингтонда сув тозаловчи станция канализация сувларини тозалаш жараёнида биозолид (компост) олмоқда.

Ўзбекистонда сув тозалаш станциялари ва сув омборлари бор, аммо мамлакатнинг ирригация тизими абгор аҳволда. Бундан ташқари, аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлашда ҳам муаммолар бор. Шундай экан, ҳар биримиз сувдан оқилона фойдаланишимиз зарур.


Янгиликларга обуна бўлиш

© 2023 EkoMaktab. All Rights Reserved.